Metodologiyasi
Tarix falsafasining nazariy asoslari. 35-b
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Tarix falsafasining nazariy asoslari. 35-b.
Shunday tarixchilardan yana biri antik davrda yashab ijod qil gan yunon tarixchisi Diodor (miloddan avvalgi 90—21-yy., Sitsili- yaga qarashli Argiriya shahri) bo‘lib, yirik tarixchi olim sifatida «Tarixiy kutubxona» nomli 40 kitobdan iborat asar yozib qoldir- gan. Bu tarixchilar ocz qarashlarida insoniyat taraqqiyotida aso- san tarixni harakatlantiruvchi kuch sifatida tavsiflagan bo‘lsalar, Avgustin dinga e’tiqod qiluvchilar qarashlarini aks ettirgan holda ilohiy davlat tarixi falsafasini yaratdi. Avgustin qarashlariga ko‘ra jamiyat va insoniyatning taraqqiyoti ilohiy mazmunga ega bo‘lib, u xristian cherkovi va uning faoliyati misolida davlat va unda so dir bo‘layotgan barcha jarayonlar avvaldan belgilab qo‘yilgan ilo hiy qonuniyatlar asosida amalga oshib boradi va boshqalar bu jarayonga ta’sir etishi mumkin emas (ilojsiz), mazmunidagi ilohiy davlat tarix falsafasini ilgari surgan edi. Keyinchalik Avgustinning izdoshlari tarixni ilohiylashtirishga, tarixiy tafakkurni va tarixni ilohiy tafakkur orqali idrok etish va tushunishga chaqirdilar. Bu qarashlar asosida keyinchalik apofogetika tushunchasi, ya’ni ta rixiy voqealarning va jarayonlarning barchasi oldindan belgilan- gan va ma’lum qonuniyatlarga asoslangan holda sodir bo‘ladi de gan teologik tushunchaning paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. Tarixni bu tarzda tushunish va anglash XVIII asrgacha ham o‘z ahami- yatini yo‘qotmadi. Bu davrga kelib fan sohalarida va ularni il miy tushunish borasida bir qator yangi tushunchalar va qarash lar shakllanib bordi. Ular orasida tarix va uni tushunish borasida ham bir qator maktablar yuzaga kela boshladi va bu jarayon XIX asrning ikkinchi yarmi — XX asr o‘rtalarigacha davom etdi. Tarixni anglash va uni bilish nazariyasining shakllani- shi borasida ma’lum ma’nodagi jiddiy qarashlarni ilgari surgan nazariyachilardan biri nemis faylasufi va «absolyut idealizm» tizimining asoschisi Georg Vilgelm Fridrix Gegel (1770-yil 27-av- gust, Shtutgart —1831-yil 14-noyabr, Berlin) edi. Gegel dunyo- viy aql-zakovat, umuminsoniy tafakkur, insoniyat xatti-haraka- ti va aql-idroki uyg‘unligi asosida yuzaga kelgan, ong va tafakkur hukmron bo‘lgan yaxlit borliqni tarix deb tushuntiradi. Gegelning tarixni anglash va bilish borasidagi fikrlari bilan tarix falsafasi va uni bilish, anglashga yo‘naltirilgan falsafiy qa- rashlar shakllanishining yangi bosqichini boshlab berdi. Gegel tarix falsafasiga hayot qonuniyati, ma’naviy shakllanish jarayoni va inson rivojlanishining ma’naviy ehtiyoji sifatida qaradi. Uning qarashlari tarix — inson tafakkurining, m a’naviy-ruhiy va axlo- qiy kamolotining mahsuli degan xulosaga kelishga imkon berdi. F.Bekon tarixiy haqiqatni aniqlashda eng avvalo tadqiqot obyekti o‘rganilayotgan predmet yoki hodisaning aynan o‘zi emas, balki, uning mohiyati va uni yuzaga chiqaruvchi oddiy tabiiy omillar bo‘lishi shartligini ta’kidlasa, E.Kondilyak bilishni eng oddiy — his etish va fikrlash orqali amalga oshirish kerak, degan flkrni ilgari suradi. Aksariyat nazariyotchilar o‘zlari taklif qilgan va nazariy jihatdan asoslab bergan uslublari haqiqatni anglash va bu borada har qanday xatoliklardan xoli bo‘lishda asosiy ekanli- gini ta’kidlab o‘tganlar. Eng asosiysi bu g‘oyalar va yondashuvlar aksariyat hollarda biri ikkinchisini to‘ldirib, mukammallashtirib kelsa, boshqa holatlarda tarixiy haqiqatni anglashda eng maqbul yoi va uslubni tanlab olish imkoniyatini ta’minlaydi. N .Jo‘rayevning fikricha, «Tarix — tafakkur mahsuli. 0 ‘tmishimizda bo‘lgan har bir hodisa, ma’lum m a’naviy-ruhiy, ijtimoiy-siyosiy muhit ta’sirida yuz bergan. Unga nazar solgan- da, voqealar zamiridagi mantiq, falsafa, ruhiyat, siyosat, iqti- sod, qo‘yingki, har bir davrning o‘ziga xos shukuhi- 4 i tashvish- lari, sevinch-u iztiroblari ko‘zga yaqqol tashlansin. Ongimiz va shuurimizga mustahkamroq o‘rnashsin. Ana shunda kishini fikr- lashga, o‘tmishni idrok qilib, kelajakni aql yo‘rig‘i bilan belgilash- ga yordam beradi. Tarixning tafakkur mahsuli va ulug‘ murabbiy- ligi, oliy qadriyat ekanligi ana shu bilan belgilanadi... Tarixga to‘g‘ri yondashish, uni to‘g‘ri tushunib, to'g‘ri tadqiq etish uchun biz o‘zimizni tarixiy taqdirga qo‘shib yuborishimiz, uning ichida yashashimiz kerak. Ana shunda uning tirikligini, yaxlitligini tushunamiz, butun ko‘lami va miqyosi bilan qamrab olamiz, mohiyatini anglab yetamiz. Tarixiy taqdir bilan taqdir- doshlik, tarixiy taqdir jarayonini ongimiz, qalbimiz va tafak- kurimiz orqali o‘tkazib, vorislik hissini tuyganimiz sayin konkret shaxs taqdiri, zamon va makon qiyofasi ko‘zga yorqinroq tashla- nadi. Inson, zamon va makonning yaxlit qiyofasi to‘laligicha bu- tun salmog‘i bilan gavdalanadi. Inson ma’naviyati, uning shak- lu shamoyili orqali qaysidir darajadagi tarixiy voqelik va taqdirga daxldorlik aniqlanadi. Tarixni o‘rganishda muarrixlarimiz sana- lar va voqealarni tahlil etish bilan birga, ularning ortida turgan taqdirlar, kechinmalar, ruhiyatlar, manfaatlar va hokazolar gir- dobida ham yashamog‘i kerak. Ana shunda tarixi haqidagi fikri- miz, xulosamiz asosli, so‘zimiz ta’sirli, g‘oyalarimiz yashovchan bo‘ladi»'. Tarixiy bilish avtonom xususiyatga ega bo‘lib, falsafiy mak- tablar va falsafiy yo‘nalishlarning ta’sirini bilvosita va shartli ra vishda (zaruriy holatlarda) qabul qilishi mumkin. Falsafa tarix faniga bilishning uslublari va yondashuvlarinigina berishi mum kin. Tarixchilar ko‘p hollarda falsafiy yo‘nalishlar va ularning m o hiyatini tarix fanida tadqiqotlarida keng ravishda qoMIamaydilar va shu sababli ularning uslublarni tanlashi ko‘p hollarda erkin-em- pirik (tajribadan kelib chiqqan holdagi) xususiyatga ega bo‘ladi. Ko‘pincha tarixchilar tadqiqot uslublarini tanlashda eklektik uslubda ham yondashadilar, ya’ni tanlangan uslublarning qanday falsafiy maktablar va yo‘nalishlarga mansubligini e’tiborga olma- gan holda tarixiy tadqiqot uchun zarur bo‘lgan tadqiqot uslubla rini tanlab oladilar va tadqiqotlarga jalb etadilar va bunda asosiy maqsad tadqiqot jarayonida erishiladigan natijaga qaratiladi. Bun- dan shuni anglash mumkinki, tarixchilar falsafaning u yoki bu yo‘nalishiga qat’iy rioya etishga majburiyat his etmaydilar. Shun- ga ko‘ra tarix fani kumulyativdir, ya’ni u eskirgan uslublarni chet- ga surib qo‘ymaydi va tadqiqot uslublarini doimiy ravishda yan- gilari bilan to‘ldirib boradi. Tabiiyki, agar tarixchi falsafa fanidan ham chuqur bilimga ega bo‘lsa, u tadqiqot yo‘nalishlari va uslub- Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling