Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modellashtirish.
I
198 sintez markazini joriy etib, bir qator mamlakatlarda faoliyat olib borayotgan tarixchilar, sotsiologlar hamda tabiiy va matemati- ka fanlari sohalari olimlarini birlashtirdi. A.Berr madaniy-tarixiy sintez tushunchasini ilgari surib, psixologiya va antropologiyaning yutuqlaridan foydalanish hamda tarix va sotsiologiyani birlashti- rish g‘oyasini yoqlab chiqdi. Har bir falsafiy yo‘nalish sintez uchun o‘z asoslarini ko'rsata bosh ladilar. Ulardan biri postmodernistlar tushunchasidan kelib chiqqan holda madaniy omillarga asoslangan sintez g‘oyasi bo‘lib, bugungi kunda ham bu borada aniq va konkret xulosalar mavjud emas. Biroq shu narsa aniqki, tahlil (analiz) va sintez o‘zaro bog‘liq- dir. Tahlil jarayonida erishilgan muvaffaqiyat sintezsiz ahamiyat kasb etmaydi. Sintez tadqiqot uchun tahlilga yangi bir turtkilar berib, uning faolligini ta’minlasa, tahlil o‘z navbatida yangi sin- tezga yo‘l ochib beradi. Sintez ham muvaffaqiyatlarga erishgan bolsada, biroq ular qisqa va xususiy xarakter kasb etadi. Tarix chilar tomonidan sintezni aniqlovchi aniq bir omillarni ilgari su- rishda yakdillik yo‘q va tadqiqot predmetining ko‘lami qanchalik katta bo‘lsa, sintez ham shunchalik murakkab bo‘ladi. Modellashtirish. Modellashtirish ilmiy faoliyatning keng tarqalan shakllaridan biridir. Barcha fanlarda modellashtirilayot- gan hodisalar haqida ma’lumot olishda, farazlar va nazariyalarni ishlab chiqishda modeldan foydalaniladi. Shu jum ladan tarixchi lar ham bu uslubdan tadqiqotlar jarayonida keng foydalanadilar. Tarixiy hodisalarni modellashtirish mantiqiy shakllantirish yor- damida amalga oshiriladi, ya’ni fikran mazmun-vazifaviy re- ja shakllantiriladi. Modellashtirish soddalashtirish, ideallashti- rish va abstraktlashtirish bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. U manbalardagi ma’lumotlarning reprezentativligini tekshirish- da, dalillarning ishonchliligini, farazlar va nazariyalarning ha- qiqiyligini tekshirish imkonini beradi. Masalan, jamoaning ho latini o‘rganish uchun uni modellashtiriladigan bolsak, bunda sotsiologiya, huquq, psixologiya hamda jamoaning o‘ziga xosli- gi omillarini ham e’tiborga olish talab etiladi. Bu esa o‘z navbati- da fanlararo yondashuv uslubining qo‘llanilayotganligini ham anglatadi. Bu jarayonda bir holatni hisobga olish kerakki, bosh qa bir fanning modelini to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb etish maqsadga mu- vofiq emas, uni fanning tuzilishi mohiyati nuqtayi nazaridan shakllantirish lozim. Matematik modellashtirish uslubi ham mavjud. Bunda matematik tartibsizlik nazariyasi, ijtimoiy halokatlar nazariyala- ridan foydalaniladi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling