Metodologiyasi
История исторического знания. С. 208
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 История исторического знания. С. 208.
149 Tarixiy-ilmiy dalillar (faktlar). Bunday dalillar (faktlar) tarix chining o‘zi tomonidan shakllantiriladi. Biroq bu dalillar (faktlar) tarixiy manbadan alohida ajratib olingan dalil (fakt)ning o‘zigina bo‘lib qolmasdan, M.Bargning fikricha ular «mohiyatan tizim- lashtirilgan», ya’ni tarixiy nazariyaning mahsuli sifatida shakl- lantirilgan dalillardir. Aniqlangan dalillar (faktlar)ning majmuyi yoki jamlanmasi qo‘yilgan muammoning yechimini topishda va aniqlashda aniq va ravshan ifodalangan bo‘lishi lozim. D alil lar (faktlar)ning aniqligini ta’minlovchi asosiy tamoyillardan bi ri dalilar (faktlar)ning tizimliligidir. Bunda dalillar (faktlar)ning nafaqat jamlanmasi, balki ularning o‘zaro bog‘liqligi mazmunan yaxlitligi jihatidan tizimliligi muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy manbalardagi ma’lumotlarning yetishmasligi va bo'shliqlarni esa mavhum ma’nodagi nazariy tahlil to£ldirishi mumkin. Shu o‘rinda taklif etilayotgan boshqa bir fikr ilgari suriladiki, bu ham bo‘lsa tarixiy manbalar va dalil interpertatsiyasida manti- qiylik nazariyasidir, quyida shu haqda so‘z yuritiladi1. Tarix va tarixiy jarayonlar, siyosiy-tarixiy vaziyat ularning ro‘y berishidagi asosiy sabab va xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda har tomonlama tahlil qilish tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishida katta omil sanaladi. Turli davrlarda yaratilgan tarixiy ilmiy asarlarda mualliflarning tadqiqot masalalariga turlicha yon- dashuvlari fikrlar va xulosalarning ham turlicha bo‘lishiga olib kelgan. Ularni ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilish va tarixiylik, il- miylik va xolislikka asoslanilgan eng to‘g‘ri xulosalarni chiqarish tarixchi mutaxassislar oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi. Bugungi kunda tarix fani metodologiyasida mavjud bo£lgan tarixiy dalil va uning interpretatsiyasi tushunchasi tarixiy dalillar, yozma va moddiy manbalardagi ma’lumotlar va o‘ziga xos jihat- larni tahlil qilgan holda tarixiy jarayon va voqelarni tahlil qilish, ular yuzasidan ilmiy xulosalar berishda aniq dallilarga asoslani- lishini ko‘zda tutadi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling