Metodologiyasi


Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — Т.: «Ma’naviyat»


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — Т.: «Ma’naviyat».
2009. 31-32-bb.


tushirish ishlariga alohida e’tibor berilgan va hatto bu voqealarni 
qog‘ozga tushirib boruvchi maxsus kishilar ham shakllangan.
Ilk o‘rta asrlar tarixining muhim jihatlari va jamiyat hayoti- 
ning turli jihatlarini aks ettiruvchi yana bir muhim manbalardan 
biri 0 £rxun-Yenisey bitiktoshlari V asr o‘rtalari — V III asr bi­
rinchi yarmida Sharq, xususan Osiyoning bepoyon hududlari- 
da hukmronlik qilgan va o‘z davlatchiligini shakllantirgan turkiy 
xalqlarning tarixiga oid manbalardir.
0 ‘rxun-Yenisey bitiktoshlari V—VIII asrlarda qadimgi turk ti- 
lidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorliklar hisoblanadi. Mo‘g‘ulis- 
tondagi 0 ‘rxun va Janubiy Sibirdagi Yenisey daryolari sohillari- 
da topilgani uchun ham mazkur yodgorliklar umumiy holda shu 
nom ostida yuritiladi. Mo‘g‘ulistondan Shimoliy dengizgacha, 
Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududlarda shu yozuvdagi 
yodnomalar uchraydi. Shimoliy Kavkazda XV asrda ham 0 ‘rxun 
yozuvidan foydalanilgan. 0 ‘zbekiston hududlarida (Farg‘ona, 
Surxondaryo), Qozog‘istonning Talas vodiylaridan 20 dan ortiq 
turkiy—run yozuvi yodgorliklari topilgan.
Qadimgi turkiy yozuvlardan biri hisoblangan 0 ‘rxun-Yenisey 
yozuvining ilk ko‘rinishlari davlatning ma’naviy hayotida ham 
katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Lekin bular turkiylarning dastlab- 
ki yozuvlari emas, Sirdaryo bo‘ylaridan (miloddan avvalgi III—II 
asrlar) hamda Qozog‘istonning Issiq qo‘rg‘onidan (miloddan av­
valgi IV asr) topilgan yozuvlar ham turkiylarga xos bitiklar hi­
soblanadi. Bu bitiklar orasida albatta 0 ‘rxun-Yenisey bitiktoshlari 
alohida tarixiy ahamiyatga ega, ayniqsa Kultegin, Bilga xoqon
To‘nyuquq yodnomalarida turk xoqonligi va uning bir qator dav- 
latchilik masalalari, boshqaruvi, davlatning tanazzuli, siyosiy 
tarqoqlik kabi holatlar haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. 
Kultegin bitiktoshi 732-yilda Turk xoqonligi (551—745)ning lash- 
karboshisi sharafiga o‘rnatilgan. Bitiktosh ikki qismdan — Kichik 
va Ulug‘ bitikdan (muallifi Yo‘llig‘ takin) iborat. Bitikda Tabg‘ach, 
Tibet, So‘g‘d, Turkash, Qirg‘iz kabi nomlar tilga olingan. Bitik- 
toshlar XIX asr oxirlarida topilib, U. Tomsen tomonidan o‘qilgan


va ilmiy muomalaga kiritilgan. Turk - run bitiklari AQSH, Pol- 
sha, Vengriya, Finlyandiya va Turkiyada ham o‘rganilgan. Rossi- 
yada V.Radlov, S.Malov, LStebleva ishlari m a’lum. 0 ‘zbekistonda 
Fitrat, A.Qayumov, N.Rahmonov va boshqalar tadqiqot ishlarini 
chop qildirganlar.
Tarixiy tafakkur va tarix falsafasi ma’rifatli jamiyat qurishning 
muhim omili bo‘lib xizmat qilar ekan, tarix bunda o‘tmishni 
anglash, uni his etish va tushunish pirovardida kishilar ruhiyatida 
ma’naviy va ruhiy e’tiqodni shakllantirish va bu orqali jamiyat- 
ni m a’naviy jihatdan isloh qilish, ayni vaqtda o‘zlikni anglash va 
milliylikni saqlab qolishda eng muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
«Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning 
tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan 
ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy 
meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim 
omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi»1.
Sharqda, xususan hozirgi 0 ‘zbekiston hududlarida yashab ijod 
qilgan fozil kishilar tomonidan yaratilgan tarix, shuningdek geo- 
grafiya va falsafaga oid asarlarning aksariyatida tarixiy jarayonlar 
va voqealarni yoritib berishga katta o‘rin berilgan. Qizig‘i shunda­
ki, XV asrgacha bolgan davrdagi bu asarlar mualliflari orasidan 
(Narshaxiy, Juvayniy kabilarni hisobga olmagan holda) bironta- 
sini aynan tarixchi deb ko‘rsatish mushkul yoki ular sanoqligina, 
sababi sharq tarixnavisligining, asosan islom olami tarixnavisla- 
rining ko‘pchiligi tarixdan boshqa sohalarda ham yetuk olimlar 
va fozil kishilar hisoblangan. Bu esa ularga tarix sohasidagi bi- 
limlarni faqatgina ro‘yi-rost voqealarni tavsiflash (tarixiy materi- 
alizm) orqali emas, balki ularning kelib chiqish sabablari, maz­
muni va natijalari hamda oqibatlarini ham tahlil qilgan holda
ularning alohida shaxs yoki insonga va ayni vaqtda mamlakatga, 
jamiyatga ta’sirini falsafiy mushohadalar orqali yoritib berishla- 
riga imkon bergan. Tarixni yoritishga bo‘lgan bunday yondashuv-

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling