Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

b ix
borada 
har qanday xatoliklardan xoli bolishda asosiy ekanligini ta’kidlab


o‘tganlar. Eng asosiysi bu g‘oyalar va yondashuvlar aksariyat hol­
larda biri ikkinchisini toldirib, mukammallashtirib kelsa, boshqa 
holatlarda tarixiy haqiqatni anglashda eng maqbul yo‘l va uslubni 
tanlab olish imkoniyatini ta’minlaydi.
Bunday nazariyalar va tarixni o‘rganishga bo'lgan turli yon­
dashuvlar va uslublar ko‘pchilikni tashkil qilib, ular turli davrlar- 
da shakllangan va bugungi kunda ham yangi-yangi yondashuvlar 
shakllanmoqda.
Umuman olganda, tarixiy tafakkur va tarix falsafasini shakl­
lantirish, uni o‘rganish va tadqiq qilishida turli-tum an, bir-biri- 
ni inkor qiluvchi, rad qiladigan g‘oyalar va yondashuvlar mavjud 
va bugungi kunda ham yangi shakllar, g‘oyalar va oqimlar paydo 
bo‘lmoqda. Yuqorida aytilganidek, tarix falsafasi, ya’ni metodo- 
logiyasining inson faoliyati bilan bog‘liqligini nazarga oladigan 
bo‘lsak, bu jarayon, ya’ni tarixiy tafakkurning shakllanishi va 
tarix falsafasini anglash jarayoni inson faoliyati bilan bog‘langan 
holda hali yana uzoq vaqtlar davom etishi tabiiy holdir.
G ‘arb tarixchiligi va tarix falsafasida murakkab jarayonlar da­
vom etmoqda ekan, sharq tarixnavisligi va sharqona tarix fal­
safasining mazmuni ham barchani qiziqtirishi tabiiy. Sharq ta­
rixnavisligi yoki sharq tarixchilik falsafasi bugungi kungacha 
tarixchilar tomonidan maxsus o‘rganilmagan eng muhim il­
miy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Garchi tarixchilar va 
ularning tarix asarlari manbashunoslik nuqtayi nazaridan tad­
qiq etilgan va tahlil qilingan bo‘lsada, biroq bu tadqiqotlardan 
sharq tarixnavisligining falsafiy asoslari, tarixiy hodisalarni yori- 
tishdagi biror-bir yo‘nalish yoki yondashuvlarning nazariy asos­
lari borasidagi fikrlarni uchratish mushkul. Bu ma’lumotlarni 
biz faqatgina manbalarni mazmunan, davriy, ijtimoiy va bosh­
qa xususiyatlariga asoslangan holda maxsus tadqiq qilish orqali 
qo‘lga kiritishimiz mumkin.
Eng avvalo aytib o‘tish joizki, Sharqda tarix falsafasi yoki 
metodologiyasi va uning yo‘nalishlari hamda turlari va tiplari 
g‘arbdagidek tarzda chuqur va turli qarashlar asosida «shakllan-


tirilgan» emas. Aynan ana shu holatning o‘zi ham sharq tarix­
navisligining o‘ziga xosligini belgilab beradi.
Biroq ayni vaqtda insoniyat taraqqiyoti jarayonlarini umumiy 
yaxlit hodisa sifatida olganda Sharq va G ‘arb va uning tarixnavis- 
ligini ham bir-biridan alohida ko‘rsatib bo‘lmaydi. Bu holatda 
ham har ikki yo‘nalishdagi tarixnavislik bir-birini toldirib keladi 
va tarixni mukammal anglashni ta’minlaydi.
Tarixdan m a’lumki, sharq sivilizatsiyalari boshqa mintaqa- 
lardan ancha avvalroq (Qadimgi M isrning sharqona xususiyatla- 
rini hisobga olsak) shakllangan. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy ta- 
raqqiyot jarayonlari ham avval sharqda shakllanib, o‘z davriga 
xos ravishda mukammallashib, boshqa hududlarga, eng avvalo 
g‘arb — Yevropaga tarqalgan yoki taraqqiyotga ta’sir o‘tkazgan. 
0 ‘z-o‘zidan tarixnavislik va tarixiy tafakkur ham aynan sharqda 
shakllangan. Ayni vaqtda Sitseron tomonidan ilk bor «tarixning 
otasi» deya nom berilgan Gerodotning tarix fani oldidagi xizmat- 
larini e’tirof etgan holda aytish o‘rinliki, tarixga munosabat va 
tarixiy jarayonlarni yoritish, tavsiflash va tushuntirib berish ham 
aynan Sharqda shakllanganki, bu eng avvalo «Avesto» kitobida 
yaqqol namoyon bo‘ladi.
«Avesto» — jahon madaniyatining, jum ladan, Markaziy Osi­
yo xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtiy- 
lik e’tiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida 
Yagona Tangriga topinish shu ta ’lim otdan boshlangan. Bu kitob 
tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizim i bilan adabiy manbalar­
ga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, 
Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani 
aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir, degan qarash 
mavjud.
«Eng mo‘tabar, qadimgi qolyozmamiz «Avesto»ning yaratil- 
ganiga 3000 yil bo‘lyapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqad- 
dam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qil­
gan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy 
merosidir. «Avesto» ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk dav-


lat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik 
beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi»1.
«Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan max­
sus alifboda dastlab to‘qqiz ho‘kiz terisiga yozilgan. Ilk nusxa- 
lari asosida sosoniylar davrida 21 kitob holida yig‘ilgan, bizga- 
cha ularning chorak qismi yetib kelgan. «Avesto»ga sharhlar ham 
bitilgan bo‘lib, ular «Zand» nomi mashhur.
«Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tash­
kil etgani uchun jahon olimlarining e’tiborini tortgan. «Avesto» 
va uning talqini yuzasidan F. Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. 
Bartold, Ye. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy 
kabi bir qator xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud.
0 ‘zbekistonda «Avesto»ni o‘rganish qadimdan boshlangan. Abu 
Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlari- 
da «Avesto» ta’limotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat 
mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qo‘lyozma va bosma nusxalari 
0 ‘R FA SHI jamg‘armasida saqlanadi. Hozirgi o‘zbek olimlari A. 
Qayumov, H. Homidov, M. Is’hoqov, N. Rahmonov kabi tarixchi 
va adabiyot vakillari mazkur manba yuzasidan ko‘plab tadqiqotlar 
va ilmiy ishlarni amalga oshirganlar.
«Avesto» va uning tarixiy ahamiyati, uni o‘rganishga bo‘lgan 
e’tibor nafaqat Vatanimizda, balki xorij tarixchilari tomonidan 
ham e’tirof etilgan. «Avesto» haqida fikr bildirar ekan, 0 ‘zbekis- 
ton Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni 
ta’kidlab o‘tadi: «Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan 
hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda 
etadigan bu kabi tarixiy yodgorliklar orasida bundan qariyb uch 
ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan, «Aves­
to» deb atalgan bebaho ma’naviy obida alohida o‘rin tutadi. Av- 
valambor, shuni aytish joizki, olis ota-bobolarimizning aql-zako- 
vati, qalb qo‘ri mahsuli bo‘lmish bu noyob yodgorlikning zamon 
to‘fonlaridan, qanchadan-qancha og‘ir sinovlardan o‘tib, bizning

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling