Metodologiyasi


Mavzuga aloqador so‘zlarning izohli lug‘ati


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Mavzuga aloqador so‘zlarning izohli lug‘ati:
Abstraktlik 
— mavhumlik, fikrning mavhumligi.
Analiz 
- tahlil, obyektiv voqelikni ilmiy bilish, o‘rganish uslubi.
Deduktiv-integral modellashtirish 
— voqealarning xususiyatlari 
va ko‘lamidan hosil bo‘lgan umumiy tushunchalar va xulosalar 
yordamida tadqiqotchi tasavvurida tarixiy jarayonning tarkibiy ji­
hatdan shaklini shakllantirish.
Deduksiya umumiy holatdan xususiy xulosalarga kelish yoki 
xususiy xulosalar chiqarish.
Ideal 
— mukammal.
Integral 
— bu yerda kichik tarixiy jarayonlardan yig‘indisidan 
umumiy jarayonni shakllantirish va uni xulosalash.
Intuitsiya 
— ichki his, sezgi, sezgirlik, tajriba yordamidan tash- 
qari bevosita muroqaba yo‘li bilan haqiqatni bilish mumkin de­
gan tushuncha.
Klassifikatsiyalash 
— turlarga ajratish, voqealarni tasniflash.
Konkretlik 
— muayyan aniqlik, fikrning aniqligi.
Modellashtirish 
— tarixiy hodisalarning shartli ravishdagi an- 
dozasini, shaklini, holatini tuzish, shakllantirish.
Sintez 
— hodisalarni o‘zaro bog‘langan, bir butun holda tek- 
shirish, olingan natijalarni umumlashtirish, ulardan bir butun 
xulosa chiqarish.


TARIX FANI TADQIQOTLARIDA MAXSUS-TARIXIY
USLUBLAR
Tarixiy-genetik uslub. Genetik uslub — o ‘tmishdan bugungi kun- 
gacha. Retroprospektiv uslub — bugundan о ‘tmishgacha. Sinxron 
uslub. Xronologik uslub — tarixiy hodisalarning ketma-ketligini, 
vaqtida o ‘rganish. Diaxron uslub. Tarixiy taqqoslash uslubi. Tarixiy 
tipologik uslub. Tarixiy tizimli uslub.
Tarix fanining maxsus tadqiqot uslublari falsafiy, umumfan 
tadqiqot uslublariga asoslangan bo‘lib, ular aniq-muammoviy 
uslublarning asosini tashkil etadi. Tarix fani tadqiqotlarida bun­
day uslublarning bir nechtasi qo‘llaniladi, ular quyidagilardir: 
tarixiy genetik uslub; genetik uslub; retrospektiv uslub; sinxron 
uslub; xronologik uslub; diaxron uslub; tarixiy taqqoslash uslubi; 
tarixiy metodologik uslub; tarixiy tizimlilik uslubi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling