Metodologiyasi


Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. Qadimgi xalqlardan qolgan


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar. — Т.: Fan. 1968. 50-b.


Zamonaviy tarix darsliklarida Beruniyning tarixiy tadqiqot­
lar borasidagi amaliy faoliyati haqida bir qator fikrlarni ko‘rish 
mumkin.
Jumladan, «Ilmiy bilish va anglash tamoyillarining rivojlani- 
shiga o‘rta asrlarning yirik olimi Abu Rayhon Beruniy juda kat­
ta hissa qo'shdi.
Beruniy tarixiy qiyosiy metoddan juda keng foydalangan. U 
«Hindiston» asarini yozish jarayonida «men hindlarning qonuni- 
yatlarini qanday bo‘lsa shu holicha keltiraman va ayni vaqtda 
yunonlarda qanday bo‘lganligini ham misol tariqasida keltirib, 
ularning o‘zaro o‘xshash va yaqinlik jihatlarini aniqlayman»,-deb 
yozgan edi1.
Tarix va tarix fani yuzasidan bir qator fikrlar bildirib o‘tilgan- 
ki, ular biri ikkinchisining mazmunini toldirib keladi. Adabi- 
yotlarda qayd etilishicha, tarix so‘zi ijtimoiy taraqqiyot jarayoni­
da yuzaga kelgan voqelik, hayot, o‘tmishga oid dalil va hodisalar 
majmuyi — o‘tmish, kechmish, biror voqea-hodisaning izchil ta- 
raqqiyoti haqidagi fan, jamiyat taraqqiyoti haqidagi fan, biror 
ishning bajarilganligini, biron voqea-hodisaning qachon bo'lib 
o‘tganligini ko‘rsatuvchi aniq vaqt, sanani anglatuvchi ma’no- 
larda qo‘llanilmoqda2.
«Barcha mamlakatlarga tarqalgan xalqlardan har birining 
alohida tarixi bor, uning podshohlari, payg‘ambarlari, davlat- 
lari yoki men yuqorida aytgan hodisalarning biridan [o‘z tari- 
xining boshlanishini — Z.I.] hisoblaydi. Shu tarix yordami bi­
lan muomala ishlarida hamda vaqtlarni bilish xususida kerakli 
[muddatlarni] belgilaydi va bu tarix ularni boshqa xalqlardan 
ajratadi»3.
1 Фролова E.A. История арабо-мусульманской философии. Средние в.а 
и современность: Учебное пособие. — М., 2006. С.112-114.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling