Metodologiyasi


Tarixning boshqa fanlar bilan o ‘zaro munosabatlari — ijtimoiy va


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Tarixning boshqa fanlar bilan o ‘zaro munosabatlari — ijtimoiy va 
gumanitar fan davriy jarayoni. Tarix va jamiyatshunoslik. Yangi ij­
timoiy tarix. Tarix va psixologiya. Madaniy antropologiya. Tarix va 
adabiyot. Tilshunoslik. Semiotika va tarix. Tarix va tabiiy fanlar. 
Sinergetika, tartibsizlik nazariyasi.
Tarix fani har doim boshqa fanlar bilan o‘zaro munosabat- 
da bo'lgan. Antik davrlarda va o‘rta asrlarda — mifologiya, din- 
shunoslik, adabiyot bilan, Uyg‘onish davrida — geografiya, san’at, 
siyosiy nazariya, XVII-XIX asrlarda — siyosat, geografiya, adabi­
yot va madaniyat bilan doimiy ravishda aloqadorlikda bo‘lgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida falsafa fani bilan aloqaga kirish- 
gan bo‘lsa, keyingi davrlarda lingvistika va arxeologiya fanlari bi­
lan aloqaga kirishgan. Hozirgi vaqtda tarix fanining boshqa fan­
lar aloqadorligi — fanlararo yondashuv ko‘lami ancha kengaygan. 
Tarix fanining boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi fanning 
va fan tadqiqotlari uslublarining aksariyat hollarda umumlashu- 
viga ta ’sir ko‘rsatdi. Tarixchilar va jamiyatshunoslar tomonidan 
zamonaviy tarix tadqiq etilayotgan bo‘lsada, tarixchi o‘rganilayot- 
gan davr xususiyatidan kelib chiqqan holda ularga doimiy ravish­
da tuzatishlar kiritib boradi. Tadqiqot maqsadida shakllantirilgan 
modellar va nazariyalar o‘z-o‘zidan (mexanik tarzda) tadqiqot 
uchun jalb etilishi m um kin emas, chunki bu holda ular kutilgan 
natijani bermaydi, shuning uchun tanlab olingan va shakllantiril­
gan bunday nazariyalar va modellar tarixchi tomonidan doimiy 
ravishda tarixiy tadqiqotlarga moslashtirilishi lozim.
Tarix va sotsiologiya. Tarix va sotsiologiya fanlarining o‘zaro 
aloqadorligining shakllanishi murakkab jarayonlar orqali amal- 
ga oshirilgan. Sotsiologiya XIX asrda shakllangan bo‘lib, uning 
asoschisi O.Kont hisoblanadi. Pozitivistlar sotsiologiyani tarix 
faniga qarama-qarshi qo‘ymadilar va bu har ikki fanning pozitiv 
bilimlar berishini ta’kidladilar. Marksistlar ham sotsiologiya va


tarix fanlariga nisbatan xuddi shunday qarashda bo‘lganlar. Biroq 
an’anaviy nemis tarixchiligi va neokantchilar bu har ikki fanni 
bir-biriga qarama-qarshi qo‘ydilar, ularning ta’kidlashicha tarix 
alohida, takrorlanmas hodisalarni va jarayonlarni o‘rganadi, sot- 
siologiya esa abstrakt (mavhum) fandir.
XX asr boshlarida Fransiyada tarixshunoslikda «sotsiologik» 
yo‘nalish paydo bo‘ldi (A.Berr va uning «tarixiy sintez» nazari- 
yasi). Ikki jahon urushi oralig‘i yillarida esa «Annallar makta- 
bi» tarix va sotsiologiya fanlari o‘rtasidagi aloqadorlikni ko‘rsa- 
tish borasida faollik ko‘rsata boshladi. Davlatchilik tarixi bilan 
bog‘liq, huquq, siyosiy tashkilotlar va muassasalar tarixi bilan 
bogliq an’anaviy mavzularni bu maktab vakillari tabiiy muhit- 
da, ishlab chiqarish, aholi va uning joylashuvi, ko‘chishi va bosh- 
qa jihatlari bilan bog‘lagan holda o‘rganishni taklif qildi. Bu ja- 
rayonda «Annallar maktabi» taqqoslash va qiyoslash uslubidan 
keng foydalanish g‘oyasini ilgari surdi. F.Brodel ijtimoiy fanlar 
sohalaridagi aloqadorlikni kuchaytirishni taklif qilib chiqib, o‘zi 
sotsiologiya va tarix fanlarining o‘zaro aloqadorligidagi ilmiy tad- 
qiqotlarni amalga oshirdi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng tarix va sotsiologiya fanlari 
o‘rtasidagi aloqadorlik jarayonlari kuchayib borib, AQSHda sot- 
siologlar tarixchilarga o‘z fani tadqiqot uslublarini taklif qildilar. 
Biroq bu jarayonda shu narsa oydinlashdiki, sotsiologiya fani- 
ning barcha tadqiqot uslublarini ham tarix fani tadqiqotlari ja- 
rayonida qollab bo‘lmasligi, unga ehtiyotkorlik bilan munosabat- 
da bo‘lish va ularni absolyutlashtirmaslik (mutlaqlashtirmaslik) 
haqida mulohazalar bildirildi. Tarixchilar tadqiqotlarda empirik 
sotsiologiyaning eng yangi yondashuvlarining o'zlashtirgan holda 
sotsiologiyaning nazariyalarini ham qo‘llay boshladilar.
Biroq bu vaqtda an’anaviy tarixchilik yetakchi bo‘lgan va uning 
qatorida yangi yuzaga kelgan «ijtimoiy tarix» mavjud bo‘lgan Ger- 
maniyada sotsiologiya va tarix fanlarining o‘zaro yaqinlashuvi va 
aloqadorligining kuchayib borishiga qarshi qat’iy fikrlar bildirildi. 
Bulardan ko‘rish mumkinki, tarix va sotsiologiya fanlarining alo-


qadorligi hozirgi vaqtgacha turli munosabatlarga uchradi va bu- 
gungi kunda ularning aloqadorligi kuchayib bormoqda.
Tarix va sotsiologiyaning o‘zaro aloqadorligi — bu konkret- 
lik va abstraktlik o'rtasidagi, tarixiylik va mantiqiylik o‘rtasida- 
gi munosabatlardir. Agar tarixchiga konkret, aniq dalillar zarur 
bo‘ladigan bo‘lsa, sotsiologiyaga umumiy vaziyat, 

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling