Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy tarix
Siyosiy tarix — tarix fanining eng dastlabki yuzaga kelgan tar-
moqlaridan biri bo‘lib, bu tarix o‘z tarkibiga fuqarolik jamiya- ti tarixini, siyosiy voqealar tarixini, siyosiy tizimlarni boshqarish va ijro etuvchi hokimiyat tarixini kiritgan holda tarix fanining o'rganilishini ma’lum darajada o‘zgarib borishiga ta’sir ko‘rsat- di. Ingliz tarixchisi D.Eltoning fikricha, siyosiy tarix jamiyat ning tarkibi bo‘lgan inson faoliyatini o‘rganadi. Bunda asosiy e’ti bor inson faoliyatini faqatgina tavsiflab berishga emas, balki uni tushunish va idrok etishga yo‘naltirilgan bolishi kerak. M azkur tarixchi o‘z fikrini davom ettirib, siyosiy tarix statistikaga but- kul bog‘liq bo‘lib qolmasdan, abstraksiyadan qochish va faqatgi na ijtimoiy tarixni yozmasdan, inson faoliyati va insonlar bilan munosabatga kirishish kerak, deb ko'rsatadi. Biroq tarixni yo- zishda sotsiologiyaga ko‘proq e’tibor qaratuvchi bir qator tarixchi lar D.Eltoning bu fikrlarini ma’qullamaydilar va asosiy qimmat li ma’lumotlarni ijtimoiy tarixdan olish kerak deb hisoblaydilar. Ko‘p hollarda siyosiy tarixchilar o‘z diqqat-e’tiborlarini in sonlar taqdiriga ko‘proq ta’sir etuvchi siyosiy hokimiyat faoliyati ni o‘rganishga qaratadilar. Shunga ko‘ra tadqiqotlar ko‘lami ham kengayib boradi, ya’ni aholining harakatlari, alohida m uam m o lar, hattoki ommaviy madaniyat ham siyosiy tarixchilar diqqat e’tiboridan chetda qolmaydi. Tarix fanining bu tarmog‘ini rivoj- lantirishda tarixchi E.Xobsboum katta o‘rin tutadi. U tarixni faqatgina «oliy siyosat» sohasida emas, balki nizolar va kelish- movchiliklar, iqtisod, ijtimoiy psixologiya va boshqa bir qancha guruhlarga bo‘lib o‘rganishni taklif etadi. Iqtisodiy tarix statistikaning paydo bo‘lishi bilan faol rivojla- na boshladi. Bugungi kunda matematik modellashtirishdan keng foydalaniladi. Tarixchi monetarizm, lasseferizm, D. Keyns naza- riyasi va boshqa bilim larni bilmasdan turib o‘z tadqiqotlarini olib borishi samara bermaydi. Tarixchi bu soha tadqiqida odamlarning yashash tarzi haqida to iiq ma’lumot bera olishi mumkin bo‘lma- gan jon boshiga to‘g‘ri keluvchi iqtisodiy ishlab chiqarish haqida gi ma’lumotlar kabi faqatgina iqtisodiy tahlil bilangina cheklanib qolmasdan, demografiya, sotsiologiya kabilarni ham iqtisodiy so- ha tarixini o‘rganishga jalb eta olishi kerak. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling