Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Modellashtirish — tarixiy hodisalarning andozasini, shaklini, 
holatini tuzish, shakllantirish.
Tarix (yunoncha «historia» — o‘tmishni tavsiflash, hikoya qi­
lish) — ijtimoiy fanlar majmuasi (tarix fani) bo‘lib, insoniyatning 
butun o‘tmishi davomidagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy 
hayotidagi jarayonlar va voqea-hodisalarni aniq-konkret holda 
va turli uslublar yordamida davrlarga boMingan va umumiy hol­
da o‘rganadi. Tarmoqlari: iqtisodiy tarix, siyosiy tarix, madaniyat 
tarixi, harbiy tarix, diplomatiya tarixi, tarixiy geografiya va bosh- 
qalar. Tarkibiy qismlari maxsus tarixiy fanlar hamda arxeologiya 
va etnologiya. Fan va madaniyat tarixi, san’at tarixi shu sohalarni 
bilan bog‘liq holda o‘rganiladi.
Empirizm — nazariy umumlashtirishni inkor qilib, hissiy 
idrokni, tajribani bilishning birdan bir manbayidir, deb biladigan 
falsafiy yo‘nalish, nazariyadan ko‘ra amaliy faoliyatga ko‘proq 
moyil bo‘lishlik, amaliy faoliyatga moyillik.


Bilish obyekti. Tarix fanini bilish obyekti. Insoniyat tarixi. Ta­
rix fanining umumiy tasnifi. Tarix fanida fanlararo yondashishdan 
foydalanish. Tadqiqot predmeti. Tadqiqot masalalarining qamrovi 
va xususiyatlari. Tarix fani haqidagi falsafiy yo ‘nalishlar. Fanning 
tadrijiy rivojlanish bosqichi. Antropologik yondashuv. Tarix fanining 
tarmoqlari va tuzilmalari. Siyosiy, harbiy, diniy tarix. Fanning tari­
xi. Ayollar tarixi va gender tadqiqoti. San ’at tarixi. Intellektual ta­
rix. Madaniyat tarixi. Diplomatiya tarixi.
Tarix fanining bilish obyekti — insoniyat tarixining barcha 
davrlarida sodir bo‘lgan voqealar, jarayonlar, voqeliklar (ko‘ri- 
nishlar)ning majmuasidir.
«Bilish obyekti» tushunchasi ostida obyektiv voqelik yotadi.
Tarix fanining obyekti — bu insoniyatni tashkil etuvchi barcha 
jamiyatlar majmuyidir.
Tarix fanining predmeti — bu vaqt va makondagi shakllani- 
shidan to tanazzulga uchrab tugagungacha boMgan jarayonlarni 
boshdan kechirgan aniq va konkret jamiyat bo‘lib, umumiy yax­
lit holda hamda uni tashkil qiluvchi barcha tarkibiy tuzilmalari 
va qismlari, shuningdek bu jamiyatning boshqa aniq va konkret 
jamiyatlar bilan o‘zaro munosabatlaridir1.
Tarixiy bilishning asosiy maqsadi — obyektiv va xolis, tizim ­
li, konkret jamiyatning taraqqiyotidagi tarixiy jarayon haqidagi 
konkret bilimga va ilmiy jihatdan asoslanilgan tarixiy haqiqat- 
ga erishish2.
Tarixiy bilish nazariyasida metodologiya ma’lum bir faoliyatning 
aniq maqsadlari va yo‘nalishlarini belgilaydigan falsafiy tamoyillar 
va umumiy qoidalarning majmuasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Tarix fanining ijtimoiy vazifalari ham mavjud bo‘lib, tarix fani 
quyidagi ijtimoiy vazifalarni bajaradi:

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling