Metodologiyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Tarix fani metodologiyasi nim ani o‘rganadi?
2. Metod va uning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
3. Tarixiy tadqiqotlar metodlarining darajalari va yondashuv- 
lari?
4. «Klassik» (mumtoz) metodologiya tushunchasi.
5. «Klassik bolm agan» (noklassik) metodologiya tushunchasi.
6. «Postnoklassik» metodologiya tushunchasi.
7. «Annallar maktabi» haqida tushuncha bering.
8. Tarixchilarning tarixiy tadqiqotlar haqidagi fikrlari.
Mavzuga aloqador so‘zlarning izohli lug‘ati:
«Annallar maktabi» — «Yilnomachilik maktabi», qadimgi Misr, 
Yunoniston, Rim, davlatlarida mavjud bolgan yilnomalar asosi­
da tarixni yoritish.
Tarixiy tavsifning eng qadimiy ko‘rinishlaridan biri qadimgi 
Rimdagi annallar (lot. annus — yil) — ruhoniy pontifiklar tom o­
nidan yozib borilgan yilnomalar hisoblangan. Maxsus taqvim- 
larda ma’lum yil davomida sodir bolgan eng asosiy voqealar
hodisalar, hukmdorlar va ularning faoliyatlari qayd etib borilgan. 
Bunday qaydlarning alohida xususiyati shundaki, pontifiklar so­
dir bolgan voqealar va hodisalarni faqatgina qayd etganlar va 
ularga o‘zlari tomondan hech qanday izohlar va tushuntirish- 
lar bermaganlar. Keyingi davrlarda yillar bo‘yicha xronologik 
tarzda tuzilgan qaydnomalar (yilnomalar) annallar deb yuriti- 
la boshlangan. M iloddan avvalgi taxm inan 123-yilda shu vaqt- 
gacha yigllgan ma’lumotlarni o‘z tarkibiga olgan «Buyuk an­
nallar» deb nomlangan va 80 ta kitobdan iborat katta to‘plam 
yaratilgan.
Yilnomalar bilan bir qatorda xususiy tarixnavislik an’analari 
ham yuzaga kela boshlagan. Biroq ularning aksariyat yo‘qolib 
ketgan va ayrimlari keyingi davr tarixchilarining asarlarida iqti- 
bos tarzida keltirib o‘tilgan. Qadimgi Rimning eng qadimiy ta- 
rixlari «katta annalchilar» tomonidan yaratilgan bolib, miloddan


avvalgi III-II asrlarga oid bo‘lib, qadimgi yunon tilida yozilgan. 
Ulardan keyingi davrlarda yaratilgan asarlar va to'plamlar «kichik 
annalchilar» tomonidan yozilgan deb hisoblanadi.
Metod — (yunoncha methodos — nazariya, bilim va tadqiqot 
yo‘llari) — u yoki bu maqsadlarga erishish yo‘llari, uslublari, aniq 
va konkret vazifalarni hal etish usullari.
Metodologiya — (yunoncha «metod» va «logos» — fan, ilm) — 
fan metodologiyasi — ilmiy bilishning shakllari, uslublari va tu ­
zilish tamoyillari haqidagi fan.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling