Metodologiyasi
Tarix falsafasining nazariy asoslari. 199-b
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Tarix falsafasining nazariy asoslari. 199-b.
62 rixchilari ham qadimda sodir bo lg an urushlar haqida alohida va ko‘plab ma’lumotlar yozib qoldirganlar. XVIII asrdan boshlab esa harbiy tarix harbiy to‘qnashuvlar tarixi sifatida rivojlana boshladi. XIX asr oxiri — XX asr boshlaridan boshlab, urushlar xususi- yatidagi yuzaga kelgan o‘zgarishlar ta’sirida harbiy tarix sohasida nafaqat harbiy sohaga aloqador masalalarning o‘zinigina, balki jamiyat taraqqiyotiga aloqador masalalar o‘rganila boshlandi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, harbiy tarix fani sohasi tarki- biga urushayotgan mamlakatlar va davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy tarixini o‘rganish sohalari ham qo‘shildi. Hozirgi vaqtda harbiy tarix predmeti birmuncha kengroq tusda, ya’ni «urush va jam i yat» tushunchasiga ega bolib, ayrim vaqtlarda harbiy mutaxas- sislar harbiy harakatlarni o‘rganish uchun ham jalb etiladi. Harbiy tarix fani — tarix faning tarkibiy qismi bolib, urush lar, harbiy jang san’ati, qurolli kuchlar, harbiy texnika va harbiy bilim berish, harbiy qo‘mondonlar, qo‘shinlar, davlatlarning har biy faoliyati tajribalarini o‘rganadi. Harbiy tarix fanining tarmoqlariga urushlar tarixi, harbiy jang san’ati tarixi, qurolli kuchlarning shakllanishi va tuzilishi tarixi, harbiy o‘q otar qurollar va harbiy texnikaning paydo bolishi va rivojlanishi tarixi, harbiy qismlar tarixi va harbiy tafakkur tarixi kiradi. Shuningdek, harbiy tarixshunoslik, harbiy arxeologiya, harbiy arxivografiya, harbiy statistika sohalari harbiy tarix fani ning maxsus tarmoqlari sanaladi. Harbiy soha va uning taraqqiy etib borish jarayoni haqida asosiy tushunchalarni berish imkoniyatiga ega bolgan urushlar tarixi hamda harbiy jang san’ati tarixi harbiy tarix fanining ye- takchi tarmoqlari hisoblanadi. Harbiy tarix fani ham boshqa fanlar kabi ma’lum bilimlar so- hasiga tayanadi va o‘ziga xos an’anaviylikka ega. Siyosiy qarash- lar, metodologik va nazariy yondashuvlar ta’sirida urushlarning xususiyatlari, mohiyati va o‘rniga baho berishda turlicha yoritilish hollari ham mavjud. Shundan kelib chiqqan holda XXI asr ta rixchilari oldidagi asosiy vazifalardan biri urushlar tarixiga, har- biy harakatlar tarixiga qat’iy obyektivlik, sof ilmiylik va tarixiylik nuqtayi nazaridan yondashish sanaladi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling