Metodologiyasi
Postmodernizm (poststrukturalizm)
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
Postmodernizm (poststrukturalizm).
XX asrning 70-yillariga kelib tarixiy bilishning bir qator nazariyalari qayta ko‘rib chiqi- la boshlandi. Natijada nazariyalar qatoriga «lingvistik burilish» hamda «semiotik yondashish» nazariyalari (uslublari) qo‘shildi. Yangi yondashuvga ko‘ra tarixiy bilishning obyekti hisoblangan tarixiy voqelik til va talaffuz amaliyotiga asosan shakllantirili- shi ko‘zda tutildi. Til omiliga faqatgina muloqot vositasi sifatida emas, balki fikrlash, ma’naviylikning asosi bo‘luvchi omil, fikr- larni o‘zaro bog‘lovchi omil sifatida ham qaraldi. Til voqelikni aks ettirmaydi, «aks ettiruvchi» har doim ham «aks ettiriluvchi» bilan aynan bir xilda bo‘lmaydi. Bu tushunchadan kelib chiqadi- gan flkr shuki, manbaning matni va tarixiy narrativ (tarixiy vo- qelikka (tarixiy manbalar va fakt (dalil)larga) umumiy yaxlitlik- da qarash (qabul qilish)ga ishonchsizlik paydo bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda matnlarning m a’nolarini ochib berish (o‘qiy olish), mazkur matnlardagi madaniy xususiyatlarni ko'rsatib be- ra olish, ayni vaqtda esa manba matnidagi til xususiyatlarining o‘zgarib borishiga diqqatni qaratish talab etildi. Tarixchi-postmodernistlar m atnni obyektlashtirilgan belgi si fatida emas, balki narsaning shartli ravishdagi shakli bo‘lgan va ayni vaqtda ko‘plab izohlarga va ta’riflarga asos boluvchi bel- gili kod (harflardan tuzilgan maxsus belgi, ishoralar)lar sifati da ta’kidlaydilar. Bundan esa m atnlarni deshifrovka (noma’lum harflar bilan yozilgan narsani o‘qish, ochish) va axborotni yet- kazib berilishi masalasiga e’tibor kuchaytirildi. Manbaning ti- li o‘tmishni va o‘tmish obrazlarini gavdalantiradi. Tarixchi o‘z taassurotlarini so‘zlarga aylantiradi, tarixchi tadqiqotchi (man- bani o‘quvchi) esa uni so‘zlar vositasida obrazlarga aylantiradi, biroq ayni shakllantirilgan obrazlar o‘rtasidagi farq, ya’ni tarix chi (manbani yozuvchi) va tadqiqotchi (manbani o‘quvchi)larning shakllantirgan obrazlari bir-biridan keskin farqlanishi mumkin. Matn dekonstruksiyaga moyildir, matndan tashqarida hech narsa yo‘q — ya’ni, empirik materiallar mavjud emas va tari xiy tajriba ham yo‘q. Tarixchi faqatgina matnga boglangan hol da va undan kelib chiqib voqealarga nisbatan o‘zining tavsifini keltirishi va munosabatini bildirishi mumkin. Bunda har qan day tanqidiy tahlil va interpretatsiya tarixchining matnga alo- qador emasligidan kelib chiqib inkor qilinadi. Amerikalik olim D.Lekarp postmodernistlarning yuqoridagi fikrlari va qarashla rini o‘zining «matnning o‘zida ham hech narsa mavjud emas» degan tushunchasi bilan «boyitdi». Shu o‘rinda I.M.Savelyev va A.V.Poletayevlarning bir fikri o‘rinlidir, ular kinoyali tarzda «bir narsa ko‘ngilni xotirjam qiladiki, u ham bo‘lsa ko‘pgina tarixchi larning o‘zlari ham postmodernistlar diskursini tushunmaydilar». Postmodernistlarning fikrlari agar yuqoridagi qarashlar bi lan cheklanganda ham tarixchilarning jiddiy qarshiligiga duch kelmagan bo‘lardi. Postmodernistlar o‘z qarashlarida logotsen- trizm — ratsionallik g‘oyalarini, maorif va taraqqiyotni, «katta» narrativlar (tarixiy voqelikka (tarixiy manbalar va fakt (dalil)lar- ga) umumiy yaxlitlikda qarash (qabul qilish)ni inkor qilgan hol da g‘oyalarni ilgari surdilar. Shuningdek, fanning mavqeini ham qayta ko‘rib chiqib, uni «diskurs» tushunchasi bilan almashtirish- ga harakat qildilar. Ular tarixchi mutaxassisligining mutaxassislik sifatidagi mavqeini, tarixiy bilish tamoyillarining mavjudligini, tarixiy voqelikning haqqoniy (obyektiv) bilish imkoniyatlarini ham shubha ostiga oldilar. Biroq tarixchilar postmodernistlarning bir qator fikrlarini inkor qildilar va ularni qollamadilar. Ya’ni, postmodernistlar tomonidan ilgari surilgan «matndan tashqarida hech narsa mavjud emas», «tildan tashqari» reallik mavjud emas» degan qarashlar qat’iy ravishda inkor qilindi. Biroq ma’lum davr oralig‘ida tarixchilar bu qarashlarni «yumshatib» bordilar, ayrim uslublarning samarali jihatlaridan, xususan tarixiy manbalarning tahlili va narrativlardan tadqiqotlarda foydalana boshladilar, bi roq ayni vaqtda yuqorida inkor qilingan jihatlarni ham nazardan chetda qoldirmadilar. Yuqoridagilarga xulosa sifatida aytish mumkinki, mazkur qismda barcha falsafiy tamoyillar haqida ham so‘z yuritilma- di. Jumladan, ekzistensializm va uning jamiyatdagi shaxs fojeasi masalalari, shuningdek tarixning diniy falsafasi masalalari haqi da ham to‘xtalib o‘tilmadi. Bu va bu kabi bir qator yondashuvlar turli-tum an tarixchilarning dunyoqarashiga ta’sir o‘tkazib kelgan. Agar tarixchi, ayniqsa yosh tadqiqotchi o‘z ilmiy tadqiqotlari ja rayonida bu kabi masalalarga duch kelsa, eng avvalo mazkur yon dashuvlar borasidagi ilmiy adabiyotlarga murojaat qilishi va ko‘ri- layotgan masala yuzasidan hamda yuqoridagi yondashuvlarning tadqiqot uchun samara berishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlari yu- zasidan xulosa chiqara olishi, yetarlicha bilimga ega bo‘lishi ta lab etiladi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling