Metodologiyasi
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
Tarix va psixologiya.
Tarixchi tarixiy tadqiqotlarni amal ga oshirish jarayonida tadqiqot obyektining turli xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlariga to‘qnash keladi va ularni turli uslublarni qo‘llash orqali mohiyatini anglashga harakat qiladi. Bu uslublar aksariyat hollarda tarix faniga bevosita aloqador bo‘lsa, tadqiqot obyektining holatiga ko‘ra ayrimlari turli boshqa fanlar tadqiqot uslublariga xos bo‘lishi mumkin. Shunday fanlar yoki sohalar qa- torida psixologiya fani ham bor. Tarixchilar o‘z tadqiqotlarida ko‘pincha turli mashhur shaxs- lar, san’at namoyandalari, xalq ommasi va boshqa shu kabilar- ning ruhiyatini ham o‘rganishga harakat qilganlar. Bunday ho- latlar ilk tarix asarlarida ham kam bo‘lsada uchraydi va XVIII asrga kelibgina tarixchilar insonning ichki dunyosi va ruhiy hola- tini tushunishga harakat qila boshlaydilar. XIX asr oxirlariga ke- lib psixologiya fan sifatida qaror topgandan so‘ng, eksperimental psixologiya va psixiatriya yuzaga kelib, XX asrning 60-yillari- da esa «psixotarix» yuzaga kelgan. Psixoanalizning klinik «tarix» lari tarixchilarga insonning ichki dunyosini teranroq anglash ga yordam berdi. Shunday tadqiqotlar doirasida M.Lyuterning, M .Gandining tarjimayi hollarini o‘rgangan E.Erikson ularning hayoti faliyatidagi motivlarini aniqladi. Uning xulosasiga ko‘ra bolalarning o‘z otalarining hayotlaridagi erisha olmagan narsa- lariga erishishga harakat qilganligi bu shaxslar faoliyatining aso- siy motivlari bo‘lganligini aniqlandi. Shu tariqa tarixchilar to- monidan alohida shaxslarning faoliyatiga xos bo‘lgan umumiy holatlar aniqlandi va psixologiyadagi bunday tipologiya tarixchi lar tomonidan fanga kiritildi. Ayni vaqtda tarixchi psixologiya fanining eng so‘nggi ilmiy yangiliklari, uning tadqiqot uslublarini doimiy ravishda o‘zlashti- rib borishi kerak bo'ladi. Tadqiqotlarda psixologiyaning qo‘llani- lishi ommaviy harakatlar, inqiloblar, xalqaro munosabatlar, har- biy to'qnashuvlar va boshqa shu kabi tarixiy jarayonlarning ichki ruhiy holati haqida ham to‘liqroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi. 0 ‘tmishni tushunish tobora chuqurlashib bormoqda va ayni vaqtda tarixchi tadqiqot maqsadlaridan chetlashgan holda psixologiyaga «singib» ketishi mumkin emas. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling