Metodologiyasi


Matematik modellashtirish


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Matematik modellashtirish. 
Modellashtirish — tarixiy hodi- 
salarning shartli ravishdagi andozasini, shaklini, holatini tuzish
shakllantirishdir. Har qanday model (andoza, shakl) — bu tadqiq 
etilayotgan hodisalar va jarayonlar mohiyatining abstraktlashgan 
ko‘rinishidr. Modellashtirish asosida o‘xshashlik nazariyasi yota- 
di, bunda model (andoza, shakl) tadqiq etilayotgan hodisalar va 
jarayonlarning yaqinlashtirilgan o‘xshashligidir.
Modellashtirish o‘z tarkibiga sifat va miqdor jihatdan tuzilgan 
modellashtirishni kiritadi (ya’ni mohiyat-mazmun jihatdan va tu- 
zilish-miqdoriy jihatdan).
Tuzilish miqdoriy modellashtirish — bu mohiyat-mazmun- 
li shaklning (andozaning) tuzilish shaklidir. Uning aniq-konkret


ma’lumotlar bilan to‘ldirilishi va bu ma’lumotlarning matema­
tik uslublar yordamida tahlil qilinishi tadqiq etilayotgan hodisa- 
lar haqida yangi ma’lumotlar berishi mumkin.
Qo‘lga kiritilgan bu m a’lumotlarni talqin qilish va tushuntirib 
berish mohiyat-mazmunli shakl orqali amalga oshiriladi va bun- 
da tadqiq etilayotgan hodisaning mohiyati ochib beriladi.
Tuzilish — miqdoriy model (andoza, shakl) ikki ko‘rinish- 
da bo‘ladi: birinchisi aks ettiruvchi — (mezonli) o‘lchamli (tari­
xiy hodisalarning haqiqiy tuzilishini aks ettiradi va uni o‘lchov- 
chi, mezonini aniqlab beruvchi sifatida namoyon bo‘ladi) bo‘lib, 
ikkinchi turi imitatsion model (andoza, shakl) bo‘lib, tadqiqot 
obyektining tuzilishini asliga taqlidan talqin qilishga imkon be- 
radi va bunda u modellashtirishning muqobil ko'rinishi sifatida 
namoyon bo‘ladi.
Aks ettiruvchi — (mezonli) olcham li model (andoza, shakl) 
tadqiqot jarayonida tadqiqotchi uchun samarali va zarur bo‘ladigan 
muhim uslublardan biri bo‘lib, tarixiy jarayonlarning ichki ro‘y 
berish hodisalarini tushunish imkoniyatini beradi, manbalardagi 
ayrim yetishmaydigan ma’lumotlarning o‘rnini to‘ldirishda duch 
kelinadigan qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi. Imi- 
tatsion-muqobillik modeli tushunishni chuqurlashtirishning mu­
him vositalaridan biri sanalib, tushunishning rivojlantirib bori- 
lishi turlarini va qo‘llanilishi mumkin an’analarni tushunishda 
yordam beradi. Shuningdek holatlar va jarayonlarni muqobil ho- 
latda imitatsiyalash ham mumkin.
Asosiysi, tarixchi model (andoza, shakl)ni qanday shakllanti- 
rishni o‘zi o‘zlashtirib olgan bo‘lishi talab etiladi. U yoki bu so- 
hadagi tayyor model (andoza, shakl)larni to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llash 
maqsadga muvofiq emas, bunday model (andoza, shakl)lar tari­
xiy tadqiqotlar uchun moslashtirilishi kerak. Bu murakkab jara- 
yon ma’lum bilim va malaka hamda ko£nikmalarga ega bo‘lishni 
talab etadi va tadqiqot jarayonida bundan foydalana olgan tarix­
chi ilmiy jihatdan katta samaralarga erishishi mumkin.



Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling