Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xaos nazariyasi
tarix falsafasi —
umumjahon tarixiy jarayonlaridagi umumiy mantiqiylikni o‘rganadi, tarixiy jarayon nazariyasi uchun ilmiy dunyoqarash asoslarini yaratadi. Fenomen — his-tuyg‘u tajribasi bilan payqaladigan hodisani anglatuvchi tushuncha. Xaos — yunon mifologiyasi va fllosofiyasida turli elementlar- ning ibtidoiy betartib aralashmasi, go‘yo hamma mavjudot ana shu aralashmadan kelib chiqqan, deb hisoblanadi. Xaos tu- shunchasi o‘ta tartibsizlik, chalkashlik, alg‘ov-dalg‘ovlik, ara- lash-quralashlik ma’nolarini anglatadi. Xaos nazariyasi — biror-bir narsa yoki voqeaning turli aralash unsurlardan yoki aralash voqealardan kelib chiqqanligini asos- lashga harakat qiluvchi nazariya. TARIX FANI TADQIQOTLARI VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR Axborotlashtirish jarayoni. Tarixiy informatika rivoji. Ska- nerning qo ‘llanilishi. Elektron pochta. Kompyuter va uning tarixiy ta ’lim hamda fandagi imkoniyatlari. «Tarixchi va kompyuter» xalqa- ro uyushma. M a’lumotlar bazasi va kompyuter texnologiyatari. In- ternetdagi imkoniyatlar. Kutubxonaning elektron katalogi. Manbalar nashri. Elektron jurnal. Bugungi kunda fan sohasida, ilmiy tadqiqotlar sohasida amal- ga oshirilayotgan jarayonlarni kompyuter va axborot texnologi- yalarisiz tasavvur qilish mushkul. Davr talabiga ko‘ra bugunga kelib kompyuter texnologiyasi jadal rivojlanmoqda. Ma’lumotlarni boshqarish, ayniqsa, hozir- gi kunda muhim ahamiyat kasb etib, unga bo‘lgan talab kun sa- yin ortib bormoqda. Jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan jadal o‘zgarishlar uning bir qismi bo‘lgan informatika sohasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsat- moqda. Bu ta’sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalari so hasida bo‘layotgan o‘zgarishlar juda qisqa vaqtlar orasida o‘zga- rib va boyib bormoqda. Yangi axborot texnologiyalarining yoki kompyuter texnologiyalarining paydo bo‘lishi bu sohadagi xizmat qilish va ulardan foydalanish, ta’lim tizimida qo‘llash uslublarini sifat jihatdan tubdan o'zgartirdi. Bu tizimda Internet, elektron pochta (E-mail) kabi imkoniyatlarining mavjudligi, Windowsning o‘rni beqiyosligidan dalolat beradi. Bu tizimning tarkibida xizmat qilishning yuzlab turlari mavjudki, ularni o‘rganish va foydala nish jamiyatning har bir a’zosi, ayniqsa, talabalar uchun juda mu- himdir. Axborot texnologiyasi — bu aniq texnik dasturlar vositasining majmuyi bo‘lib, ular yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq boigan turli-tuman masalalarni hal etish mumkin. Informatika keng ma’noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog‘liq bo‘lgan yagona sohadir. Kompyuter va u bilan bog‘liq texnik imkoniyatlardan bu- gungi kunda barcha sohalar qatorida ilmiy tadqiqotlar va ta’lim sohalarida ham keng va unum li foydalanilmoqda. Boshqacha aytganda kompyuter va kompyuter texnologiyalari, axborot tex- nologiyalari va ulardan foydalanish fan va ta’limning ajralmas tarkibiy qismlaridan biriga aylanib ulgurgan. Bu borada tarix fani tadqiqotlarida ham bugungi kunda kompyuter imkoniyatlari, In- terNET tarmoqlarida joylashtirilgan juda katta hajmdagi axborot- lardan to‘g‘ri va unumli foydalanish katta ahamiyat kasb etmoq- da. Shunday ekan savol tug‘iladi: tarix fani tadqiqotlari sohalari va tarix fani ta’limi jarayonlariga kompyuter qachondan kirib kela boshladi, tadqiqotlar va ta ’lim jarayoni sohalarida uning imkoni yatlari qanday, qolaversa, kompyuter va uning texnologiyalari- dan foydalanish tarix fani va tadqiqotlari uchun qanday samaralar berishi mumkin va hokazo. Quyida shu haqda so‘z yuritiladi. XX asrning 80—90-yillarida keng avj olgan axborotlashtirish jarayoni tarix faniga ham ta’sir ko‘rsatdi. 90-yillarga kelib tarix fani tadqiqotlarida kompyuterlardan asosan ilmiy ishlarni terish va tahrirlash ishlarida foydalanila boshlangan bo‘lsa, keyincha- lik manbalar bilan ishlashdagi yangicha uslublarda ham qo‘lla- nila boshlandi. Manbalar m atnlari va boshqa tasvirlar skanerlar yordamida kompyuter xotirasiga kiritila boshlandi, ayni vaqt da optik disklarning paydo bo‘lishi bilan kompyuterlarning ju da katta hajmga ega bo‘lgan ma’lumotlarni saqlash imkoniyatlari oshib bordi. Arxivlarda va boshqa hujjatgohlarda tadqiqotchilar noutbukdan foydalangan holda o‘zlarining juda katta ma’lumot larni o‘z ichiga olgan shaxsiy m a’lumotlar bazalarini yarata bosh- ladilar. 90-yillarning oxirlariga kelib esa turli mamlakatlarda ta rixiy tadqiqotlar sohasida 20 dan ortiq yirik ma’lumotlar banklari faoliyat ko‘rsata boshladilar. Tarixiy tadqiqotlar sohasidagi axborotlashtirilishning tezkor jarayonlariga «elektron pochta»lar ham moslashib borib, «Inter- NET» tarmoqlari va undagi juda keng hajmli axborotlar bilan tanishi va ulardan foydalanish imkoniyatlarining yuzaga kelishi bilan axborot almashish borasida ham keng imkoniyatlar yuzaga keldi. Keyingi ilmiy tadqiqot ishlarida endi «InterNET» ham o‘zi- ga xos «axborot manbasi» vazifasini bajara boshladi. 1986-yilda «Tarixchi va kompyuter» nomli xalqaro assotsiatsi- ya tuzildi va 1992-yilda uning tarkibiga bir qator M DH davlatlari tarixchilari ham kirdi. Shu davrda tarixiy tadqiqotlar va tarix fani tadqiqotlari uslub- laridan biri sifatida paydo bo‘lgan «tarixiy informatika» yuzaga kelib, kliometriya fanlari tarkibida shakllana boshladi. Ma’lumot lar bazasi hamda tarixiy manbalar tahlilining kompyuter tex- nologiyalariga boMgan qiziqish kuchayib bordi. InterN ET ning 90-yillardagi rivojlanishiga asosiy sabab World Wide Web (Butun Dunyo Tarmog‘i)ning tuzilishi bo‘ldi. Uning birinchi nusxasini 1990-yilning noyabrida C ER N (Yev- ropa atom ni tekshirish markazi) xodimi Tim Berns-Li yaratdi, lekin 1992-yilgacha ishga tushirilmadi. 1993-yilda NCSA (N a tional Center for Supercomputer Applications — Superkompyu- terli Hisoblash Milliy Markazi) tomonidan Mosaic programma- si ishlab chiqildi va shu yil oxiriga 200 ta WWW server ishga tushirildi. Internet va WWW bir xil emas. Internet butun dunyo kompyu- terlar tarmoqlarining to‘plamini belgilaydi va turli xil kompyuter xizmatlarini ko‘rsatadi. Bu — E-mail elektron pochta, Usenet telekonferensiyalari, FTP ma’lumot fayllarini uzatish sistemasi, Telenet uzoqdan ter- minalga kirish sistemasi, Gopher sistemasi va Butun Dunyo Tar- mog‘i — WWW. Demak, WWW Internetning faqatgina bir qis- midir. Lekin u juda tez rivojlanmoqda. WWW — Internetning ommabop xizmat turidir. Unga ulanish uchun kompyuter bilan modem yetarlidir. Shuning uchun Butun dunyo tarmog‘i butun olam axborotlar ombori-kutubxonaga aylanib qoladi vai u dunyoga yoyiladi. WWW da ma’lumotlar sahifalarda joylashadi. Ma’lumotlar, manbalar, axborot kabilarning kompyuter tex- nologiyalar orqali uning tarkibiga kiritish va unda saqlanishining, ma’lumotlardan foydalanishning o‘ziga xos texnik jihatlari ham borki, ular odatdagi kitob yoki boshqa ma’lumotlar manbalaridan va ayni vaqtda ulardan foydalanishning xususiyatlariga ko‘ra bir- muncha farqlanadi. Agar kompyuterga kiritiladigan ma’lumotlar tartiblangan boisa, kiritishni avtomatlashtirish mumkin. Ma’lu motlar chiziqli, iyerarxik va jadval ko'rinishlarida tartiblangan bo‘lishi kerak. Bunda, masalan, kitobning varaqlari raqamlanmagan va ix- tiyoriy ravishda aralashtirilib yuborilgan bolsa, bunday kitob varaqlari tartiblanmagan deyiladi va undan kerakli ma’lumotlarni topish ancha murakkab bo'ladi. Agar kitobning hamma varaqlari raqamlanib, ular raqam bo‘yicha joylashtirilgan bo‘lsa, bunday kitobning varaqlari va un- dan olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar chiziqli tartiblangan, axborot texnikalari fani tilida esa oddiy strukturali ma’lumotlar deyiladi. Kitobdan kerakli ma’lumotlarni tezroq topish uchun odatda u qismlar, boblar va paragraflarga ajratiladi. Ma’lumotlarni bun day ko‘rinishlardan birida tartiblash, ularni iyerarxik strukturada tartiblash deyiladi. Iyerarxik strukturada tartiblangan ma’lumot- larning aniqlik darajasi chiziqli tartiblanganiga nisbatan pastroq, lekin so‘nggi usulda ma’lumotning aynan o‘zini emas, balki bu m a’lumotni kitobning qaysi qismida joylashganligini topish oson- roq bo‘ladi. Kitobni varaq raqamlari bilan uning qism, bob va paragraflari o‘zaro bog‘langan bo‘ladi, ya’ni kitobning har bir varag‘i uning qaysi qismi, bobi yoki paragrafida ekanligini bilsa bo‘ladi. Demak m a’lumotlarni iyerarxik va chiziqli strukturalarda tartiblanish qoi- dalari o‘zaro bog‘liq boiadi. Kitobni qism, bob, paragraflari (iye rarxik tizimda tartiblangan ma’lumotlari) bilan betlarining raqam lari (chiziqli usulda tartiblangan ma’lumotlari) uning mundarijasi orqali o‘zaro bogManadi. Ayni mundarija chiziqli usulda tartib- langan ma’lumotlar bilan iyerarxik tizimda tartiblangan ma’lu- motlarni boglovchi jadval deyiladi. Jadval (matritsa) elementlari tartiblangan (raqamlangan) ma’lumotlar hisoblanadi. Chiziqli strukturalarga misol qilib biron-bir ro‘yxatni olish mumkin. Ro‘yxat — ma’lumotlarning oddiy strukturasi, uning m a’lumotlari ro‘yxatdagi tartib raqami bilan bir-biridan farq qila- di. Chiziqli strukturalangan ma’lumotlar to‘plamini matemati- ka va informatika fanlarida qabul qilingan tushunchalardan kelib chiqqan holda massiv deyish mumkin. Xulosa qilib aytganda, ma’lumotlarning chiziqli strukturasi bu — m a’lumotlarning shunday tartiblangan strukturasiki, unda elementlarning adresi (qayerdaligi, koordinatasi, holati)ni tartib raqami orqali to‘la aniqlasa, informatsiya olsa bo‘ladi. Tarixiy informatika maxsus fan sifatida shakllantirila borilib, uning jihatlariga aniqlik kiritila boshlandi. Unga ko‘ra, tarixiy informatika tarix fani va ta ’limi jarayonlarini axborotlashtirish- ga yo‘naltirilgan ilmiy fan bo‘lib, uning tarkibiga ham m a tur- dagi tarixiy manbalarning elektron shakllarini yaratish va shakl- lantirish borasidagi barcha nazariy va amaliy bilimlar kiritildi. Bunda uning nazariy asosi sifatida nazariy manbashunoslik va axborotning zamonaviy tamoyillari, amaliy asosi sifatida esa kompyuter texnologiyalari va u bilan bog‘liq jihatlari ko‘rsatil- di. Tarixiy inform atikaning fan sohasidagi qiziqishlari sifati da maxsuslashtirilgan dasturlash ta’minotlari, ma’lumotlarning banki va tarixiy bazalarining shakllantirilishi, tizim lashtiril- gan, matnli, tasviriy va boshqa manbalar va ulardagi axborotni tasavvur qilishda axborot texnologiyalarining qo‘llani 1 ish i, ta rixiy jarayonlarning kompyuterlashtirilgan modellarini yaratish, InterNETdan foydalanish va tadqiqotlar jarayonlarida uning qo‘llanilishi, m ultimedia vositalaridan (Multimedia vositalari yordamida axborotlarni m atnli, tasvirli, tovushli va animatsiya- li ko'rinishda namoyish etish mumkin) foydalanish va uni rivoj- lantirib borish, shuningdek ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish etib belgilandi. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanuvchi tadqiqotchilarni bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin, ulardan birinchi guruhi manbalarning tahlilini amalga oshirish uchun turli algoritmlar, dasturlar va texnologiyalarni yaratish bilan ish olib borsa, ikkinchi guruhi yangi texnologiyalar va dasturlarning malakali foydalanuv- chilari bo'lib, ular ana shu yangi texnologiyalar va dasturlarni tadqiqot amaliyotiga jalb etadilar, uchinchi guruh tadqiqotchilar esa, ular yuqoridagi ikki guruhga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etib, yangi texnologiyalardan tadqiqot jarayonida foydalanishni amalga oshiradilar. Bu jarayon amalda aksariyat hollarda quyida- gi tartibda amalga oshiriladi. Dastlab tadqiqot loyihasi shakllan- tiriladi, o‘rganilishi ko‘zda tutilgan manbalar kompyuterga kiri- tiladi, shundan so‘ng tarixiy informatika bo‘yicha mutaxassislar tomonidan kompleks tahlil amalga oshiriladi, keyingi bosqichda tarixchi mutaxassislar ishtirokida qo‘lga kiritilgan natijalarning interpretatsiyasi amalga oshiriladi. Yangi yondashuvlarni amal da qo‘llash uni yaratishdan ko£ra mushkulroq va murakkabroqdir. Biroq bu soha bo‘yicha mutaxassislarning tayyorlanishi zarurdir, chunki hozirgi vaqtda tarixiy informatika tarix fanining ajral- mas bir bo‘lagi bo‘lib, u «tarixiy tadqiqotlarning yangi tili» si fatida e’tirof etilmoqda. Shu o‘rinda ingliz tarixchilaridan biri P.Denli fikrini keltirib o‘tish mumkin, ya’ni u: «bizning tez va sa- marali ravishda tadqiqotni amalga oshira olishimiz muhim emas, balki bizning yangiliklar qila olishimiz va ayni vaqtda eskilarni (ya’ni, avvalgi tadqiqot yondashuvlarini nazarda tutmoqda) yan- gicha amalga oshira olishimiz muhimroqdir)», — degan edi. Tarixiy informatika sohasidagi o‘zgarishlar va yangiliklarning joriy etilishi 22 davlat vakillaridan iborat 150 mutaxassis ishti- rokidagi 1996-yil bo‘lib o‘tgan «Tarixchi va kompyuter» xalqa- ro assotsiatsiyasida qilingan ma’ruzalar bilan yanada keng tus ola boshladi. Ma’ruzalardan biri germaniyalik tarixchi V.Gettingem tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, unda mahalliy arxivlardan birida saqlanayotgan 50 mingdan ortiq hujjatlarning optik disklar- ga elektron tasvirlar orqali joylashtirilganligi, ularning yordami- da esa o‘rta asrlarga xos manbalar matnlari va ulardagi yozuv- larning eng nozik jihatlarigacha bemalol o‘qiy olish mumkinligi va bu jihatdan imkoniyatlarning oshganligi, bu esa tadqiqotning va tadqiqot natijalarining yanada aniq va ilmiy jihatdan asoslan- ganligi darajasining oshishiga imkon yaratganligi haqida qilingan edi. Avstriyalik ma’ruzachi tomonidan esa o‘rta asrlar Yevropasi- ning kundalik hayoti aks ettirilgan tasviriy materiallar bo‘yicha elektron arxiv yaratish taklifi ilgari surilgan edi. Bunday ma’ru- zalar bilan bir qatorda asosiy e’tibor baribir eng muhim jihatlarga, ya’ni elektron matnlar va ma’lumotlar bazasini yaratish rnasala- lariga qaratilgan edi. Bulardan tashqari iqtisodiy va ijtimoiy ta rix masalalarida, tarixiy demografiya masalalari kabi bir qator so- ha yo‘nalishlari tadqiqotlari bo‘yicha ham yangi yondashuvlar va kompyuter texnologiyalari namoyish qilindi. Bunda asosiy e’tibor modellashtirishga qaratildi va bunda «manbani modellashtirish — tarixni modellashtirish» tushunchasi yuzaga keldi. Umuman olganda bu davrda tarixiy informatika o'zining shakllanish bosqichidan qaror topish bosqichiga o‘tdi. Keyingi yillarda tarixiy informatikada turli maktablar va turlicha yon- dashuvlarning differensiyasi va integratsiyasi jarayonlari amalga oshirilmoqda. Bu sohada dastlabki vaqtlarda Buyuk Britaniyada, Niderlandiyada, Skandinaviya mamlakatlarida bir qator muvaffa- qiyatlarga erishilgan. Elektron kutubxona InterNETning ajoyib imkoniyatlaridan biridir. Bu kutubxonaning elektron shaklidir. Kutubxona deganda odatda ko'z oldimizga kitoblar turgan uzundan uzoq kitob javon- li katta xonalar keladi. Elektron kutubxonada «javonlar» vazifasini jildlar, kitoblar vazifasini InterNET sahifalar bajaradi. Bu kutubxo na ma’lumotlari elektron ko‘rinishda bo‘ladi va kompyuterda Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling