Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy qonuniyat. Tarixiy rivojlanishda muqobillik. Tari xiy zamon kategoriyalari. 0 ‘tmishni to ‘Idirishning xilma-xilligi va
Tarixiy manbalar
- kishilik jamiyati o‘tmishini hamda tarixiy jarayonlarni o‘rganish imkonini beradigan barcha obyektlar, ya’ni inson qo‘li bilan yaratilgan narsalarning hammasi, shuningdek atrof-muhit bilan munosabati natijalari, moddiy madaniyat na- munalari, yozma yodgorliklar, urf-odatlar, marosimlar va bosh- qalar. Tarixiy manbalar miqdori chegarasiz, biroq turli tarixiy davrlarga oid bo‘lgan manbalar miqdori bir-biridan farqlanadi. TARIXIY QONUNIYAT VA TARIXIY ZAMON KATEGORIYALARI Tarixiy qonuniyat. Tarixiy rivojlanishda muqobillik. Tari xiy zamon kategoriyalari. 0 ‘tmishni to ‘Idirishning xilma-xilligi va xronologik jadvallarning tuzilishi, subyektivligi. Tarixiy rivojlanish davrlari. Tarix fani qonuniyatlarni shakllantiradimi yoki individual, yakka holdagi, takrorlanmas tarixiy jarayonlarni tavsiflash bilan cheklanadimi? Bu tarixiy bilishning eng asosiy muammolari- dan biri sifatida tarixchilar tomonidan e’tirof etilgan masala- lardan biridir. Agar tarix fan bo‘lsa, u holda jarayonlarning mohiyatiga ki- rib borgan holda ularning obyektiv qonuniyatlarga asoslanganlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatib bera olishi kerak. Ayni vaqt da tarixiy bilish jarayonining murakkabligini hisobga olgan hol da ko‘pgina faylasuflar tarixiy jarayonlarning tasodifiy ekanligiga urg‘u beradilar va qonunlarni ochish vazifasini sotsiologlarga yuk- ladilar. Bu vazifaning hal etilishi va o‘z yechimini topishi tarixdagi zaruriyatlar va tasodiflar haqidagi savollarga javob topishga im- kon beradi. Fatalistlarning ta’kidlashicha, tarix o‘zining avvaldan ma’lum yo‘lida davom etib kelaveradi, unda hamma narsa qonuniy va zaruriy, inson esa shiddat bilan sodir bo‘layotgan bu jarayon- da mayda va arzimas payrahadir (ya’ni inson tarixiy jarayonning sodir bo‘lishida hech qanday rol o‘ynamaydi va unga ta’sir ko‘rsa- ta olmaydi) deb hisoblaydilar. Volyuntaristlar esa aksincha, inson tarixni ijod qiluvchi, uni shakllantiruvchi omil deb bilib, inson bu jarayonda o‘ziga zarur va o‘zi hohlagan jamiyatni barpo eta olishi mumkin deb hisoblaydilar. Bundan ko‘rinadiki, bu rnasala akade- mik fan doirasidan chetga chiqib ketmoqda va ayni vaqtda insoni- yatni o‘ylantiradigan eng dolzarb savollarni o‘rtaga tashlamoqda. Tarixiy jarayonlarni qonuniyatlashtirish g‘oyasi yangi zamondagi mushohadalarni yuzaga keltirib, ma’rifatparvarlar tomonidan o£rta asrlardagi ilohiyatchilik, tarixning yoki inson taqdirining «avvaldan belgilab qo'yilishi» g‘oyasini inkor qildi. Bu yondashuv natijasida tarixga dunyoviy xarakter berilib, ratsionalistik yondashuv, ya’ni har qanday tarixiy jarayonni aql-idrok, mulohazakorlik va ilmiylikka asoslangan holda tushunish va talqin qilish qaror toptirildi. Pozitivistlar jamiyatning taraqqiyot qonunini turlicha talqin qildilar: goh ularni tabiat qonunlari bilan aynan o‘xshash deb o‘z fikrlarini ilgari sursalar, goh inson axloqiy taraqqiyotining asosiy qonuniyati deb tushuntirdilar. XX asr boshlarida nemis tarixchisi E.Meyer shu vaqtgacha (ya’ni XX asr boshlarigacha) hech bir tarixchiga tarix sohasida biron-bir qonuniyatni ochganligi va kashf etganligi nasib etma- ganligini qayd etib o‘tgan edi. Marksistlar esa qonuniyatlar g‘oyasida qat’iy turib oldilar. Bi roq ularning maqsadlari bilan inson faoliyatining natijalari bir-bi- riga mos kelmadi. Jamiyatda ko‘plab qonuniyatlar mavjud va ular doimiy harakatda bo‘lib, natijada ular jamlanib bir maromda ish- lay boshlaydi va obyektiv qonuniyatlar sifatida namoyon bo‘ladi. Marksistlar tomonidan taklif etilgan ijtimoiy-iqtisodiy formatsi- yalar nazariyasi jamiyat tarixiy taraqqiyotini qonuniyatlar asosida ro‘y berishi haqida umumiy tasavvurlarni berdi, biroq ko‘pgi- na tarixchilar tomonidan bu g‘oya qabul qilinmadi, shunga qa- ramasdan XX asrning o‘rtalari va ikkinchi yarmida jahonning ko‘pgina davlatlarida bu nazariyaga amal qilish keng tus olib, XX asrning 90-yillariga kelib bu nazariya o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. A.Toynbi, O.Shpengler kabi ayrim tarixchilar va faylasuflar taraqqiyotning «davriy» nazariyasini qabul qildilar. Har qanday madaniyat va sivilizatsiya shakllanish, taraqqiyot, inqiroz va but- kul yo‘q bo‘lib ketish davrini boshdan kechirgan. Biroq bu ta- moyil ham tarixchilar o‘rtasida birdek qabul qilingan g‘oya hi- soblanmaydi. Ko‘pchilik rasmiy mantiq, psixologiya qonunlarini tan olib, hattoki bilishning o‘zini ham tan oladilar, biroq tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini birdek qabul qila olmaydilar. XX asrning so‘nggi choragida rus tarixchilari pozitivistlar- ning qonunlarni sotsiologiya ochadi (shakllantiradi, yuzaga chiqaradi), tarixchi esa ularni tarixiy materiallarda aks ettira- di xolos, degan fikriga qarshi bahsga kirishdilar. M.A.Barg o‘zi- ning Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling