Metodologiyasi


Tarixiy taqqoslash uslubi


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Tarixiy taqqoslash uslubi. 
Taqqoslash uslubi dastlab ma’rifatpar- 
varlar tomonidan qo‘llanilgan. F.Volter birinchilardan bo‘lib o‘zi 
tomonidan yaratilgan tarixiy kitoblarida taqqoslash uslubini qo‘lla- 
gan, biroq bunda bu uslub tarixiy uslubga nisbatan ko‘proq vo- 
sita sifatida qo‘llanilgan. XIX asr oxirlariga kelib bu uslub tari­
xiy tadqiqotlarda, ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy tarix sohalarida ancha 
keng o‘rin tuta boshladi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillar- 
da ayniqsa komparativ uslub keng qoMlanila boshlandi. Amalda 
bironta ham tadqiqot bu uslublarni qo‘llamasdan amalga oshiril- 
maydigan bo‘ldi.
Aslida bironta ham ilmiy tadqiqot taqqoslash uslubini qo‘lla- 
masdan amalga oshirilmaydi. Taqqoslash metodi eng muhim va 
shu bilan birga tarixiy bilish jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan 
metoddir1.
1 Мелконян Э.Л. Проблемы сравнительного метода в историческом 
знании. Ереван. 1981.


Daliliy materiallarni, ma’lumotlarni yig'ish, dalillarni tizim- 
lashtirish va tahlil qilish jarayonida tarixchi ko‘pgina jarayonlar­
ning mazmunidagi o‘xshashlikni, biroq ayni vaqtda jarayonlar­
ning zamon va makon bo‘yicha turliligi, bir-biridan farqlanishi 
omillari sababli xilma-xillik kasb etishini va yana ayni vaqtda 
shaklan umumiylikni ko‘rishi mumkin. Mazkur uslubning bilish 
jarayonidagi mazmuni uning tarixiy jarayonlarning mohiyatini 
tushuntirib berish uchun yo‘naltiradigan imkoniyatlaridadir. Ja- 
rayonning mohiyatini anglash va tushunish uchun uning o‘xshash- 
lik va farqlanuvchi xususiyatlarini tushunish kerak. Bu uslubning 
mantiqiy asosini analogiya tashkil etib, tadqiqot obyektidagi biror- 
bir o‘xshashlik asosida jarayonning boshqa jihatlari haqida ham 
xulosalar chiqarilishi mumkin.
Tarixiy taqqoslash uslubi tarixiy jarayon tafsilotlari aniq va 
ravshan bo‘lmaganda uning mohiyatini ochishga, shuningdek, 
umumiylikni, qonuniylikni, takrorlanuvchanlikni aniqlash ham ­
da umumlashtirishga va tarixiy parallellikni yuzaga chiqarish 
uchun imkon beradi. Bunda albatta bir qator talablarga rioya 
etishga to‘g‘ri keladi. Jumladan, avvalo taqqoslash tarixiy jara­
yonning shaklan o‘xshash jihatlarini emas, balki mohiyatini aks 
ettiruvchi aniq va konkret dalillar (faktlar) bilan amalga oshiri- 
lishi lozim, ikkinchidan, hodisalar va jarayonlarning tipologiya- 
si va davrini yaxshi bilish va tushunish lozim. Taraqqiyotning bir 
bosqichida yoki turli bosqichlarida bo‘lgan bir xil va turli xil hodi- 
salarni taqqoslash mumkin. Bir holatda mohiyat o‘xshashlik aso­
sida ochiladigan bo'lsa, boshqa holatda turlilik asosida aniqlani- 
shi mumkin. Biroq ayni vaqtda tarixchidan tarixiylik tamoyilini 
unutib qo‘ymaslik talab etiladi.
Funksional-tuzilishli tahlil tarix fani tadqiqotlarida bosh­
qa tadqiqot metodlariga nisbatan birmuncha samarali hisobla- 
nadi. Funksional-tuzilishli tahlilning asosiy jihati shundaki, u 
mavhumlik (abstraktlik)dan aniqlik (konkretlik)ka o‘tish uchun 
asos bo‘la oladi, bu metodni tadqiqot jarayonida qo‘llash ilmiy 
bilimlarning eng yuqori darajasi bo‘lgan aniq nazariy bilimga


yo‘naltirish imkoniyatini beradi1. Biroq bunda o‘rganilayotgan 
voqelik yoki tarixiy tizimlarni konsruksiyalashda subyektiv yon­
dashuv hamda haddan tashqari abstraktlashtirish (mavhumlash- 
tirish) maqbul emas.
Tarixiy taqqoslash uslubini qo‘llashda bir qator cheklanishlarga 
duch kelish mumkin. Bu uslub real voqelikning turliligini tushu- 
nishga imkon bersada, konkret shakldagi xususiyatini ko‘rsatib 
berolmaydi. Shuningdek, tarixiy taraqqiyot sur’atining tadqiqida 
ham tarixiy taqqoslash uslubidan foydalanish maqsadga muvofiq 
emas. Mazkur uslubning rasman (shunchaki qo‘llash, qo‘llani- 
shi «kerak» bo‘lganligi uchun qo'llash) qollanilishi xatoliklarga 
olib kelishi, ko‘pgina tarixiy hodisalar mohiyatining noto‘g‘ri tal- 
qiniga va tavsiflanishiga olib kelishi mumkin. Tarixiy taqqoslash 
uslubidan boshqa tadqiqot uslublari bilan birgalikda foydalanish 
mumkin. Afsuski, tarixchilar tomonidan tarixiy taqqoslash uslu- 
bi ko‘p hollarda analogiya va solishtirish bilangina qo'llaniladi, u 
tadqiqotlar jarayonida to‘liq yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan jihatla- 
rini inobatga olgan holda kamdan kam qo‘llaniladi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling