Metodologiyasi


Смоленский Н.И. Теория и методология истории. С. 16


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 Смоленский Н.И. Теория и методология истории. С. 16.
2 Karimov LA. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. — Т.: Sharq. 1998.


yonlarni o‘rganishga nisbatan qo‘llaniladigan tadqiqot jarayoni- 
ning tarkibiy qismi bo‘lgan «obyekt» tushunchasi hamda tadqiqot 
obyektining tarkibiy qismi sanalgan tadqiqot «predmet»i tushun­
chasi kelib chiqadi. Ayrim holatlarda ularning bir-biriga mos kel- 
masligi tarixiy bilishning xususiyati bilan bog'liqdir1.
Jamiyatning o‘tmishda sodir bo‘lgan jarayonlarga nisbatan 
qiziqishi va uni bilishga hamda anglashga bo'lgan intilishi, tarix­
chilarning bu holatni tadqiqotni amalga oshirishdagi asosiy omil- 
lardan biri sifatida qabul qilishi mavzuning dolzarbligini belgi- 
lab beradi. To‘g‘ri, tarixchi tomonidan tanlab olingan har qanday 
tadqiqot mavzusida boshqalariga aynan mos bo‘lmagan o‘ziga xos 
jihati mavjud bo‘ladi va u ayni vaqtda mazkur tadqiqotning nati- 
jalari atrof-muhit yoki jamiyatga ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin.
Tadqiqot mavzusi dolzarbligining ikki xususiyati mavjud 
bo‘lib, birinchidan, mavzuning dolzarbligi faqatgina ijtimoiy -
amaliy jihatnigina emas, balki tarixchi tadqiqotining metodo- 
logik asoslari bilan bog‘liq ilmiy ahamiyatiga e’tibor qaratishi 
nazarda tutiladi. Ikkinchidan, mavzuning dolzarbligi o‘zgarmas 
va mutlaq ahamiyatga ega bolishi mumkin emas, chunki bir ho­
latda dolzarb bo‘lgan mavzu boshqa bir holatlarda o‘z ahamiyati 
va dolzarbligini yo‘qotishi mumkin2.
Shu o‘rinda mavzuning dolzarbligi tushunchasini konyunktu- 
ra tushunchasidan farqlab olish kerak bo‘ladi.
Dolzarblik tushunchasining konyuktura tushunchasidan farqi 
shundaki, birinchi holatda o‘tmishga nisbatan faqat savol tariqa- 
sida yoki uni o‘rganish jihatidan munosabatda bo‘linsa, ikkinchi 
holatda o‘tmish voqealari yoki jarayonlarining mohiyati mavjud 
holat talablari bilan bog‘langan holda avvaldan tayyorlab qo‘yil- 
gan yoki belgilab qo‘yilgan yoki aniqlangan tushunchaga mos- 
lashtiriladi. Bu holatda tarixiy voqealarning ahamiyati o‘zining 
haqiqiy mohiyatidan uzoqlashtiriladi va umumiy tarixiy jarayon-
---------------------- 
/

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling