Metodologiyasi


Февр Jl. Бои за историю. — М., 1991. С. 22


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 Февр Jl. Бои за историю. — М., 1991. С. 22.
2 Коллингвуд Р. Идея истории. Автобиофафия. — М.: 1980. С. 235.


alohida mas’uliyatli jarayondir. Chunki tarixiy manbani yarat- 
ganlar, turli hujjatlarni bitganlar yoki to‘pIaganlar o‘z manfaatlari 
doirasida, o‘z maqsadlari va qiziqishlari chegarasida dalil to‘play- 
dilar. Barcha insonga xos bolgan bunday illat, jumladan tarixchi- 
larni ham istisno etmaydi1.
Manbaning axborot nazariyasi ekanligi. 
Manba tarixchiga o‘ta 
zarur bolgan axborot tashuvchidir. Ko‘p hollarda manbalardan 
olinayotgan ma’lumotlar tarixchini qoniqtirmaydi. Bunday holat- 
lar tadqiqotchi va tarixnavis yoki manba muallifining maqsadlari 
bir-biriga mos kelmaganda, shuningdek tadqiqotchi uchun zarur 
ma’lumotlar manbada mavjud bolm aganda yuzaga keladi. Bun­
day holatda tarixchi yoki tadqiqotchi tomonidan boshqa m an­
balar tadqiqot uchun jalb etilib, ma’lumotlarning yetarli, asosli 
va ishonchli bolishi ta’minlanishiga harakat qilinadi. Manbalar 
ijtimoiy ma’lumotlar va axborotlar tashuvchisi bolganligi uchun 
bunda axborot haqidagi bilimlarni qollash o‘rinlidir.
I.Kovalchenkoning fikricha axborot — dunyoda sodir bolgan 
turli hodisalarning tasviridir. Axborotning doimiy almashinuvi 
jamiyat hayoti va inson hayotini izga solib turilishining asosiy 
shartlaridan biridir.
Axborot ochiq ifodalangan va yashirin holatda (keyingisi ko‘p 
uchraydi) boladi. Axborot belgilar orqali, ko‘p hollarda til (yozuv) 
tizimlari orqali ifoda etilishi, ayni vaqtda esa saqlanishi va yetka- 
zib berilishi mumkin. Obyektiv ma’lumotlarning qolga kiritilishi 
subyektning bilish xususiyatlari, idrok eta olish layoqatiga bogliq 
holda hamda qollanilayotgan tadqiqot metodlarining samarasiga 
bogliq ravishda cheklanishi mumkin. Ayrim hollarda buzilgan, 
noto‘g‘ri talqin etilgan va xato m a’lumotlarni ham olish mumkin.
Axborot qayd etilgan va qayd etilmagan (og‘zaki) bolishi 
mumkin. Turli narsalarga (tosh, charm (pergament), yog‘och, 
sopol, qog‘oz va boshq.) qayd etilgan ma’lumotlar albatta og‘za- 
ki ma’lumotlarga nisbatan ishonchliroq bolishi tabiiy. Ma’lu-

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling