Metodologiyasi


Аристотель. Сочинения: В 4 т. — М., 1984. Т. 4. С. 655


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 Аристотель. Сочинения: В 4 т. — М., 1984. Т. 4. С. 655.
225


Biroq tabiiyki tarixchilar bunday postulatlarni (isbotsiz qa- 
bul qilinadigan qoidalar) qabul qilmadilar va uni jiddiy fikr hi- 
soblamadilar. Postmodernistlarning yuqoridagi qarashlari faqat- 
gina tarixiy romanlarda ishlatila boshlandi. Zamonaviy tarix 
fanida tarixiy o‘tmishning va tarixiy jarayonlarning estetik ji- 
hatlariga ham e’tibor qaratilmoqda. Biroq shuni alohida ta’kid- 
lab o‘tish lozimki, tarixchi va yozuvchini bir jihat doimo ajratib 
turadi, ya’ni yozuvchi esa o‘zining xayoliy fikrlaridan va to‘qima 
obrazlaridan foydalanishi mumkin bo‘lgan holda, tarixchi faoli- 
yati jarayonida to‘qima, uydirma, xayoliy fikrlarni berishga haq- 
qi yo‘q.
Tarix va semiotika. 
Tarix fanidagi semiotik yondashuvlar XX 
asrning 70-yillarida yuzaga keldi.
Semiotika — belgilar haqidagi fandir. Semiotika (yoki semi- 
ologiya) qadimgi yunon tilida belgi, alomat, nishona ma’nolarini 
bildirib, belgilar va belgilar tizimining xususiyatlarini (tabiiy va 
sun’iy tillarni) o‘rganadigan fanni anglatadi.
Y.M.Lotmanning fikricha, semiotika tushunchasi ostida mu- 
omala va muloqot jarayonida qo‘llaniladigan kommunikativ 
tizim lar va belgilar haqidagi fan tushuniladi1.
Semiotika belgilar tizimida belgilarni o‘rganishning uchta 
nuqtayi nazarini ko‘rsatadi:
1. Sintaksis (sintaktika) — interpretatsiyadan qat’i nazar belgi­
lar tizimining ichki xususiyatlarini o‘rganadi.
2. Semantika — belgilarning munosabatlarini alohida belgilab 
berish masalalarini o‘rganadi.
3.Pragmatika — belgilarning «adresat» bilan o‘zaro bog‘liqli- 
gini, ya’ni belgilardan foydalanish jarayonida interpretator uchun 
foydali bo£lgan interpretatsiya masalalarini o‘rganadi.
Belgilarni aynan belgi holicha ham qabul qilish mumkin, ham 
kommunikatsiya (muomala qilish, aloqaga kirishi, aloqa vosita- 
si) tizimi sifatida ham qabul qilish mumkin. Bu yerda belgilar

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling