Metodologiyasi
Афанасьев Ю.Н. История против эклектики. — М., 1980
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Афанасьев Ю.Н. История против эклектики. — М., 1980.
46 Tarix fani ijtimoiy-gumanitar fanlar (falsafa, sotsiologiya, iqti- sod, psixologiya, san’atshunoslik va boshqalar) tizimining tarkibiy qismi. Tarix fanining bu guruhdagi o‘rni uning tadqiqot predmeti va usullari bilan belgilanadi. Turli ijtimoiy va gum anitar fanlar jamiyat hayotining alohi da jihatlarini o‘rgansa, tarix fanining tadqiqot obyekti — aholi, jamiyat, mamlakat, davlat hayotining o‘tmishi va buguni haqida gi faktlarni yig‘ish, tahlil qilish, to‘plangan bilimlarni m a’lum bir tizimga solish va nazariy jihatdan umumlashtirishdir. Tarix fani o‘tmishda sodir bo‘lgan jarayon va hodisalar orasidagi o‘z- aro bog‘liqlik, ularning ildizi, tarixni harakatlantiruvchi sabablar, uning mantig‘i va ma’nosini ko‘rish imkonini beradi. Ijtimoiy va gumanitar fanlar tarixiy tadqiqotlar natijalariga tayanadi. Fan lararo yondashuv jamiyat haqidagi yaxlit tasavvurni shakllanti- rib, o‘tmishni va bugunni anglash orqali jamiyat rivoji istiqbolini ko‘ra bilishdek muhim vazifani hal qiladi. N.Jo‘rayevning fikricha, tarix - inson haqidagi, odam- lar haqidagi fan. Biroq u bugunning odamlari, kechinmalari, his-tuyg‘ulari, faoliyatlari va munosabatlari xususida emas, balki o'tgan ajdodlarimiz turmush tarzi, ma’naviy-ruhiy kechinm a lari, sodir etgan voqea-hodisalari, maqsad va intilishlari haqida gi fandir1. Tarix fanida, boshqa fanlarda bo‘lganidek, muqarrar ixti- soslashuv amalga oshmoqda. Hozirgi zamon tarix fani alohida bo‘limlar va sohalardan tashkil topgan bilimlar mayjmuyidir. Ix- tisoslashish darajasiga ko‘ra, ularni bir necha guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhni jamiyatning butun va alohida tomonlarini o‘rganuvchi bo‘lim va sohalar tashkil qiladi. - Insoniyat tarixining ayrim hodisalari alohida o‘rganiladi. - Hududiy-geografik tamoyilga ko‘ra, tarixan bir-biri bilan bog‘liq yirik mintaqalar - Yevropa va dunyoning boshqa qism- Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling