Metodologiyasi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Tayanch tushunchalar 
— «tarixning otasi», tarixni harakat- 
lantiruvchi kuch, ilohiy davlat tarixi falsafasi, apologetika, «ab- 
solyut idealizm», ong va tafakkur hukmron bo‘lgan yaxlit borliq, 
haqiqatni anglash, tarixiy bilish, empirik, pozitivizm, aniq dalil­
larni qaror toptirish, manbalarni tanqidiy tahlil qilish, «pozitiv 
tarix», tarixiy taqqoslash uslubi, marksizm, neokantchilik, indi­
vidual, strukturalizm, struktura, postmodernizm, poststruktura- 
lizm, «lingvistik burilish», «semiotik yondashish», deshifrovka
logotsentrizm
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Tarixni bilishning avtonom xarakterini izohlab bering
2. Pozitivizm nima?
3. Tarixda sabab va oqibatlarni chuqur anglashni inkor qilish- 
ni tushuntirib bering.
4. Tarixni materialistik tushunish nima?
5. Neokantchilik haqida tushuncha bering.
6. Lingvistik burilish qanday tushuncha?
7. Matn tahlili qanday amalga oshiriladi?
8. Poststrukturalizmni sharhlab bering.
9. Postmodernizmni sharhlab bering.
10. Strukturalizmning mohiyatini aytib bering.
Mavzuga aloqador so‘zlarning izohli lug‘ati:
Diskurs (diskursiv) 
- falsafada mantiqiy fikrlashga asoslanil- 
gan, diskursiv bilish — mantiqiy fikrlash asosida shakllantirilgan 
bilish.
Narrativ 
- hikoya qilish, aytib berish, xabar qilish. Tarixiy vo- 
qelikka (tarixiy manbalar va fakt (dalil)larga) umumiy yaxlitlikda 
qarash (qabul qilish).


Neokantchilik 
— neokantchilarning qarashlaricha ijtimoiy 
hayotda hech qanday qonuniyatlar mavjud emas, tarixchining 
subyektiv xatti-harakatlari (boshidan kechirganlari, ko‘rgan-bil- 
ganlari) bilishning eng asosiy vositasidir, tarixiy dalillar bilish­
ning asosiy dalillaridir deb hisoblaydilar. Fandagi (ilmdagi) ong, 
aql, idrok haqidagi (bunga tarixni ham qo‘shadilar) bilishning 
eng asosiy vositasi bu — tushunish va intuitsiya (sezgirlik)dir deb 
ko‘rsatadilar. Neokantchilarning ta’kidlashicha, tarix individual, 
alohida konkret holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi, tarix poeziyaga va 
san’atga yaqin bo‘lib, ko‘proq tavsifiy xususiyatiga egadir.
Pozitivizm 
— XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ingliz 
oliini O.Kont tomonidan ilgari surilgan. Pozitivistlar hamma 
haqiqiy, pozitiv bilimlar konkret fanlarning mahsulidir, falsafa 
esa bunday bilimlarni bera olmaydi, shuning uchun uning kera- 
gi yo‘q, degan g‘oyaga asoslangan subyektiv qarashga ega edilar. 
Pozitivistlar aniq dalillarni qaror toptirish va ularni tavsiflab be­
rish, dalillarni tekshirish va manbalarni tanqidiy tahlil qilishga 
e’tibor qaratishi kerak, deb hisobladilar. Pozitivistlarning fikri­
cha, jamiyatning taraqqiyot qonunlari bu tabiat qonunlarining 
davomidir. Tarixchi pozitivistlar ilgari surgan uslublardan biri bu 
tarixiy taqqoslash uslubidir. Asosiy kamchiliklari — pozitivistlar 
tarixda hodisalarning ichki sabab-oqibat aloqadorligi imkoniyat- 
larini inkor qildilar va tarixchining asosiy vazifasi tarixiy hodi­
salar sodir bo‘lishining «nima uchun sodir bo‘ldi» degan savolga 
emas, balki «qanday sodir bo‘ldi» degan savolga javob berishdan 
iborat deb hisobladilar.
Strukturalizm 
— tarixda tarixiy voqelik, hodisa va jarayonlarni 
ularning ichki tarkibiy jarayonlari va hodisalari tizimi, ularning 
o£zaro bog‘lanishi va munosabatlarni tekshiruvchi sifatida qarash.



Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling