Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Ijtimoiy tarix. XIX asrdan boshlab tarixchilar tomonidan ta­
rixiy tadqiqotlarda oddiy odamlar va xalqning ahvolini o‘rga- 
nishga e’tibor qaratish boshlandi. Marksizm ta’limotida ishchilar 
tabaqalarini o‘rganishga asosiy e’tibor qaratildi. XX asrga ke­
lib, «annallar maktabi» ijtimoiy tizim va jarayonlarni o‘rganish- 
ga kirishdi. XX asrning 60-yillarida E. Tomson tomonidan ish­
chilar tabaqasining kelib chiqish tarixining o‘rganilishi tarixiy 
tadqiqotlarda fanlararo yondashuvning imkoniyatlarini ko‘rsatib 
berdi. Oila tarixi, ayollar tarixi o'rganila boshlandi, odamlarning 
kundalik faoliyati va shaxsiy hayotini o'rganishga e’tibor kuchay- 
di. Biroq XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmi oxirlariga jam i­
yat hayoti tarixini o‘rganish jarayonida ko‘pgina sohalar e’tibor- 
dan chetda qoldirilib, asosan sinfiy kurash masalalariga asosiy 
urg‘u berilib, tarixning bir tomonlama o‘rganilishiga yo‘l qo‘yildi. 
Shuningdek, bu jarayonlardagi bir tizimlilik ham jamiyat hayotini 
har tomonlama va atroflicha tadqiq qilishga imkon bermadi. XX 
asrning 90-yillaridan boshlab jamiyat hayotini o'rganishdagi ta ­
rixiy tadqiqotlarda bunday yondashuvlar inkor qilinib, uni har to ­
monlama tadqiq etishga kirishildi.
Diniy tarix. Tarix fani sohalari va tarmoqlari orasida eng dast- 
labki yuzaga kelgan tarmoqlardan biri diniy tarix sanaladi. Diniy 
soha va jamiyat hayotining bu soha bilan bog‘liq jihatlariga yetar­
li baho berilmasligi umumiy holatning noto‘g‘ri talqiniga sabab 
bo‘ladi. Ayni vaqtda bu sohaning ikki muhim jihati borki, buni 
tarixchilar teologiya yo‘lidan borish (yoki voqelikka diniy nuqtayi 
nazardan yondashuv) yoki aksincha diniy g‘oyalarni butkul inkor 
qilish, deb ko‘rsatadilar. Hattoki Yevropa tarixchilarida biror-bir 
dinga e’tiqod qiluvchi tarixchi tarixiy jarayonlarni yaxshi tushu- 
nadi, degan tushuncha ham shakllangan edi. Biroq bu tushun­
cha o‘zini oqlamadi va bugungi kunda diniy tarixga (din tarixiga)


intellektual tarix va ijtimoiy tarixning ajralmas bir qismi sifatida 
yondashila boshlandi va ayni vaqtda tarixchi avvalgi davrlar tari­
xini o‘rganish jarayonida bu sohaga oid m a’lumotlarni ham e’ti- 
borga olishi kerak bo‘ladi.
Fan tarixi. Tarix fani ilm-fanga kashfiyotlar ro‘yxati sifatida 
emas, balki inson faoliyatining mahsuli va ayni vaqtda jamiyat 
va madaniy hayotning ajralmas bir bolagi sifatida qaraydi. Ilm- 
fan — ijtimoiy va mafkuraviy xususiyatga ega. Ayni vaqtda tarix- 
chilardan ilm-fanning ilmiy bo‘lmagan tafakkur mahsuli bo‘lgan 
(astrologiya, alkimyo va boshq.) fanlarni ilmiy fanlar bilan ara- 
lashtirib yubormaslik talab etiladi. Bu sohaning tarixiy tadqiqot­
lari jarayonida ilm-fan va jamiyat o‘rtasidagi aloqalar va bogliq- 
likka alohida e’tibor qaratilishi kerak.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling