Metodologiyasi
Фролова E.A. История арабо-мусульманской философии. Средние в.а
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Фролова E.A. История арабо-мусульманской философии. Средние в.а
и современность: Учебное пособие. — М., 2006. С. 114. mumkin. Biroq ayni vaqtda tarixchidan tarixiylik tamoyilini unu- tib qo‘ymaslik talab etiladi. Tarixiy taqqoslash uslubini qo‘llashda bir qator cheklanish- larga duch kelish mumkin. Bu uslub real voqelikning turliligi- ni tushunishga imkon bersada, konkret shakldagi xususiyatini ko‘rsatib berolmaydi. Shuningdek, tarixiy taraqqiyot sur’atining tadqiqida ham tarixiy taqqoslash uslubidan foydalanish maqsad ga muvofiq emas. M azkur uslubning rasman (shunchaki qo‘llash, qo‘llanishi «kerak» bo‘lganligi uchun qollash) qoilanilishi xa- toliklarga olib kelishi, ko‘pgina tarixiy hodisalar mohiyatining noto‘g‘ri talqiniga va tavsiflanishiga olib kelishi mumkin. Tari xiy taqqosldash uslubidan boshqa tadqiqot uslublari bilan birga- likda foydalanish mumkin. Afsuski, tarixchilar tomonidan tarixiy taqqoslash uslubi ko‘p hollarda analogiya va solishtirish bilangi- na qo‘llaniladi, u tadqiqotlar jarayonida to‘liq yuqoridagi ko‘rsa- tib o‘tilgan jihatlarini inobatga olgan holda kamdan kam qo‘lla- niladi. «...so‘z va e’tiqodlarini bir-biriga solishtirish bilan bilinadi. Ana shu aytib o‘tganim haqiqiy maqsadga yetkazuvchi eng yax- shi yo‘l va bunga dog‘ tushuruvchi shak-shubhani yuvib tashlash uchun eng kuchli yordamchidir»1. Bunda Beruniy mavjud axborotni yoki dalillarni bir-biriga solish tirish orqali, ya’ni tarixiy taqqoslash usuli yordamida aniq natijaga erishi mumkinligini, bunda asosiy masala turli manbalarda uchragan axborotning turlichaligi va ulardagi bir-biridan farqlanuvchi jihatlari, ixtiloflami imkon qadar kamaytirish va tadqiqot oldiga qo‘yilgan aniq maqsadga yo‘naltirilgan eng ishonchli ma’lumotlami yoki dalillarni ajratib olish lozimligigi ko‘rsatib o‘tmoqda. Bu so‘zlaidan ko‘rish mum kinki, zamonaviy tarix fani tadqiqotlarining eng asosiy uslublaridan bi ri — tarixiy taqqoslash uslubining asosiy mohiyati X asrdayoq Abu Ray hon Beruniy tomonidan ko‘rsatib berilgan va keyingi o‘n asr davomida tarix tadqiqotlarida, tarixnavislikda qollanihb kelingan. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling