TARIX FANI METODOLOGIYASIDA ASOSIY FALSAFIY
YONDASHUVLAR VA TARIXIY TADQIQOT USLUBLARI
Tarix falsafasi haqida tushuncha. Tarixni bilishning avtonom
xarakteri. Falsafiy maktablarning va y o ‘nalishlarning ta ’siri.
Pozitivizm. Tarixda sabab va oqibatlarni chuqur anglashni inkor
qilish. Jamiyat evolyutsiyasi. Tarixni materialistik tushunish.
Tarix — bu sinflar kurashi. Ishlab chiqarish va ishlab chiqa-
rish munosabatlari taraqqiyoti dialektikasi. Neokantchilik. Ling-
vistik burilish. Matn tahlili. Tarixni o ‘rganishda obyektiv fik r
b o ‘la olmaslik g ‘oyasi. Tarixni adabiyotga almashtirishga urinish.
Poststrukturalizm. Dalillarga bo ‘lgan munosabat. Ichki munosa-
batlar. Postmodernizm. Strukturalizm. Tizimli uslub va funksi-
ya viy tahlil. Ekzistensionalizm. Shaxsning fojiasi. Neopozitivizm.
Tarixning diniy falsafasi.
Tarixni ilmiy jihatdan tahlil qilish, uni idrok etish, yuz ber-
gan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar orqali muayyan davrning siyosiy
va ma’naviy muhitini baholash, har bir davr kishilari ruhiya-
ti, ma’naviy axloqiy mezonlari, voqea-hodisalarga munosabatini
o‘rganish, uni falsafiy idrok etish tarix falsafasi tushunchasining
mazmunini belgilaydi1.
Tarix va uni tushunish, uni anglash, uni idrok etish, uni
tushuna olish va uni tushuntirib berish turli davrlarda turlicha
nuqtayi-nazarlar va yondashuvlar asosida amalga oshirilganligi
bois, turli davrlarda tarix va tarix fani hamda unga bo‘lgan mu
nosabat ham turlicha bo‘lgan.
Aslida tarix falsafasi tushunchasi Sitseron (yunon faylasufi,
miloddan avvalgi 106—43-yy.) tomonidan «tarixning otasi» deb
uluglangan qadimgi yunon tarixchisi Gerodot (lot. Herodo
tus, yunon. Irodotos, miloddan avvalgi taxm inan 484-yil, Ki-
chik Osiyo, Galikarnas — miloddan avvalgi taxminan 426-yil,
Yunoniston, Furiya) hamda Fukidid asarlaridan boshlangan.
/
Do'stlaringiz bilan baham: |