Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
- Mavzuga aloqador so‘zlarning izohli lug‘ati: Xolislik (obyektivlik) tamoyili
Tizimlilik tamoyili.
XX asrga kelib barcha fanlar tadqiqotlari- da tizim lilik uslubidan foydalanish asosiy o‘rin tutib bora bosh- ladi, bunda tadqiqot obyektiga sababiylik va vazifaviy aloqa dorligi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda murakkab tuzilm ali tizim sifatida qaraldi. M.A.Barg tom onidan fanga tizim lar (sis- temalar) va tuzilishlar (strukturalar), tizim lar tarkiblari (pod- sistema) haqidagi tushunchalar kiritildi. Tuzilish — bir tizim ni tashkil etuvchi hodisalar aloqadorligi va ularni bir tartibga so- lish shakllari bo‘lib, u tarixchi e’tiboridan yashirin holda bo‘la- di. Shu o ‘rinda mazkur tarixchi tom onidan «tuzilishi va jara yon» tushunchasi ham ilgari suriladi, bunda tuzilish o‘zgarmas va barqarorlik holat sifatida, jarayon esa o‘zgaruvchan va beqa- ror, doimiy harakatdagi holat va ular bir-birini to‘ldirib keladi, deb ko‘rsatiladi. Tayanch tushunchalar: anglash, tamoyillar, bilish tamoyillari, regulyativ funksiyalar, bilishning subyekti, bilish subyektining faolligi, obyektivlik tamoyili, sababiylik tamoyili, tasodiflar, ta- rixiylik tamoyili, dialektik uslub, tarixni materialistik tushunish, voqealarning genetik aloqasi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Xolislik (obyektivlik) tamoyilini tushuntirib bering. 2. Subyektivlik nima? 3. Relyativizm nima? 4. Tarixchiga zarur bo‘ladigan omillar qaysilar? 5. Determinizm tamoyilini tushuntirib bering. 6. Tarixiylik tamoyilini tushuntirib bering. 7. Tizimlilik tamoyilini tushuntirib bering. Mavzuga aloqador so‘zlarning izohli lug‘ati: Xolislik (obyektivlik) tamoyili — tarixiy voqelik obyektivdir, ta rixiy faktlar (dalillar) va manbalar obyektiv mazmunga ega bo‘lib, tarixiy tafakkur yordamida obyektiv haqiqatga erishish mum- kindir. Agar tarixchi bu tamoyilga amal qilmasa, tarixiy tadqiqot- ni amalga oshirishidan samara bo‘lmaydi va xatolikka yo‘l qo‘yi- shi mumkin. Bu masalada dastlab XIX asrda nemis tarixchisi L. Ranke tarixchilarga murojaat qilib, tarixni obyektiv (xolislik- ka amal qilgan holda, xolisona yondashib) o‘rganishga chaqir- di. Uning fikricha, «tarixchi o‘tm ishni taftish qilib (aynan «sud qilib») kelajak foydasi uchun zamondoshlarni o‘rgatish emas», balki faqatgina tarixiy jarayonlarni tadqiqot uslublaridan foyda- langan holda va tarixchilarning tanqidlariga amal qilgan holda qanday bo‘lsa shundayligicha ko‘rsatib berishi kerak. Bu amal ga oshishi murakkab bo‘lgan ideal tadqiqot, biroq uni to‘liq ra vishda amalga oshirishga harakat qilish tarixchi uchun zarurdir». L.Rankening Germaniyadagi kasbdoshlari uning bu fikrlari- ga qo‘shilmadilar va tarixchi siyosatdan chetda turishi mumkin emas, degan qarshi fikr bildirdilar. G.Treychkening fikricha «ta rixchi «faqatgina qabrda yotganida» siyosatdan (yoki siyosiy man- sublikdan) xoli bo‘lishi mumkin». Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling