Metodologiyasi
« 0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi». Davlat ilmiy nashriyoti, 2004, 8-jild
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 «Ta’rix» tushunchasiga oid ma’lumotlar A.Ibrohimovning «Bizkim
1 « 0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi». Davlat ilmiy nashriyoti, 2004, 8-jild.
274-b. Bu to‘rtlikda alohida ta ’kidlangan «xush» so‘zi asarning yozi- lish vaqtiga ishora bolib, uning ta’rixi sanaladi, bundagi harf- larning raqamlar bo‘yicha yig‘indisi hijriy 906 sanani (milodiy 1500-y.) anglatadi. Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonining yozilishi sanasiga quyidagicha ishora qilingan: Chu ta’rixi yilin aylay desangiz tuz, Sakkiz yuz sakson erdi, dog‘i to‘qquz. M azkur ta’rixda keltirilgan ishoraga ko‘ra shoir dostonining yozilish yili hijriy 889 (milodiy 1484) yilni bildiradi. Mirzo Ulug‘bekning o lim i bilan b ogliq sanaga ishora qilin gan ta’rixda esa quyidagi misralarni o‘qish mumkin: Ulug‘bek, bahri ulumu xirad, Ki dunyou dinro az o‘ bud pusht, Zi Abbos shahdi shahodat chashid, Shudash harfi tarix «Abbos kusht». Ya’ni, Ulug‘bek aql va hunar dengizi, dunyo va dinning tayanchi edi. Abbosning qo‘lidan shahidlik sharobin ichdi va «Abbos kusht» (Abbos halok etdi) so‘zi uning ta’rixi bo‘lib qoldi. Tarixiy manbalarga ko‘ra Mirzo Ulug‘bek milodiy 1449-yilning 27-oktabr kuni o‘ldirilgan. Yuqoridagi ta’rixdagi «Abbos kusht» so‘zidagi harflarning abjad hisobi bo‘yicha yig‘indisi ham m ilo diy 1449-yilni ifodalaydi1. Tarix va tarixga aloqador iboralar, so'zlar va tushuncha lar bugungi lug‘atimizda ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. Umu miy tushunchalarga ko‘ra tarix o‘tmish va unda sodir bo‘lgan 1 «Ta’rix» tushunchasiga oid ma’lumotlar A.Ibrohimovning «Bizkim o‘zbeklar...» kitobidan olingan. Qarang: Ibrohimov A. Bizkim o‘zbeklar... — Т.: «Sharq», 1999. voqea-hodisalarni anglatsa, tarix fani ularni o‘rganuvchi, o‘rga- tuvchi va tadqiq etuvchi fandir. Shuningdek tarixan iborasi orqa li tarixga aloqadorlik, tarixga asoslanganlik, tarixiy tajribalarni hisobga olgan holda kabi tushunchalarni, tarixiy iborasi orqa li tarixda qoluvchi, tarixga kirgan, tarix faniga oid, tarixga doir, qadimgi kabi tushunchalarni anglatadi. Tarixiylik iborasi orqali biron-bir voqea yoki hodisaning uni yuzaga keltirgan mavjud tarixiy shart-sharoit yoki vaziyat bilan uzviy bog‘lanishni tekshirish va baholash tamoyilini tushunish mumkin. «Tarixiylik» iborasi ilk bor tarixshunoslik tadqiqotlari doirasida avstriyalik tarixchi Karl Verner tomonidan 1879-yilda qo'llanilgan1. Tarixnavis iborasi orqali tarixni tavsiflash, tarixni yozish, ta rixni aks ettirish, manbalarni yaratish kabi tushunchalarni, ta- rixshunos iborasi orqali tarix tadqiqotlarining muammolari va ularni o‘rganuvchi fanni yoki shu soha bilan shug‘ulanuvchi mu- taxassisni, tarixchi iborasi orqali esa o‘tmishdagi yilnomachilar, solnomachilar, sulolalar tarixlarini yozuvchilar, bugungi kunda esa tarix tadqiqotlari va tarix fani, uning o‘qitilishi bilan shug'ullanuv- chi mutaxassislarni tushunamiz. Tarixiy jarayonlarga va ularning borishiga ta’sir ko‘rsatgan alohida mashhur kishilar tarixiy shaxs- lar hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinadiki, tarix va tarix fani predmeti haqidagi tushunchalar ko‘p va turlichadir. Yana ulardan anglash mumkinki, tarix uzluksiz doimiy mavjud bo‘ladi. Inson, insoni yat mavjud ekan, ularning shajarasi davom etar ekan, tarix xoti- ralarda ma’lum darajada «yashayveradi» va avvalgi jarayonlarni ma’lum darajada saqlab uni davom ettiradi. Ana shu holatning o‘zi tarixiy bilim manbayi, tarix fani predmeti masalasiga aniqlik kiritadi. N. Jo‘rayevning yozishicha: «Tarix fani kishilik jamiyati- ning o‘tmishini o‘rganar ekan, u tom ma’noda insonshunoslikdir. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling