Davrlarning ahamiyatga molik
jihatlarini aniqlash uchun
davrlashtirish mezonlarini aniq va ravshan belgilab olish va
bunda albatta jarayonning sodir bo‘lishidagi obyektiv sharoit-
lar va jarayonning o‘zini inobatga olish zarur.
Davrlashtirish-
ning bir m ezonini boshqa bir mezon bilan alm ashtirish mumkin
emas. Ayrim hollarda u yoki bu voqea va jarayon yoki bosqich-
ning boshlanish sanasini aniq ko‘rsatish imkonsiz bo‘lib qoladi,
chunki jamiyatdagi barcha jarayonlarning chegaralari harakat-
lanuvchi va ayni vaqtda shartli holda belgilangandir.
Bu tadqiqot
jarayonida barcha jarayonlar va voqealarning turli xususiyatlarga
egaligi, bir taxlitda sodir bo‘lmasligi va vaqt nuqtayi nazaridan
kelib chiqqan holda ularni aniq bir «qolip»ga solib chegaralab
q o'yish
maqsadga muvofiq emas va tarixchi tadqiqot jarayoni
da bu jihatlarni albatta inobatga olishi zarurdir.
Qachonki bir
nechta tizim va mezonlar mavjud bo‘lib, ular tadqiqotga jalb
etilsa, tarixiy bilish jarayonining ko‘lami va mazm unan boyligi
ham ortib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: