nitskiy: «Tarix odamlar faoliyati, shuningdek ushbu faoliyat oqi-
batlari bilan bog'liq konkret ommaviy taraqqiyot qonuniyatlarini
tadqiq qiladi», — deb tushuntirsa, tarix fani metodologiyasi sohasi
da yirik tadqiqotlarni amalga oshirgan tarixchi I. Kovalchenko
esa, «Tarixiy taraqqiyot o‘z maqsadiga ega bolgan odam faoliyati
ni o‘zida
aks ettiradi, bu esa ilg‘or qonuniy hamda ichki shart-
larga ega bolgan jarayondir. Bu jarayonning konkret yo‘nalishida
organik ravishda moddiylik va ma’naviylik, obyektivlik va indivi-
duallik uyg‘unlashadi. Bu uyg‘unlikning o‘zi esa tarkibiy shakl va
sifat birligi holatida namoyon boladi», — degan fikrni bildiradi1.
Insoniyatning o‘tmishi cheksiz darajadagi turfalikdan iborat-
dir, undagi hodisalar cheksiz ravishda
sodir bolgan va ularning
barchasini ta’riflab berish imkonsizdir. 2
Tarix — bu insonlar, ularning faoliyati, intitilishlari haqida
gi fandir. Tarixchining ilmiy izlanishlari tarixiy jarayonlarning
obyektiv va subyektiv qirralarining
qollanilishidagi birlikning
aniqlanishi bilan bogliqdir. Aynan shu holat tarixiy bilimning
sotsiologik bilim bilan yaqinlashtiradi.
Tarixdagi takrorlanishlar tarixiy jarayonlarning an’anaviyligi
va ayni vaqtda tarixiy jarayonlarning o‘ziga xosligi va individu-
alligi bilan ham xususiyatlanadi. Tarixiy jarayonlarda o‘xshash
hodisalarning takrorlanishi ularning kelib chiqishidagi,
takror-
lanish ehtimolligi va sodir bolish jarayonlaridagi turlichaligi bi
lan bir-biridan farqlanadi3.
Bunday mazmundagi fikrlar boshqa bir qator tarixchilar to
monidan bildirilib, ular tarix fani va tarix fanining predmetini
turlicha holatda tavsiflab berdilar. Ingliz tarixchisi R. Kolling-
vud: «Qandaydir tarixiy jarayon va uni
anglashning aniq va yago-
na yo li mavjud emas, tarixiy jarayon o‘z-o‘zidan shakllanadigan
Do'stlaringiz bilan baham: