Metodologiyasi
Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. 10-b
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. 10-b.
0 ‘zbek xonliklari tarixini o‘rganish XIX asrning o‘rtalari- dan boshlab bugungi kungacha tarixchilar e’tiboridagi masala- lalardan biri sifatida tadqiqot obyekti hisoblanadi. Hozirgi kun gacha xonliklar tarixi bo‘yicha amalga oshirilgan va yaratilgan ilm iy asarlar hamda ilm iy tadqiqotlarning salohiyati juda kat- ta bo‘lib, keyingi ikki asr mobaynida xonlik tarixini o‘rganish- da turlicha yondashish va munosabatlar, ayrim vaqtlarda tarixiy jarayonlar va tarixiy voqelikni obyektiv baholamaslik holat- lariga yo‘l qo'yilgan. Bu esa xonliklar tarixini tarixshunoslik nuqtayi nazaridan chuqur tahlil qilishni talab etadi. Shundan kelib chiqqan holda XIX asrning dastlabki choragidan boshlab bugungi kungacha tarixchilar e’tiborini o‘ziga jalb qilib kela- yotgan o‘zbek xonliklari tarixining o‘rganilishini mavjud ilmiy tadqiqotlarning yo‘nalishi, davr va boshqa xususiyatlariga ko‘ra bir necha guruhga bo‘lib ko‘rib chiqish talab etiladi. 0 ‘zbek xonliklari tarixini tarixshunoslik nuqtayi nazaridan davrlashtirishning quyidagicha an ’anasini tarix tadqiqotlarida asosiy qilib olinganligini deyarli barcha tadqiqotlarda kuzatish m um kin, unga ko‘ra birinchi davr — XIX asrning 30-yillari- dan — XX asrning boshlarigacha, ikkinchi davr — Sovet davri tarixshunosligi (1917—1991-yy.), uchinchi davr — 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat m ustaqilligini qo‘lga kiritganidan keyingi yillar (1991-yil 31-avgustdan bugungi kunlargacha)ni o‘z ichi- ga oladi. Tarixshunoslikning bu tarzdagi davrlashtirilishi natijasida ak- sariyat hollarda har bir davrga umumiy tarzda yondashilgan va ayni vaqtda tarixiy asarlar va tarixiy voqealarning tahlili amal ga oshirilgan. Biroq tarixiy asarlar va ularda voqealarning yori- tilishiga bo‘lgan munosabatning xususiyatlariga qarab bu davr- larning har birini alohida yana kichik davrlarga yoki guruhlarga ajratib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bunda tarixiy tadqiqotlar ning masalaga konseptual — metodologik yondashuv xususiyat lariga ko‘ra quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etish mumkin: Birinchi davr XIX asrning 30-yillaridan - XX asrning bosh- larigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi va uni quyidagi xususi- yatlariga ko‘ra ikki qismga ajratish mumkin: Birinchi qismi XIX asrning 30—50-yillarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, bu vaqtda o‘zbek xonliklari tarixi masalalariga bag‘ishlangan ishlarda asosan xonliklarning ichki siyosati, ijti moiy va iqtisodiy hayot masalalari yoritilgan ma’lumotlarni ko‘rish mumkin. Bu ma’lumotlar xonliklar hayotini aks ettirish bilan bir- ga keyinchalik uning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olini- shida podsho armiyasi harbiylari uchun qo‘llanma-ma’lumotno- ma vazifalarini ham bajargan. Bu ma’lumotlar va asarlar o‘zining ma’lum daraja obyektivligi bilan xususiyatlanadi. Ikkinchi qismi XIX asrning 50-yiilaridan — XX asr boshlari- gacha boMgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu davrda yaratilgan asar- larda xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi masalalariga keng o‘rin berilgan va ularning aksariyatida «buyuk davlatchilik» shovinizmi xususiyatlari yaqqol sezilib turadi. Shu bilan birga ayrim rus tarixchilari masalani obyektiv yoritish fikr- larini ham ilgari suradilar. Ushbu xususiyatlari bilan bu davrda yaratilgan asarlar Qo'qon xonligi tarixi va uning Rossiya imperi yasi tomonidan bosib olinishi masalalarini o‘rganishda alohida ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi davrni Sovet davri (1917—1991-yy.) tarixshunosli- gi tashkil etadi. Bu davrni tarix faniga va tarixiy tadqiqotlarga bo‘lgan yondashuv xususiyatlariga asoslangan holda uch qismga bo‘lish mumkin: 1. Sovet davri tarixshunosligining birinchi qismini Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridan — XX asrning 50-yillari o‘rtalarigacha bo‘lgan davr bilan belgilash mumkin. Bu davrda yaratilgan ilmiy asarlar va tadqiqotlar masalaga qisman obyektiv yondashuvi bilan xususiyatlanadi. 2. Sovet davri tarixshunosligining ikkinchi qismi XX asr 50-yil- laridan — 80-yillarning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarida tarix- ni o‘rganishga kommunistik mafkura va sotsialistik tuzum g‘oya- lari ta’sirida bir tomonlama, 0 ‘rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan mustamlakaga aylantirilishiga «progressiv» jarayon sifatida, mahalliy xalqlar taraqqiyotida buyuk davlatchilik shovinizmini bo‘rttirib ko‘rsatishga moyillik hukm suradi. Bu davr tarix fani sohasiga baho berar ekan, 0 ‘zbekiston Res- publikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bildiradi: «Ahvol shu darajaga borgan ediki, o‘z tariximizni o‘zimiz yozish huquqidan m ahrum bo‘lib qoldik. Birovlar tomonidan yaratilgan tarix darsliklarini o‘qir edik. «SSSR tarixi» deb atal- gan darslikda 0 ‘zbekistonday mamlakatga bor-yo‘g‘i 3—4 sahi- fa o‘rin berilib, tarixiy voqealar va shaxslar haqida noxolis fikrlar aytilar yoki umuman, lom-mim deyilmasdi. Fandagi bunday sox- takorlik, ko‘zbo‘yamachilikni bugun eng olis qishloqlarda yasha- yotgan oddiy fuqaro ham, maktab o‘quvchisi ham yaxshi biladi. Endi, mustaqillik tufayli yaqqol namoyon bo‘layotgan tarixiy ha qiqatni bilishga, o‘zligini anglashga chanqoqlikning tub sabablari mana shunda, deb 0 ‘ylayman»1. Bu davrda 0 ‘zbekiston tarixi yuzasidan va uning turli davr- larga oid amalga oshirilgan tarixiy tadqiqotlar va ularda yo‘l qo‘yilgan soxtakorlik, g‘ayri ilmiy xulosalar haqida so‘z yuritib, Prezident quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tadi: «...Tan olmaydi, bilmaydi, bilishni xohlamaydi ham. 0 ‘jarlik- ning sababi esa bitta: basharti, tan olgudek bo‘lishsa, tarixiy xu- losalari chippakka chiqadi, ilmda soxta yo‘l bilan borganlari fosh bo‘ladi»2. 3. Sovet davri tarixshunosligining uchinchi qismi XX asrning 80-yillari o‘rtalaridan 90-yillari boshigacha («qayta qurish» davri) bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu davrda asosan o‘zbek olimlari tomonidan e’lon qilingan bir qator ilmiy ishlarda va maqolalarda Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling