Metodologiyasi
Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch 9-b
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch 9-b.
2 Tarix falsafasining nazariy asoslari. 24-b. Shu o‘rinda 0 ‘zbekiston Respublikasining Birinchi Preziden ti I.A.Karimovning quyidagi so‘zlari muhim ahamiyat kasb etadi: «Xo‘sh, tarixning m a’naviyatimizda tutgan o‘rni qanday? Ta rixni yaxshi bilmasdan turib, yuksak ma’naviyatga erishish mum- kinmi? Albatta, m um kin emas! Ma’naviyatini tiklashi, tug‘ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko‘tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak. Har qaysi inson men shu millat farzandi ekanman, mening ajdodla- rim kimlar bo‘lgan, millatimning ibtidosi qayda, uning oyoqqa turishi, tiklanish, shakllanish jarayoni qanday kechgan, degan sa- vollarni o‘ziga berishi tabiiy»1. Xotira insonning dunyoni anglash, turli davrlar va sivilizat- siyalar hayotining ko‘plab jihatlarini bilish va anglash, tushu- nishdan tortib o‘zi tushishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlardagi holatini tushunish va ularga nisbatan munosabatini aniqlashda, axborotni qabul qilish va avvalgilarga nisbatan uni tahlil qilish da, avvalgi odam larning tajribasidan xulosa chiqarib o‘zining_ kelajakdagi faoliyatini izga solish kabi ko‘plab holatlarda va in son faoliyati bilan bog'liq vaziyatlarda insonning ilmiy bilishini ta’minlashda katta o‘rin tutadi. «Movarounnahr sarhadlariga uzoq tarixim iz davomida ne- ne bosqinchilar kirib kelmagan, ko‘p yillar, balki, asrlar davo mida yurtimizda ne-ne o‘zga sulolalar hukmronlik qilmagan, deysiz. Bir so‘z bilan aytganda, ming yillar davomida yurtimiz- ga kelib-ketganlar ozmi? Erondan Axmoniylar, Yunonistondan Aleksandr keldi, Arabistondan Qutayba, Mo‘g‘ulistondan Chin- gizxon keldi, rus istilochilari keldi. Lekin xalq qoldi-ku. Xo‘sh, bunda qanday sir-sinoat bor? Xalq qanday ichki kuch-qudratga tayanib o‘zligini saqlab qoldi? Qadim-qadim zamonlardan o‘troq yashagani, ilm -m a’rifatga intilgani, buyuk madaniyatga ega bo‘lgani, o‘z urf-odatlarini muqaddas bilgani uchun emasmi?»2. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling