Metodologiyasi


История исторического знания. С. 208


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 История исторического знания. С. 208.
149


Tarixiy-ilmiy dalillar (faktlar). 
Bunday dalillar (faktlar) tarix­
chining o‘zi tomonidan shakllantiriladi. Biroq bu dalillar (faktlar) 
tarixiy manbadan alohida ajratib olingan dalil (fakt)ning o‘zigina 
bo‘lib qolmasdan, M.Bargning fikricha ular «mohiyatan tizim- 
lashtirilgan», ya’ni tarixiy nazariyaning mahsuli sifatida shakl- 
lantirilgan dalillardir. Aniqlangan dalillar (faktlar)ning majmuyi 
yoki jamlanmasi qo‘yilgan muammoning yechimini topishda va 
aniqlashda aniq va ravshan ifodalangan bo‘lishi lozim. D alil­
lar (faktlar)ning aniqligini ta’minlovchi asosiy tamoyillardan bi­
ri dalilar (faktlar)ning tizimliligidir. Bunda dalillar (faktlar)ning 
nafaqat jamlanmasi, balki ularning o‘zaro bog‘liqligi mazmunan 
yaxlitligi jihatidan tizimliligi muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy 
manbalardagi ma’lumotlarning yetishmasligi va bo'shliqlarni esa 
mavhum ma’nodagi nazariy tahlil to£ldirishi mumkin.
Shu o‘rinda taklif etilayotgan boshqa bir fikr ilgari suriladiki
bu ham bo‘lsa tarixiy manbalar va dalil interpertatsiyasida manti- 
qiylik nazariyasidir, quyida shu haqda so‘z yuritiladi1.
Tarix va tarixiy jarayonlar, siyosiy-tarixiy vaziyat ularning ro‘y 
berishidagi asosiy sabab va xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq 
etishda har tomonlama tahlil qilish tarixiy haqiqatning yuzaga 
chiqishida katta omil sanaladi. Turli davrlarda yaratilgan tarixiy 
ilmiy asarlarda mualliflarning tadqiqot masalalariga turlicha yon- 
dashuvlari fikrlar va xulosalarning ham turlicha bo‘lishiga olib 
kelgan. Ularni ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilish va tarixiylik, il- 
miylik va xolislikka asoslanilgan eng to‘g‘ri xulosalarni chiqarish 
tarixchi mutaxassislar oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi.
Bugungi kunda tarix fani metodologiyasida mavjud bo£lgan 
tarixiy dalil va uning interpretatsiyasi tushunchasi tarixiy dalillar, 
yozma va moddiy manbalardagi ma’lumotlar va o‘ziga xos jihat- 
larni tahlil qilgan holda tarixiy jarayon va voqelarni tahlil qilish, 
ular yuzasidan ilmiy xulosalar berishda aniq dallilarga asoslani- 
lishini ko‘zda tutadi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling