Metodologiyasi


  История исторического знания. С. 10—11


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A


История исторического знания. С. 10—11.
2 Tarixiy xotiraga 
berilgan 
ta’riflardan 
biri 
aynan 
o ‘tmish 
haqidagi 
ma’lumotlarning afsonalar va rivoyatlar ko'rinishida avloddan-avlodga o ‘tib 
borishi, deb ko'rsatiladi. Tarixiy xotira masalasi bilan XX asrda fransuz 
tadqiqotchilari Moris Xalbvaks va Pyer Noralar shug‘ullanganlar.
3 История исторического знания. С. 215.


iborat deb tushunish ilmiy haqiqatga to‘la mos kelmaydi. Tarixiy ong 
ana shu voqealar, jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hamda 
bu bog‘liqlikning hozirgi tarix va kelajak tarixga ta’sirini ham aks 
ettiradi. Shu nuqtayi nazardan tarixning tub burilish pallalarida, 
ayniqsa millat, xalqning mustaqillik, istiqlolga erishgan davrlarida 
tarixiy ongning yangilangan mazmun-mohiyatini anglash va uni 
shu davr talablari asosida tarbiyalash ehtiyojlari oshadi.
Tarixiy ong moddiy va ma’naviy madaniyat, ularning taraqqi- 
yot qonunlarini, jum ladan ma’naviy merosimizning vorislik, ta ­
rixiy davomiylik qonunini aks ettiruvchi ong shakllaridan biridir.
Tarixiy ongning nazariy darajasi tarixiy taraqqiyotning eng 
umumiy va xususiy qonuniyatlarini, jumladan madaniy, ma’naviy 
hayot rivojlanishi qonuniyatlarini, xalqimizning o‘tmish, hozirgi 
tarixga taalluqli ilmiy tushunchalar, kategoriyalar bilan tarixiy vo- 
qea, hodisa, jarayonlarning dialektik aloqadorliklarini aks ettiradi.
Tarixiy ong — o‘tm ish haqidagi xotira va ayni vaqtda unga 
bo‘lgan qiziqishni anglatadi. Ayni vaqtda o‘tmishga bo‘lgan mu- 
nosabatning o‘zi va unga taalluqli bo‘lgan turli-tum an axborot- 
larning o‘zlashtirilishi tarixiy ong va tarixni tushunishning turli 
talqinlari mavjudligini ko‘rsatadi. Ularni bir-biridan farqlashning 
ikki omili mavjud:
— o‘tmishga bo‘lgan munosabatdagi miqdoriy va emotsional 
mutanosibliklikning turlichaligi;
— alohida tarixiy dalillar asosida tiklangan tarixiy tasavvur- 
ning haqqoniyligi darajasi1.
Tarix eng avvalo jamiyatning o‘zligini anglash va identifikat- 
siyalash omilidir. Tarix turli shakllarda, ya’ni afsonalar, rivoyatlar 
tarzida namoyon bo‘lsada, hamma vaqt mavjud bo‘lgan.
Qadimgi Rim tarixshunosligida tarixiy xotira va tarixiy bilish 
«Historia magistra vitae» — tarix hayot murabbiyi, ibrat xazinasi 
kabi tushunchalar bilan izohlangan edi2.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling