Metodologiyasi


Tarix va madaniy antropologiya


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

Tarix va madaniy antropologiya. 
Madaniy antropologiyaning 
markazida inson va uning madaniyatga asoslangan mental iteti, 
hayotiy tajribalari, xulqi-atvori turadi. Antropologiya insonning 
xulqini aniqlab beruvchi turli marosim (ritual)lar, belgilarga 
alohida e’tibor qaratadi. Antropologlarning faoliyati tufayli tur­
li davrlarning «notanish» madaniyatlari,>ularning xususiyatlari va 
o‘ziga xosliklari o‘rganiladi. Masalan, turli xalq bayramlari, ma- 
rosimlari, sayillarini o‘rganish orqali xalqning madaniyatini tu ­
shunish mumkin. Tarixchilar esa madaniyatning tarixiy jarayon- 
larga ta’siri va o‘zaro aloqadorligini o‘rganadilar.
Tarix va adabiyot. 
Tarix va adabiyot uzoq vaqtlar davomi- 
da bir-biridan ajralmas yaxlitlikda mavjud bo‘lib kelgan. Antik 
davr tarixchilarining ayrimlari ham (Tatsit, Livin) adabiyotga ya- 
qin ijod qilganlar. XIX asrning boshlariga kelib tarixni adabiyot- 
dan alohida tushunish g‘oyalari paydo bo‘ldi va bu ikki sohaning 
bir-biridan alohida sohalarga ajralishi jarayoni shu asrning ik- 
kinchi yarmida to‘la arnalga oshirildi. Shu vaqtda bir qator tari­
xiy asarlar (A.Dyuma, V.Gyugo, V.Skott) yaratildi. Dastlab ta­
rixni tushunishning badiiy uslubi sifatida bu jarayon tushunilgan 
b oisa, keyinchalik bunday «tarixiy-badiiy ijod»ning ilmiy to-


monlari ham shakllana boshladi. XIX asrning ikkinchi yarrni- 
da tarix fan sifatida to‘liq qaror topdi. Tarix ilmiy bilish shakli 
bo‘lib e’tirof etilgan bo‘lsa, adabiyot madaniyatning tarkibiy qis- 
miga aylandi.
Fan olamida XIX asr «tarix» asri hisoblanib, avvalgi afsonalar, 
rivoyatlar, tarixiy jarayonlarning badiiy, diniy talqinlari o‘rnini 
tarixning fan sifatida ilmiy xulosalari egallay boshladi. Bu davr- 
da bir qator ilmiy jamiyatlar va ilmiy jurnallar paydo bo‘la bosh­
ladi. XX asrga kelib esa tarix va adabiyot to‘laligicha bir-biridan 
alohida sohaga aylandi.
Tarix va adabiyot aloqadorligi haqida so‘z borganda eslab 
o‘tish o‘rinliki, qadimgi yunon donishmandlaridan biri Aris- 
totelning aytishicha, «tarixchi va shoir bir-biridan biri she’riy 
tarzda, boshqasi nasriy tarzda yozganligi uchun emas, balki bi­
ri sodir bo'lganlar haqida yozsa, ikkinchisi sodir bolishi mum- 
kin bo'lganlar haqida yozganligi bilan farqlanadi. Poeziya umu- 
miylik haqida ko'proq «gapirsa», tarix esa alohida holatlar haqida 
«so‘zlaydi» degan so'zlarni yozib qoldirgan edi1.
XX asrning oxirlariga kelib postmodernistlar tomonidan tarixni 
qaytadan adabiyotga yaqinlashtirish haqida fikrlar bildirila boshlan- 
di. Adabiyotshunoslar va faylasuflarning fikricha, metafora (kinoya, 
majoziy ma’noda) tarix va adabiyotni birlashtirish mumkin. X.Vayt 
tomonidan tor ma’nodagi tarixiy va «ko‘pchilikka tushunarsiz» 
bolgan fikrlarni tarixiy prozadagi ommabop tushunchalar bilan al- 
mashtirish, tarixchining faoliyatini adabiyot sohasidagi bir yo‘na- 
lish, tarixiy bilishni esa dunyoni estetik tushunish shakliga aylan- 
tirish g‘oyasi ilgari surildi. Tarixchi o‘z fanidan, o‘tmishni «qanday 
bo‘lsa shundayligicha» tavsifiashdan voz kechishi va bunda eng 
asosiy o‘ringa intonatsiya (so‘z ohangi)ni qo‘yish kerak, degan fikr­
lar ilgari surila boshlandi. Postmodernistlar X.Borxesning: «Jahon 
tarixi bu - ayrim metaforalarni talaffuz qilishdagi intonatsiyalar 
tarixidir», — degan so‘zlariga urg‘u berdilar.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling