Metodologiyasi
Тацит. Анналы. — Jl. 1969. — III, 65
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Тацит. Анналы. — Jl. 1969. — III, 65.
2 Смоленский Н.И. Теория и методология истории. С. 34. Xotira faqat insonlarga xos bo‘lib, jamiyat har bir a’zosi- ning o‘tmishdan, voqea-hodisalardan xabardorligi, o‘z ajdodlari- ning yuksak insoniy fazilatlari, ezgu amallari, kelajak nasllarga qoldirgan m a’naviy-ma’rifiy merosidan bahramandligi alal-oqi- bat milliy xotira va qadriyatga, jamiyatning ma’naviy poydevoriga aylanadi. Xotiraning uyg‘oqligi deganda, eng avvalo, shu poyde- vorni, uning nechog'li mustahkamligini tushunmoq kerak. Tarixiy ongning eng asosiy xususiyatlaridan biri — shaxsda moziy sarvaraqlari va xalqning ma’naviy merosidagi komil inson qiyofasini anglatadi, o‘z subyekti (tarixiy ong egasi)da komillik- ka intilish tuyg‘usini uyg‘otadi. Insondagi barkamollik mezonlari u yoki bu tarixiy shaxs, buyuk allomalar, mutafakkirlar faoliyati- ni, ularning aqliy, axloqiy jihatlarini bilish orqali o‘rganuvchining dunyoqarashi, ongida yaxlit holda o‘z aksini topadi. Bunday me- zonlar ilmiy-amaliy ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida tarixiy ong yaqqol namoyon bo‘la- di. Ijtimoiy amaliyotni o‘rganish jarayonida inson o‘z-o‘zini anglay- di, shunday sifatda o‘z ijtimoiy hayotining xilma-xilligini, uning munosabat va aloqalarini har tomonlama anglashga harakat qiladi. «Tarix» tushunchasining turli ma’nolarda qollaniladi. Tarix - bu eng avvalo insoniyatning real o‘tmishi, ajdodlar tajribasidir. Inson tarixning subyekti bo‘lish bilan birga uning «ijodkori»dir. Inson jamiyatda sodir bo‘lib o‘tgan va sodir bo‘layotgan barcha jarayonlarning faol va bevosita ishtirokchisidir. Inson faoliyati obyektiv tarixiy jarayonlar ini ng mazmunini tashkil qiladi1. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyat to‘g‘risidagi o‘z bilim- larida faqatgina obyektiv hodisa, voqea, yakka faoliyat va ijtimoiy jarayonlarinigina belgilab qolmasdan, balki bu hodisalarga o‘zi- ning bahosini beradi. 0 ‘zbekistonda tarixiy ong, tarixiy xotirani shakllantirish milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligi, umuminsoniy qadriyat- lar ustuvorligi tamoyillarini hisobga olgan holda olib borilmoqda. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling