Metodologiyasi


Ясперс К. Смысл и назначение истории. — М., 1991


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 Ясперс К. Смысл и назначение истории. — М., 1991.
2 Лаптева М.П. Теория и методология истории: курс лекций / М.П. 
Лаптева; Перм. гос. ун-т. — Пермь, 2006. С. 110.
3 Бродель Ф. История и общественные науки. Историческая деятельность 
/ / Философия и методология истории. Благовещенск, 2000. С./133.
4 Лаптева М.П. Теория и методология истории: курс лекций / М.П. 
Лаптева; Перм. гос. ун-т. — Пермь, 2006. С. 113.


bir qator fikrlarini bildirib o‘tgan. P.Venning fikricha, tarix — bu 
real voqealarga asoslangan tushunish muammosi bo‘lsa, metod- 
lar yoki uslublar — bu tajribadir. P.Venning yana ta’kidlashicha, 
tarixiylik metodi mavjud emas va bu tushunchani tanqidiy yon­
dashuv deb ko‘rsatish kerak, nazariya esa - bu chalkashlik mohi- 
yatining qisqacha bayon etilishidir1.
Bugungi kundagi axborotlashtirish jarayonlari turli fan tar- 
moqlarini bir-biriga yaqinlashtira boshladi. Shuningdek, bugungi 
kunda fanning o£ziga qarashlar va fan haqidagi tasavvurlar ham 
o‘zgarib bormoqda. Ijtimoiy va gum anitar fanlarda boMgani kabi 
tabiiy fanlar qarshisida ham bugungi kunda eng dolzarb muam­
mo bo‘lib turgan masala mutlaq, obyektiv haqiqatga erishish 
muammosidir.
Tarixga bo‘lgan munosabat va qarash fanga bo‘lgan munosa- 
bat va qarash kabi bo‘lishi kerak va zarurdir. Biroq bunda har 
bir fan kabi tarix fanining ham o‘ziga xos xususiyatlarini mav- 
judligini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozimdir. Uning asosiy 
xususiyati tadqiqot obyektidir, ya’ni u o‘tmishda sodir bo‘lganli- 
gidir. Tarix fani vaqt nuqtayi nazaridan olis o‘tmishdagi obyekt- 
ni harakatga keltirishi kerak. Biroq bunda tadqiqotchi tadqiqot 
obyektini kuzatish va tajribalar o‘tkazish imkoniyatidan mahrum 
etilgan. Tabiiy fanlarda ham bunday jarayonlarni kuzatish im- 
koniyati cheklangan bo‘lishi tabiiy, tarixchida esa bunday vaqt­
da mantiqan, fikrlash va tafakkuri yordamida voqealar tizimini 
shakllantirishi va modellashtirish imkoniyati mavjud. Ayni vaqt- 
^ da tarixchida manbalar, uslublar hamda tadqiqotlar usullari mav- 
judki, bu uning tadqiqot sohasidagi katta ustunligidir. Tarixiy bi­
lishning ikkinchi xususiyati shundaki, tarixchi hozirgi zamonda 
turgan holda o‘tmishni tadqiq etadi. Hozirgi zamon o‘tmishning 
bir qancha hodisalari va tarixiy jarayonlarini interpretatsiyalaydi. 
Biroq bunda hozirgi zamon o‘tmishni aynan shakllantirmaydi, 
balki o‘tmish bizning tasavvurimizda hosil bo‘ladi. Madaniyat,

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling