Metodologiyasi
Mavzuga aloqador so‘zlarning izohli lug‘ati
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Determinizm
Mavzuga aloqador so‘zlarning izohli lug‘ati:
Volyuntarizm — falsafada voqelikning negizi irodadadir deb biluvchi va obyektiv taraqqiyot qonunlarini rad etuvchi idealis- tik yo'nalish. Psixologiyada irodani psixik hayotning asosiy omi- li deb qarash. Tarix fanida esa tarixiy taraqqiyotning obyektiv qonunlari bilan hisoblashmay, o‘z bilganicha ish tutish. Volyun- taristlarning ta’kidlashicha, inson tarixni ijod qiluvchi, uni shakl- lantiruvchi omildir, inson tarixiy jarayonda o‘ziga zarur va o‘zi xohlagan jamiyatni barpo eta olishi mumkin deb hisoblaydilar. Determinizm — (lotin. «aniqlayman») — moddiy va ma’naviy olam hodisalarining obyektiv qonuniyatli o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi, narsa va hodisalarning sababiy bog‘lanishlari haqidagi falsafiy ta’limot. Determ inizmning markaziy o‘zagini sababiyat- ning, ya’ni hodisalar o‘rtasida bir hodisa (sabab) muayyan sha- roitlarda muqarrar ravishda boshqa hodisani (oqibatni) keltirib chiqaradigan aloqadorlik mavjudligi haqidagi qoida tashkil qila- di. Determinizmning aksi indeterminizm bo‘lib, u umuman sa- babiyatni yoki loaqal uning umumiy xususiyatini tan olishni rad etadi. Tarix fanida determinizm (sababiylik) tamoyili fran suz va nemis olimlari tomonidan ilgari surilgan. Ular tarix faqat tasodiflardan iborat degan g‘oyaga qarshi chiqqanlar. Sababiylik tamoyili tarixiy voqelikning o‘z sababiga egaligiga e’tibor bera di. Determinizm (sababiylik) tamoyili tadqiqotchining e ’tiborini tarixiy hodisalar va voqealarning shartli ravishda o‘zaro bir-bi riga bog‘liq ravishda sodir boUishiga qaratadi. Bu tamoyilga ko‘ra barcha voqealar va hodisalar o‘zaro bir-biri bilan bogiiq ravish da sodir bo'ladi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim tarixchilar sababiylik tamoyilini tan olmaydilar, chunki tarixiy voqealarning sababini ochib berish juda murakkabdir. Dialektika — mavhumlik keng ma’noda bilimning «qashshoq- ligi», bir tomonlamaligi, konkretlik esa uning to‘liqligi, maz- mundorligi sifatida tushuniladi. Shu ma’noda mavhumlikdan konkretlikka o‘tish ilmiy bilish jarayonining umuman olganda kam mazmunli bilimdan ko‘proq mazmunli bilimga harakatini bildiradi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling