Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Marksistlar 
— tarixchilarning siyosatga aloqadorligini sin- 
fiy qarama-qarshilik (yoki sinfiy mansublik) nuqtayi nazaridan 
ko‘rsatishga harakat qildilar. Bunda ularning aksariyat ko‘pchili- 
gi boshqa bir marksist G.Plexanovning tarix fani biror-bir par- 
tiya yoki siyosatga bog‘liq bolishi m umkin emas, faqatgina ta­
rixchining o‘zi bunday holatga mansub bo‘lishi mumkin, degan 
qarashlarini ham inkor qildilar. XX asr dastlabki choragida bu 
qarama-qarshilik asta-sekin so‘nib bordi va asosan sobiq sovet 
tarixchilaridan «so‘nggi tarixiy jarayonlar haqida tarix faniga 
o‘zgartirishlar kiritish» va tarixchilarni «mafkuraviy front jang- 
chilari» sifatida shakllantirilishi talab darajasiga ko‘tarildi. Bun­
day vaziyatda bu tarixchilartomonidan tarixiy haqiqatni iziash 
va xolisona tarixiy tadqiqot olib borish amalda o‘z ahamiyatini


yo‘qotdi. Sovet mafkurasi tarix fanini o‘z ta’siriga olib uning fan 
sifatidagi mavqeiga ham putur yetkaza boshladi. XX asr oxirlari- 
ga kelib tarix fanida bu qarashlardan voz kechildi.
Determinizm tamoyili 
— sababiylik g‘oyasi yangi davrda o‘rta 
asrlardagi Uyg‘onish davriga xos bo‘lgan bashoratchilik g‘oyasi 
va voqealarning «tasodifiyligi» g‘oyasi o‘rniga paydo bo‘ldi. Sa­
babiylik tamoyili fransuz va nemis ma’rifatparvarlari tomonidan 
ilgari surilgan. Ular tarix — tartibsiz tasodiflardan iborat degan 
g‘oyaga qarshi chiqdilar. Ma’rifatparvarlarning determinizm ta­
moyili qat’iy mazmunga ega bo'lib, u tarixda tasodiflar bo‘lishi 
m umkin degan qarashlarni butkul inkor qilib xatolikka yo‘l qo‘ydi. 
XIX asrda shakllangan evolyutsion (tadrijiylik) uslubi (pozitivist­
lar va marksistlarning qarashlarida) sabab va oqibatlarning uzluk- 
siz ketma-ketligiga asoslangan edi. Determinizm tamoyili tad­
qiqotchining e’tiborini tarixiy hodisalar va voqealarning shartli 
ravishda o‘zaro bir-biriga bogliq ravishda sodir bo‘lishiga qara- 
tadi. Bu tamoyilga ko‘ra barcha voqea va hodisalar o‘zaro bir-biri 
bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. 
Tarixchi tadqiqot jarayonida tarixiy voqea va hodisalarning sababi
— oqibatlariga ko‘ra aloqadorligini, u yoki bu hodisalarning sodir 
bo‘lishiga turtki bo‘lgan omillarni aniqlashga e’tibor qaratish ta- 
lab etiladi. Bunda tizimli yondashuv yordamida tuzilishdagi alo- 
qadorlik o‘rganiladi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling