Metodologiyasi


Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. 45-b


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. 45-b.
2 Tarix falsafasining nazariy asoslari. 25-b.


buyuk ajdodlarimizning nomi qoralandi, milliy madaniyatlar, 
urf-odatlar, ma’naviy-axloqiy hamda diniy qadriyatlar oyoqosti 
qilindi.
«Bularning barchasi zamirida sovet mafkurasiga xos bolgan
odamzotni tarixiy xotira, Vatan tuyg‘usidan judo qilishga qaratil- 
gan g‘arazli intilishlar mujassam ekanini anglash, tushunish qiyin 
emas»1.
Vatan tarixidan bexabarlik va uni bilmaslik milliy urf-odat- 
lar va qadriyatlardan uzoqlashish oqibatida jamiyatimizda avlod- 
ning ayrim vakillari shakllandiki, ularda milliy ong, milliy g‘urur 
barham topa boshladi, istiqlol tafakkuri, milliy o‘zlik tushuncha­
si so‘na boshladi. Ularning ongida Vatan taqdiriga, 0 ‘zbek mil- 
lati taqdiriga, ona tilimiz, dinimiz, madaniyatimiz va tariximiz 
taqdiriga befarqlik munosabati qaror topdi.
«Marksistik nazariya metodologiyasiga asoslangan va kommu- 
nistik mafkura bilan tish-tirnog‘igacha qurollangan tarixnavislik 
metodologiyasi butun o‘tm ishimizm 
soxtalashtirib 
yubor- 
di. Milliy o‘zligimizni unutishga, ajdodlarimizni xotiramizdan 
o‘chirishga majbur qildi. Faqat o‘z maqsadi va g‘oyalariga mos ,
keladigan jihatlarnigina saqlab qolib, qariyb uch ming yillik ta- 
riximizni xaspo‘shlab keldi. Tarixiy xotiradan, tarixiy tafakkur- 
dan ayirib qo‘yish oqibatida insonni oliy mavjudot sifatidagi qad- 
riyatini poymol etdi»2.
Mustaqillikning dastlabki qadamlaridan boshlaboq xal- 
qimizning asrlar davomida bosib o‘tgan shonli tarixini, ozodlik 
uchun olib borgan tengsiz kurashlarini, milliy-ozodlik harakat- 
larini adolat tarozisiga qo‘yib o‘rganish, ulug‘ bobokalonlarimiz 
nomini tiklash, yosh avlodni ular bilan faxrlanish, tomirlarida 
oqayotgan muqaddas qonni his etish, alloma-ajdodlarga munosib 
vorislar bo‘lish, buyuk yaratuvchanlik ishlarini davom ettirish ru- 
hida tarbiyalashga alohida e’tibor berila boshlandi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling