Metodologiyasi
yatga ta ’sir etgan omillar. Ikki karra subyektlangan bilim. Fikrlar
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
yatga ta ’sir etgan omillar. Ikki karra subyektlangan bilim. Fikrlar
xilma-xilligi. Tarix fanining kompleks xarakterliligi. Tarixning fan yoki badiiy ijodning bir ko‘rinishi ekanligi borasida tarixchilar va faylasuflar o‘rtasidagi bahs va munozaralar uzoq vaqt davom etib keldi. Keyingi fikrni asoslashga ko‘proq postmodernistlar moyillik bildiradilar. Tarixchilar esa ayrim hol larda ssiyentistlar (tarixni fan deb hisoblovchilar) hamda antissi- yentistlar (tarixning ilmiy emasligini isbotlashga harakat qiluv- chilar) bilan munozaraga kirishgan holda, odatdagidek tarixiy tadqiqotlarni amalga oshiradilar. Har ikki qarashning orasida uchinchi bir qarash mavjudki, bunda tarixning fan ekanligi, biroq boshqa tabiiy va aniq fan- lardan alohida xususiyatlari bilan ajralib turishi ta’kidlanadi. Pozitivistlar tabiiy fanlar va gum anitar fanlar metodlari o‘rtasi- da prinsipial farqlar mavjud emas degan qarashdan kelib chiqqan holda o‘z qarashlarini ilgari suradilar. Bunda ular sotsiologi ya fanini jamiyat qonuniyatlarining muvofiqlashtiruvchi sifatiga alohida urg‘u berib, tarix fanini ham «pozitiv» bilim berishga la- ' yoqatli deb hisobladilar. Neokantchilar esa pozitivistlarga qarshi fikr bildirib, tarixning asosiy vazifasi qonuniyatlarni ochish emas, balki tarixni tash kil qiluvchi alohida, individual, takrorlanmas hodisalarni o‘rga- nishni taklif qildilar. Marksistlar esa jamiyatdagi bilish qonuni- yatlari g‘oyasini ilgari surib, tarixni o‘rganishga bo'lgan boshqa qarashlarni soxtalashtirilgan ijtimoiy hodisalarni o£rganish deb hisobladilar. XX asr oxirlarida ham tabiiy fanlar tadqiqot usullarining (matematik modellashtirish, tartibsizlik nazariyasi (xaos nazari- yasi — biror-bir narsa yoki voqeaning turli aralash unsurlardan yoki aralash voqealardan kelib chiqqanligini asoslashga harakat qiluvchi nazariya va boshqalar) tarix fani tadqiqotlarida ham qoMlanilishining qanchalik to‘g‘riligi va samara berishi haqida bahs va munozaralar davom etib keldi. K.Yaspersning fikricha, tarix fanining eng muhim savollari- dan biri bu — «aslida bu qanday sodir bo'lgan edi?» tarzida emas, balki, «biz aslida qanday holatdamiz (yoki qayerdamiz)?» tarzida, ya’ni, boshqacha so‘zlar bilan aytganda, tarix bilimlarining maq- sadi — bizning bugunimizni (aslimizni) aniqlashdir. Shundan ke lib chiqqanda tarix — bu zamonaviy muammolarni hal etishga va anglashga yo‘naltirilgan qator hodisalar va jarayonlardir1. «Annallar maktabi»ning eng yirik yutug‘i Brodelning sivili- zatsiyalar va iqtisodiy jarayonlarga bag‘ishlangan uch tomlik ki- tobi bo‘lib, muallif tomonidan unda jamiyat hayotining barcha sohalari yuzasidan umumlashtirilgan tadqiqot bajarilgan holda tarixiy sintez amalga oshirildi2. Brodel tarixiy geografiyani nazariy jihatdan asoslab berdi. Ge- ografiya fani tarix faniga nisbatan yordamchi fan sifatidagi faoli- yatini to‘xtatdi3. R.Aronning fikricha, tarixiy bilish — bu mavjud bo‘lgan, bo‘lib o‘tgan [voqea]larning rekonstruksiyasidir. Tarix — bu yagona va yaxlit jarayon bo‘lib, u [tarix] insonni, uning fikrlashini tushuni- shi lozim. Tarixiy bilishning bir-biriga mosligi yoki aynanligi bi lish subyektiga, uning tafakkuriga bogMiqdir4. R.Aronning tarixiy bilish haqidagi fikrining tarafdorlaridan biri tarixchi Pol Yen bo‘lib, u ham tarix va tarixiy bilish haqida Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling