Metodologiyasi
Коллингвуд P. Идея истории. Автобиография. — М., 1980. С. 203
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Коллингвуд P. Идея истории. Автобиография. — М., 1980. С. 203.
Zamonaviy tarix fanida tarixchining vazifasi sifatida o‘tmish voqealarini aniq va ilmiy asoslangan, haqqoniy va xolis yondash- gan holda tavsiflash, tasvirlash, talqin qilish tushuniladi. Tarixiy bilishda voqeaning turlicha interpretatsiyalari mav jud. Shartli ravishda ularni real va konstruktiv interpretatsiyalar- ga bo‘lish mumkin. Nisbatan keng tarqalgan real interpretatsiyaga ko‘ra o‘tmishda sodir bo‘lgan voqealarning barchasi o‘zining tarkibiy qismlari va tuzilishlariga ega bo‘lib, turli manbalarda qayd etilgan. Shu tariqa voqealar tarixchi uchun «xomashyo» vazifasini o‘taydi. Bu holatda tadqiqotchining faoliyati haqqoniylik nuqtayi nazaridan o‘tmish voqealari haqidagi materiallarni va ma’lumotlarni talqin qilishda teng munosabat yondashuviga amal qilishi bilan baholanadi. Konstruktiv interpretatsiya tarafdorlarining ta’kidlashicha, voqea tadqiqotchidan alohida va unga bog‘liq bolm agan holda mavjud bo‘lmaydi. Tarixchi turli manbalar bilan ishlash jarayo nida muayyan bir xulosaga kelgan holda voqeaning intellektual konstruksiyasini yaratadi. Shu tariqa voqeani tarixchining aqliy faoliyati natijasi sifatida tushunish mumkin. XIX-XX asr tarixchilarining fikrlariga ko‘ra «voqea» tushun- chasi aksariyat holatlarda «fakt» tushunchasi bilan to‘qnash ke- ladi. Umumiy holda aytish mumkinki, faktga voqeaning tas- diqlovchi omili sifatida qaralgan. Fakt tushunchasi (lotin tilida factum — bajarilgan, amalga oshirilgan, sodir bo‘lgan) eng kamida ikki mazmunni ifodalaydi: - biror-bir ishning, faoliyatning bajarilganligi; - sodir bolgan holatning haqiqiyligi, uni tasdiqlovchi omil. XIX-XX asrda tarix haqida shunday tushuncha yuzaga kel- diki, bunga ko‘ra professional tarix o‘z talqinda faktlarga asoslan gan asosiy fan sifatida o‘tmish haqida boshqa turdagi hikoyalar, afsonalardan farqlanishi ta’kidlana boshlandi. XIX asr pozitivistlar tarixshunosligida o‘ziga xos faktlar ga «sig‘inish», faktlarni «ilohiylashtirish» holatlari yuzaga kel- di. Tadqiqotchining asosiy vazifasi manbalardagi eng zarur fakt- lam i izlab topish, ularni boshqa zarur bo‘lmagan ma’lumotlardan ajratib olish bo‘lib qoldi (arxeolog topilgan ko‘za sinig‘iga yopish- gan tuproqni tozalab tashlagani kabi...). Biroq shuni alohida ta’kidlash kerakki, faktlarsiz tarix o‘zining tom iridan m ahrum bo‘ladi, faktlar tarixga obyektivlik, isbotlan- ganlik, ilmiylik kabi omillarni ta’minlab beradi. 0 ‘z navbatida tarixchining faoliyatisiz fakt ham hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmasligi va o‘zining mohiyatini yo‘qotishi mumkin. Ishonchli fakt tushunchasi XIX asrda professional tarix fa nida asosiy tushunchalardan biriga aylanib bordi. Nemis tarix chi L. Fon Rankening ta’kidlashicha, tarixning guvohligi (ta rixiy fakt) Valter Skott kabi yozuvchilarning romanlaridan ham qiziqarliroqdir. Rankening fikricha, eng ahamiyatsiz tuyulgan tarixiy fakt ham har qanday to‘qib yozilgan buyuk romanlardan ham kattaroq ahamiyatga egadir1. Pozitivizmning XX asrdagi birmuncha nufuzli tanqidchilari- dan B.Kroche, R.Kollingvudlar G.Gegeldan so‘ng tarixiy jara- yonni tarixiy ma’naviy rivojlanish jarayoni sifatida talqin qiladilar. U larning ta’kidlashicha, tarix tabiatdan farqli o‘laroq tad- qiqotchining ongida obyektiv tarzda aks etmaydi. Tarixga va ta- biatga aloqador faktlar tushuncha sifatida aynan bir xil ma’noni anglatmaydi. Tabiatga aloqador faktlar shunday faktlarki, olim yoki tad qiqotchi ularni ayni ko‘rinishida qabul qilishi yoki laboratoriya- da hosil qilishi mumkin. Tarixiy faktlar esa o‘tmishda va ma’lum bir vaziyatlarda sodir bo‘lgan va takrorlanmas hodisalar sifatida namoyon bo‘ladi. Ular bevosita muomalaga kiritilgandan so‘nggina tarixiy mushohada obyektlariga aylanadi. Bu holatda tarixchining ixtiyorida faqatgi- na hujjatlar va boshqa qadimgi davrlar qoldig‘i sifatida saqlanib kelgan narsalar yoki hodisalar bo‘lib, tarixchi ularga asoslangan va tayangan holda faktlarni qayta shakllantirishi lozim. Aynan Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling