Metodologiyasi


  Madraimov A., Fuzailova G . Tarixiy manbashunoslik. — Т.: 2005. 85—191-


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A


Madraimov A., Fuzailova G . Tarixiy manbashunoslik. — Т.: 2005. 85—191- 
bb.


fan, ayniqsa tarix to‘g‘risidagi chuqur bilimlarini «Osor ul-boqi- 
ya an al-qurun al-holiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgor- 
liklar») hamda «Hindiston» yoki «Kitab tahqiq molil-Hind min 
manqula fi-l-aql va-l-marzuma» («Hindlarning aqlga sig‘adigan 
va sig‘maydigan ta’limotlarini tadqiq etish») va «Kitob ul-musam- 
mara fi axbori Xorazm» («Xorazm haqidagi axborotlar haqida 
suhbatlar») nomli asarlari bilan tarix va madaniyat tarixiga kat­
ta hissa qo'shdi»1.
Mazkur kitobda sharq tarixnavisligi va uning asosiy xusu- 
siyatlari, tarixiy asarlarning yaratilishi va tarixni tadqiq etish 
masalalari, Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qol­
gan yodgorliklar» hamda «Hindiston» asarlarida tarix fani va 
tarixiy tadqiqotlarning nazariy jihatlari haqida bildirgan fikr- 
lari va zamonaviy tarix fani metodologiyasida uning qanchalik 
ahamiyatga ega ekanligi masalalari tadqiq etilgan. Mazkur qo‘l- 
lanmada keltirilgan masalalar yuzasidan soha mutaxassislari to ­
monidan ayrim e’tirozlar va bahs-munozarali fikrlar bildirilishi 
tabiiy. Bu esa albatta, tarix fani va uning tadqiqotlari borasida 
yanada mukammallikka erishishga xizmat qilishi shubhasiz.
1 Tarixiy manbashunoslik. 68-b.


ABU RAYHON BERUNIY VA TARIX FANIDA 
TADQIQOT USLUBLARINING NAZARIY MASALALARI
Tarix va tarix fani ijtimoiy fanlar majmuasi bo‘lib, insoni- 
yatning butun o‘tmishi davomidagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va 
madaniy hayotidagi jarayonlar va voqea-hodisalarni aniq-konkret 
holda va turli uslublar yordamida davrlarga bo‘lingan va umumiy 
holda o‘rganadi. Iqtisodiy tarix, siyosiy tarix, madaniyat tarixi
harbiy tarix, diplomatiya tarixi, tarixiy geografiya kabilar tarix 
fanining tarmoqlari hisoblanadi. Tarix fanining tarkibiy qismlari 
maxsus tarixiy fanlar ham da arxeologiya va etnologiya bolib, fan 
va madaniyat tarixi, san’at tarixi shu sohalar bilan bog‘liq holda 
o‘rganiladi.
Hozirgi zamon tarix fani alohida bo‘limlar va sohalardan 
tashkil topgan bilimlar majmuyi bo‘lib, uning tadqiqot masalalari 
ham uslublarning murakkabligi va ko‘lam jihatdan kengligi bois 
anchagina murakkablik kasb etadi.
Bugungi kunda zamonaviy tarix fani va uning predmeti si­
fatida aniq (konkret) jamiyat va uning shakllangandan boshlab 
tanazzuligacha zamon va makondagi taraqqiyoti bir butun holat­
da va ayni vaqtda uning ichki tarkibiy tuzilishlari, shuningdek 
boshqa aniq (konkret) jamiyatlar bilan aloqadorligi va munosa- 
batlari tushuniladigan bo‘lsa, bu borada Abu Rayhon Beruniyning 
fikrlari ham e’tiborga molikdir, uning ta’kidlashicha, «... qadimgi 
tarixlarning eng avvalgisi va eng mashhuri bashariyatning bosh- 
lanishidir», ya’ni, Beruniy tarixning boshlanishmi kishilik jami- 
yatining shakllanishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatib beradi1.
Beruniy asarlarida tarixni o‘rganish va bu jarayonda man- 
balardan to‘g‘ri foydalanish haqidagi flkrlarning mavjudligi va 
ayniqsa ularning aksariyati zamonaviy tarix fani metodologiyasi- 
da turli mualliflar tomonidan bildirilgan qarashlar bilan mos ke- 
lishi e’tiborni tortadi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling