Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
Xronologik uslub
— voqealarning ketma-ket sodir bo‘lishiga asoslangan, voqea va hodisalarni xronologik tartibda bayon qi- lishga yo‘naltirilgan tarixiy tadqiqot uslubi. TARIX FANI TADQIQOTLARIDA MATEMATIK USLUBLARNING QO‘LLANILISHI Matematik uslublar. Ommaviy jarayonlarning rivojlanishida qo- nuniyatlarni va tendensiyalarni aniqlashda matematik uslublar. Uslublarning reprenzentativ tanlanishi. Matematik modellashtirish. Rasmiy son uslubi. Ikki turi: imitatsion modeli va ko‘rsatish- o'rganish modeli. Tarix fanida matematik uslublardan foydalanishning boshla- nishi XIX asr oxiri — XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Tarixchi- lar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning statistik tahlili bilan shug'ul- lana boshladilar. Matematik uslublardan foydalanishning yangi bosqichi ik- kinchi jahon urushidan so‘ng, XX asrning 50—60-yillarida EHM lari paydo bo‘lgandan boshlandi. 1962-yilda AQSH dagi bir qator universitetlar va kollejlar siyosiy tadqiqotlar konsorsiumini tash- kil etdilar va bu faoliyat davomida AQSH tarixini ham o‘rga- nib ma’lumotlar to‘plashni boshladilar. Yangi tadqiqot uslublari- ga asoslangan holda «yangi iqtisodiy tarix», «yangi siyosiy tarix», «yangi ijtimoiy tarix» tushunchalari shakllandi. «Kliometriya» deb nom olgan yangi fan haqida fikrlar paydo bo‘la boshladi va dasturlar hamda m a’lumotlar bazalari yaratildi. Bu faoliyat nati- jasida ikki nafar kliometrist D.Nort va G.Fogel Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. Ulargacha va ulardan keyin ham bunday nufuz- li mukofotga biron-bir tarixchi musharraf bo‘lmagan. Bu uslub- larni qoMlash borasida strukturalistlar dastlabkilardan boMdilar. Ayni vaqtda «tavsifiy» tarix tarafdorlari tarixiy jarayonlarni had- dan tashqari abstraktlashtirishga qarshi chiqdilar va manbalar- da miqdoriy ma’lumotlar (dalillar, faktlar)ning yetarli emasligini asos sifatida ko‘rsatib, tarixning fan sifatida o‘z qiyofasini yo‘qoti- shi mumkinligini ta’kidladilar. Keyinchalik bu masaladagi bahslar to‘xtadi, kliometristlar tarix fanini tarixiy tavsiflashlarsiz matematikalashtirish va unga bog‘liq fan sifatida ko‘rsatish g‘oyasidan voz kechdilar. Biroq ayni vaqt- da an’anaviy tarix tarafdorlari va mutaxassislar esa bu masala- ga boshqacha yondashib, matematik uslublar yordamida tarix fani tadqiqotlaridagi bir qator masalalarni hal etish mumkinligini ko'rsatib berdilar. Bu esa XX asrning 60-yillarida tarix fani tad qiqotlarida matematik uslublardan foydalanishni kuchaytirdi va ayni vaqtda matematiklar tarix fani tadqiqotlarida bag‘ishlangan ishlarga o‘z takliflarini kirita boshladilar, matematik uslublarga berilayotgan urg‘u kuchayib bordi. Biroq bu jarayonlarda tarixchi- lar tarixda barcha narsani miqdor jihatdan asoslab berish mumkin emasligini va tadqiqotlar jarayonida tarixiy uslublar hech qachon o‘z ahamiyatini yo'qotmasligini yaxshi tushunib turardilar. Ayni vaqtda tarixchilar tarix fani tadqiqotlari sohasida yaxshi sama ra berishi mumkin bo‘lgan matematik uslublarni ham o‘zlashti- rish kerak deb hisobladilar. Bundan kelib chiqadiki, tadqiqotlar jarayonida matematik uslublardan zarur hollarda boshqa maxsus tarixiy va umumfan uslublaridan ham foydalangan holda foyda- lanish maqsadga muvofiqdir, aks holdagi qollashlarda esa tarixiy jarayonlarni tushunishda xatoliklarga olib kelishi mumkin. Matematik uslublar umumiy jarayonlarning rivojlanishida- gi qonuniyatlar va an’analarni aniqlab berishi mumkin. Ko‘plab iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy jarayonlar matematik uslublar yordami da o‘rganilmoqda. Matematik uslubsiz tizimli yondashuv tad qiqot yuzasidan keng va atroflicha tushuncha bermasligi mum kin. Tipologik klassifikatsiya (tasniflash) jarayonida u bir xilda bo‘lmay ko‘p tomonlama (turli xil) bo‘lishi mumkin va bunda shu taxlitda yondashuv va tahlil talab etiladi. Oddiy raqamlarni, foizlarni va oddiy hisobli guruhlarni tad qiqot jarayonida qo‘llash bu matematik uslublardan foydalanish degani emas. Hozirgi vaqtda dispersion, korrelyatsion, faktor (omil, muhit)li, klasterli tahlil, axborot nazariyasi elementlari va differensial (o‘zgaruvchan) tenglashtirish, matematik modellash- tirish uslublari tarix fani tadqiqotlarida qo‘llaniladi. Matematik uslublar turli holatlar va omillar, u yoki bu ho- disalarning sabablari, asosiy faktlar (dalillar)ni aniqlash, ular- ning qiyosiy ahamiyatini aniqlashda qo‘l keladi. Shuningdek, bu uslublar gneseologik m uam m olar — manbalardagi m a’lumotlar- ning haqqoniyligini tekshirish, m anbadan ko‘proq axborotlarni olish darajasini oshirish kabilarni hal etishda ham yordam be- radi. Ayni vaqtda m azkur uslublardan foydalanishning m e’yor- lari va tadqiqotlardagi o ‘rnini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki uning tadqiqot obyektining xususiyatlari, ayni vaqtda tarix fanining va matem atika fanining taraqqiyo- ti bilan holatlarini ham diqqat-e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Matematik uslublardan tadqiqot jarayonida eng zarur holatlar- da va qo‘llash imkoniyati mavjud bo‘lgan holatlarda foydalanish mumkin va qo‘lga kiritilgan natijalarni va xulosalarni an’anaviy uslublardan foydalangan holdagi natijalar bilan taqqoslab borish maqsadga muvofiqdir. Bunda tarixchining matematika fani so- hasidan ham yetarli bilimga ega bo‘lishi muhim o‘rin tutadi va har ikki fan yuzasidan yuqori darajadagi bilimga ega tarixchi mutaxassislar tadqiqotlar jarayonida katta natijalarga erishishlari mumkin. Shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‘lishi va ilmiy tadqiqotlar jarayoniga kirib kelishi bilan matematik uslublardan foydalanish ning yangi bosqichi boshlandi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling