Metodologiyasi
Tizimlilik (sistemalilik) tamoyili
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xaos nazariyasi
Tizimlilik (sistemalilik) tamoyili
— XIX asrda tarixchilar ja- miyatni, tarixiy voqealarni tizimlilik asosida (sistemalashtirib) o‘rgana boshlagan bo'lsalar, XX asrga kelib barcha fanlar tad- qiqotlarida tizimlilik uslubidan foydalanish asosiy o‘rin tutib bo ra boshladi, bunda tadqiqot obyektiga sababiylik va kelib chiqishi- dagi hamda vazifaviy aloqadorligi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda murakkab tuzilmali tizim sifatida qaraldi. Xaos nazariyasi — biror-bir narsa yoki voqeaning turli aralash unsurlardan yoki aralash voqealardan kelib chiqqanligini asos- lashga harakat qiluvchi nazariya. TARIXIY MANBA. AXBOROT YA UNING XUSUSIYATLARI Axborotning nazariy manba sifatidagi o ‘rni. Manba axborot tashuvchi. Axborot. Yaqqol va yashirin axborot. Belgilangan va bel- gilanmagan axborot. Axborotning yetishish va yetishmaslik muam- mosi. Ilk manba. Birinchi axborot. Manbaning axborotli tugullan- masligi. Manbalarning mazmuniga sistemali yondashuv. Manbaning matni. Asosiy va qo‘shimcha manbalar. Tarixchining manbalardan tashqari bilimi. Tarixchi bugungi kungacha yetib kelgan manbalarga asos langan holda o‘tm ishni tasvirlab, uning ayrim ko‘rinishlari- ni «tiklab» beradi. Agar tarixiy manbashunoslik kursida man- bashunoslikning turlari, klassifikatsiyasi, ularni tahlil qilishning tanqidiy usullari o'qitilsa, tarix fani metodologiyasi kursida esa tarixiy manbalarning nazariy asoslari muammolari, uning tabia- ti, reprezentativ imkoniyatlari, manbalarning tadqiqotlardagi bi- lish vazifalari o‘rganiladi. Tarixiy manba tushunchasi tarix fanlari orasida alohida, m u him ahamiyatga ega tushunchalardan sanaladi. Manba o‘tmish haqida xabar (guvohlik) berib, o‘tmish tarixiy jarayonlarni o‘rganishda xoh yozma shaklda, xoh ashyoviy (marosimlar, surat- lar, belgilar, urf-odatlar va boshqalar) ko‘rinishda eng asosiy va muhim omillardan sanaladi. Tarixchilarning umumiy e’tirof eti- shicha, tarixiy manbalarsiz tarixiy tadqiqotlarni amalga oshirish mumkin emas. Manbalardagi axborotga asosan tarixchi o‘tmish qiyofasini (tarixiy jarayonlarni, hodisalarni, voqealarni, shaxslar va ular bi lan bog‘liq jarayonlar haqidagi ma’lumotlar kabilarni) shakllanti radi. Ko‘p hollarda o‘tmish manzarasining aks ettirilishi tarixchi tomonidan tanlab olingan manbalarga, ularning ilmiy va axborot salohiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Turli davrlarda tarixiy manbalarga turlicha baho berilganligini kuzatish mumkin. Masalan, XIX asr tarixchi pozitivisflari aso- san manbalarning rasmiyligi darajasiga (qonuniy aktlar, diploma tik mazmundagi hujjatlar, huquqiy hujjatlar kabilar) asosiy e’tibor qaratganlar va bunday manbalar tarixiy jarayonlarni eng to‘laqon- li va ishonchli aks ettiradi deb hisoblaganlar1. XIX asrning birinchi yarmidagi «klassik manbashunoslik»da (B.Nibur, L.Ranke) manbalarga o‘tmishning haqiqiy guvohi si fatida munosabatda bo‘lingan. Bunda tarixchi tomonidan m an balarda keltirilgan ma’lumotlarni tavsiflash bilangina cheklan- ganilgan va tarixchining ijodiy fikrlashi va tafakkuriga e’tibor qaratilmagan yoki yetarli baho berilmagan. Tarixchilar tor doi- radagi manbalardagi m a’lumotlar bilan cheklangan holda tad- qiqotlarda asosiy urg‘uni manbalardagi hujjatlarga qaratilgan. Pozitivistlar tarixni «ijobiy» fanlar qatoriga ko‘tarish maqsa- dida harakat qilib, tarixchidan hujjatlar ichidagi dalillarni ajra tib olishni asosiy vazifa sifatida ko‘rsatdilar. Manbalarning tahlili metodlarini yaratish dolzarb vazifalardan biriga aylanib, falsafiy masalalar «chetga surib» qo‘yildi. «Manba» iborasi o‘rniga in- sonlarning faoliyati va fikr-qarashlari natijasida yuzaga kelgan «iz» iborasi qo‘llanila boshlandi. Bunda faoliyat e’tibordan chet da qolib, hissiyotlar va fikrlarning aksi haqida gapirila boshlandi, natijada tarixchi tadqiqot jarayonida manba muallifining fikrlari bilangina cheklanib qolib, uning taassurotlarini qaytadan shakl- lantira boshladi. Pozitivistlar manbalarning birlamchiligini ta rixchining tafakkuri va fikrlashidan ustun qo‘ydilar, «hujjat yo‘q bo‘lsa, tarix ham mavjud emas» g‘oyasini ilgari sura boshladilar. Nazariyaga yetarli baho berilmasligi empirizmga olib keldi, tarix- chiga faktlarning qayd etuvchisi deb qaraldi. Hujjatlar esa o‘tmish haqida real obyektiv ma’lumot beruvchi manba hisoblandi. XIX asrning oxirlariga kelib fandagi mavjud vaziyat o‘zgar- di. Manbalar va real voqelik o‘rtasidagi, tarixchining manbalar ga bo‘lgan munosabati avvalgi davrlarga qaraganda birm un cha murakkablashdi. Bu vaqtga kelib tarixchilar hech qanday Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling