Metodologiyasi
Лотман Ю.М. Культура и взрыв. — М., 1992
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarix va tabiiy fanlar. Sinergetika, tartibsizlik nazariyasi.
1 Лотман Ю.М. Культура и взрыв. — М., 1992.
tizimi va o‘zaro kommunikatsiya tizim ining vositasi sifatida til ko‘zda tutiladi. Semiotikada ikki yo‘nalish mavjud bo‘lib, birin- chisi mantiqiy yo‘nalish bo‘lsa, ikkinchisi lingvistik yo‘nalishdir. Birinchi yo‘nalishda belgi «muhofazalangan» belgi bo‘lib, u ramziy ma’nodagi belgi sifatida shakllanishi va belgiga aylanish jarayonini bosib o‘tadi. 0 ‘zining mohiyatiga nisbatan, boshqa belgilarga, belgining alomatlariga va uning tizimiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Keyingi yo‘nalishda esa til axborotni yetkazuvchi, beruv- chi vosita sifatida yondashiladi. Tarix nima, deb qo‘yilgan masalaning turli tushuntirishlari va yechimlari orasida madaniy-semiotik yondashuv ham mav jud. Masalaning yechimini topishdagi va tushunchalarning turli- chaligi bir-birini inkor qilish emas, balki bir-birini to‘ldirib keli- shi bilan bir nuqtayi nazardan ikkinchisiga va xulosaga kelishda muhim o‘rin tutadi. Madaniy-semiotik yondashuv tarixiy jara- yonlar ishtirokchilarining ichki nuqtayi nazarlariga va xususiyat- lariga murojaat qiladi. Bunda jarayonlar subyektiv jihatlarining u yoki bu harakatlari ko‘zda tutilmoqda. Bunda tarixchining faoli- yati jarayonlar va ular orasidagi bog‘liqlikning shartli ravishdagi tasavvurida aks etadi. Shuning uchun tasavvurlar tizim ini rekon- struksiya qilish kerak. Semiotik istiqbolda tarixiy jarayon kom munikatsiya jarayoni sifatida tasavvur etiladi. Tarixiy jarayon — sotsium va individ o‘rtasidagi kommunikat siya, sotsium va tashqi omillar o‘rtasidagi kommunikatsiya. Tarix bu — o‘tmishni semiotik qabul qilishdir. Tarix va tabiiy fanlar. Sinergetika, tartibsizlik nazariyasi. XX asrning 70-yillariga kelib murakkab tarkibli tizimlarni o‘rganish boshlanishi natijasida fanda yangicha iboralar, anglash yangicha bazaviy modellari shakllana boshladi. Shulardan biri o‘z-o‘zini tashkil qilish haqidagi fan — sinergetika yangi yo‘nalish sifatida paydo bo‘ldi. Sinergetika fanlararo yondashuvning asosiy vositasi (quroli) sifatida ko‘riladi. Sinergetika — fanning murakkab va o‘zaro nomutanosib bo‘lgan hodisalar va jarayonlarning (ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va boshq.) umumiy qonuniyatlarini o‘z-o‘zini tashkil qilishning o‘ziga xos tamoyillari asosida o‘rganadigan fanlararo yo‘nalishi. Sinergetika dastlab fanlararo yo‘nalish sifatida yuzaga keldi. Ilmiy dunyoqarash nuqtayi nazaridan ayrim hollarda sinergeti- kani «global evolyutsionizm» yoki «evolyutsiyaning universal na- zariyasi» sifatida talqin qilinadi. Sinergetikaning asosiy tushunchalaridan biri tizimlarning hamda ko‘p sohali muhitning ko‘p variantli va turlicha bo‘lgan ji- hatlarini aniqlab beruvchi tizimlardir. Bu fenomen sinergetikada evolyutsiyaning yo‘nalishidagi o‘zi- ga xoslikni kuzatish sifatida namoyon bo'ladi, ya’ni oddiy va sod- dalikdan murakkablikka va birmuncha mukammallikka yo‘na- lishni anglatadi. Xaosologiya sinergetikaning bir tarmog‘i bo‘lib, o‘z predmeti si fatida tizimlarning nomutanosibligi yoki tasodiflar, jarayonlardagi kuchli «tebranishlar» sohalarini o‘rganadi. XX asrning 70—80-yil- laridan bu yondashuv ijtimoiy-gumanitar bilimlarga ham kirib ke- la boshladi. Bu nazariya tarixning bir tekisda bosqichma-bosqich sodir boMadigan jarayonlar haqidagi modellarini qarshi tarzda tan- lash imkoni kengroq bo‘lgan alternativlik g£oyasini (qarama-qarshi, zid holatda) ilgari surdi. Shuni ta’kidlash kerakki, faylasuflar va fiziklar xaos nazariyasini faol tarzda taraqqiy ettirib boradilar, bi roq bu tarix fani sohasida bir qator savollarga sabab bo‘ladi. «Xaos» tushunchasining o‘zi majoziy ma’noda va mavhumdir. Hozirga- cha xaos nazariyasi tarixchiga nima berishi yoki tarix tadqiqotlari- da qanday samaraga va ilmiylikka erishishi mumkinligi mavhum qolmoqda. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling