Metodologiyasi


Репина Л.П. «Новая историческая наука и социальная история». — М


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 Репина Л.П. «Новая историческая наука и социальная история». — М., 
1998.


Bu davrda shaharlar tarixi bo‘yicha, urbanizatsiyaning ijtimoiy- 
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy nuqtayi nazardan 
kompleks xususiyat kasb etuvchi mazmunda amalga oshirilgan 
ilmiy tadqiqotlar paydo boidi. Ijtimoiy tarix o‘zining predmeti 
etib quyidagi mikrostrukturalarni belgiladi, ya’ni oila, jamoa, tur­
li ko‘rinishdagi korporatsiyalar, natijada jamiyatni murakkab tizim 
(sistema) sifatida ko‘rish va yaxlit holda tushunish yuzaga keldi.
Ijtimoiy tarixdagi yangi yo‘nalishlar XX asrning 70—80-yil- 
larida antropologiya va ijtimoiy psixologiyadan kirib kelgan 
yondashuvlar ta’sirida shakllandi. Tarixchilarning qiziqishlari 
obyektiv jarayonlarni va tizim larni tadqiq etishdan madaniyat va 
uning antropologik interpretatsiyasi (mentalitet, ram zlar (sim- 
vollar), urf-odatlar va qadriyatlar va boshqalar)ga ham qaratila 
boshlandi.
Ijtimoiy tarixning yangi turi sifatida u o‘z predmeti tarkibiga 
inson tafakkurini ham qo‘shdi. Ijtimoiy tarix madaniy-antro­
pologik tadqiqot mazmunini ham o‘zlashtirib, ijtimoiy ta­
rix mazmunini inson omili bilan «to‘ldirdi». Tarixni «quyidan» 
o‘rganish, ya’ni ishchilar tarixi, dehqonlar tarixi, ayollar tarixi, 
mintaqalar va hududlar tarixi va boshqalar yuzaga keldi. 1971-yil- 
da E.Xobsboum tizim lilik va ijtimoiy-madaniy yondashuvni ino- 
batga olish va ijtimoiy tarixni jamiyat tarixi sifatida tushunish, 
mentalitetni esa turmush tarziga mos keluvchi turli tafakkur va 
qarashlar (fikrlar) o‘rtasidagi aloqadorlik deb tushunishni tak- 
lif qildi. J.Dyubi mentalitetni obyekti sharoitlar bilan moslashti- 
rish kerak deb hisobladi. P.Berk 1980-yilda jamiyatdagi munosa- 
batlarni, ijtimoiy tizimlar, kundalik turmush, xususiy (shaxsiy) 
hayot, ijtimoiy umumiyliklar va ziddiyatlar kabilarni o‘rganish- 
ni taklif qildi. E.Briggs esa (1983) ijtimoiy tarix har tomonlama 
bo‘lishi kerak va u hokimiyat egalarni ham nazardan qochirma- 
gan holda oddiy odam larning hayotini 
0
‘rganishi kerak, degan 
tushunchani ilgari surdi.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, turli tarixchilar ijtimoiy ta­
rixni turlicha tushunganlar. Ayni vaqtda tarix faniga sotsiologi-


ya fanining uslublari, modellari va tamoyillari mexanik ravish- 
da kirib kelmoqda, degan tanqidiy fikrlar ham ko‘plab bildirila 
boshlangan edi. XX asrning 80-yillarida mentalitetni o‘rganishda 
tarixiylikni ham qollash e’tirof etila boshlandi, shu vaqtda sin- 
tezni amalga oshirish uchun ijtimoiy va madaniy antropologiyani 
birlashtirish g‘oyasi ham shakllandi. Ayollar tarixi gender tad- 
qiqotlari bilan almashtirildi. Shuningdek, XX asrning ikkinchi 
yarmida lokal tadqiqotlarni (alohida tarixiy tadqiqotlar, ya’ni 
alohida qishloqlar, shaharlar, hududlar va boshqalarni o‘rganish) 
milliy tarixga bog‘lash, ya’ni mikrotarixni makrotarixga sintez- 
lash muammosi ko‘tarildi. Yondashuvlar, tamoyillar yangilanib 
mukammallashib bordi.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling