Metodologiyasi


Anglash. Tarixiy bilish tamoyillari. Bilish tamoyillari va ularning


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Anglash. Tarixiy bilish tamoyillari. Bilish tamoyillari va ularning 
regulyativ funksiyalari. Bilishning subyekti. Bilish subyektining 
faolligi. Haqiqatni izlash. Obyektivlik tamoyili. X X asrda obyek- 
tivlik tamoyiliga xujum. Sababiylik tamoyili. Tasodiflar, tartibsiz- 
liklar, tarixiy voqealarning sabablari. Sabab va oqibat aloqalarini 
ochish murakkabligi. Tarixiylik tamoyili. Dialektik uslub. Tarix- 
ni materialistik tushunish, voqealarning genetik aloqasi. Tuzilish 
va jarayon.
Bilish tamoyillari tadqiqotchiga tadqiqot jarayonidagi vazi- 
falarni bir maromda ma’lum tartiblarga asoslangan holda am al­
ga oshirishida zarur bo‘ladigan omillardir. Ular tadqiqotchining 
u yoki bu tarix maktablari, falsafiy yo‘nalishlarga mansubligi 
va dunyoqarashi, fikrlashi va tafakkuridan kelib chiqqan holda 
aniqlanadi. Tamoyillar uslublar bilan mustahkam o‘zaro bog‘liq- 
likda bo‘lganligi uchun ayrim hollarda ularni bir-biri bilan adash- 
tirish holatlari ham uchraydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish 
o‘rinliki, tamoyillar uslublarga nisbatan birmuncha murakkab va 
keng tushuncha bo‘lib, bir tamoyil o‘ziga bog'liq holda bir necha 
uslublarni shakllantirishi mumkin, ayni vaqtda esa bir uslub bir 
necha tamoyillarga xizmat qilishi mumkin.
Tarixiy bilish tamoyillari deganda nimalarni tushunish yoki 
tushuntirish kerak, degan savol tarixchilar o‘rtasida uzoq vaqt 
mobaynida bahs-munozaraga sabab bo‘lib keldi. Mavjud barcha 
tamoyillardan tarix fanining deyarli hamma yo‘nalishlari va tar- 
moqlarida ustuvor tamoyillar sifatida foydalaniladi. Quyida ta­
rixchilar tomonidan tadqiqotlar jarayonida ko‘proq qo‘llaniladigan 
va nisbatan samaraliroq bo‘lgan tamoyillar haqida so‘z yuritila- 
di. Biroq ularni umumiy qabul qilingan tamoyillar deb qat’iy fikr 
bildirish mumkin emas. H ar bir tarixchi o‘z tadqiqotlari jara­
yonida tadqiqot mazmunidan va mohiyatidan kelib chiqqan hol­
da tadqiqot natijasi uchun samaraliroq bo‘lgan tamoyillardan foy- 
dalanishi mumkin.



Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling