Metodologiyasi


История исторического знания. С. 18


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 История исторического знания. С. 18.
2 Смоленский Н.И. Теория и методология истории. С. 33.


Tatsit (55—120-yy.) esa — «Men annallarning eng asosiy vazi- 
fasi sifatida eng yaxshi fazilatlarning yuzaga kelishi va ular ha­
qidagi xotiralarning saqlanishi hamda ularning avlodlarda yuza­
ga kelishi mumkin bolgan har qanday illatlarga qarshi qo'yilishi 
deb hisoblayman», — degan so‘zlarni yozib qoldirgan edi. Tatsit- 
ning fikricha o‘tmish haqidagi haqiqat kelajakdagi yaxshi fazilat- 
larga 
0‘rgatadi1.
Tarix fanining ijtimoiy funksiyalari haqida zamonaviy qarash- 
larning mohiyati qanday? Tarix saboqlari nima va uni qanday 
anglash mumkin?
Eng avvalo aytish kerakki, tarix «hayot murabbiyi» sifatida 
o‘rgatadi, biroq bu o‘rganuvchi uchun majburiy xususiyatga ega 
emas va tarix bunga majburlamaydi ham. Biroq, kimda-kim ta- 
rixdan o‘rganmasa va undan xulosa chiqarmasa, vaqti kelib u xa- 
to qilganini anglashi mumkin.
Tarixdan saboq olish o‘tmishga bog‘liq emas, balki konkret 
tarixiy vaziyat va tarixiy sharoitning ehtiyojlariga bog‘liqdir. Bun­
da o‘tmishda sodir bo‘lgan va undan tarixiy saboq sifatida xu­
losalar chiqarilishi mumkin bo‘lgan va ayni vaqtdagi tarixiy holat- 
dagi voqelikning umumiy o‘xshash xususiyatlari katta ahamiyatga 
ega. G.V.Gegelning aytishicha, agar umumiy mutanosiblik mav­
jud bo‘lmasa, o‘tmishga suyanish uchun asos bo‘lmaydi2.
Insoniyatning butun o‘tmishi xush-noxush xotiralardan, kela- 
jak avlodlar yo‘lini yorituvchi, adolatli yollarga boshlovchi saboq- 
lardan iborat. Ular yillar o‘tgani sari mazmun-mohiyatiga ko‘ra 
ezgulik va taraqqiyotga, tinchlik-totuvlikka xizmat qiluvchi mu­
him xulosalarga aylanadi. M illatning kelajagi, jamiyatning taraq­
qiyotga yuz burishi, ma’naviy-axloqiy darajasi, xalq turmush tar- 
zining farovonlashuvi, orzu-umidlarning ro‘yobga chiqishi mana 
shu saboq va xulosalarni anglash va ularga oglshm ay amal qi- 
lishga bog‘liq.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling