Tarixiy xotira — jamiyatning tarixiy tajribasini saqlash va musho-
hada qilish bo‘lib, u umumiy xotira sifatida namoyon bo‘ladi.
Mavzuga oid ayrim adabiyotlarda tarixiy ong yoki jamiyatning
umumiy xotirasi inson (insonlarning) xotirasining (xotiralari-
ning) turli va bir-biridan farqlangani kabi ular ham turlicha bo‘li-
shi ko‘rsatib o‘tilib, tarixiy ongning
shakllantirilishi uchun qu-
yidagi uch omil bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi:
— o‘tmishning unutib yuborilganligi;
— ayni bir voqea (fakt, jarayon, hodisa)ning
turlicha talqin
qilinishi va uslublarining mavjudligi;
— hozirgi kunda o‘tm ishda sodir bolgan voqealarga bo‘lgan
qiziqish va uni o'rganishning bugungi
kunda dolzarb ahamiyat
kasb etishi1.
Aksariyat hollarda tarix va tarixiy xotira tushunchalari birdek
qabul qilinadi va tushuniladi, aslida esa bunday emas va aksincha,
ayrim hollarda olimlar tomonidan
bu tushunchalar bir-biridan
alohida o‘rganiladi. Tarixni o‘rganish o‘tmishni aks ettirish xususi-
yatiga ko‘ra birmuncha aniq yo‘naltirilgan holda tadqiq etiladigan
bo‘lsa, o‘tmish haqida og‘zaki axborotlarning bugungi kunlargacha
yetib kelishi afsonalar va rivoyatlar mazmunida kelishi mumkin2.
Tarix va tarixiy xotira o‘rtasidagi farqlardan yana biri o‘tmish-
ni anglash imkoniyatlarining interpretatsiyalash jarayonidir.
Intellektual tarix sohasidagi eng
muhim jarayonlardan biri
sifatida tarixiy ong tushunchasini ta’kidlab o‘tish lozim. Tari
xiy ongning dinamik holati uning professional-elitar va kunda-
lik-ommaviy kabi ikki darajasida namoyon bo‘ladi3.
Tarixiy ong ijtimoiy ong shakllaridan
biri sifatida tarixiy voqe-
lik hodisalari, jarayonlarini aks ettiruvchi bilimlar yig'indisidangina
Do'stlaringiz bilan baham: